Reja: Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari: amaliy, seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim
Download 81.25 Kb.
|
MavzuSeminar mashg’ulotini tayyorlashda ilmiy-metodik manbalardan foydalanish. (1)
Mavzu:Seminar mashg’ulotini tayyorlashda ilmiy-metodik manbalardan foydalanish. Reja: 1.Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari: amaliy, seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim. 2. O‘qitish vositalari: o‘qitishning texnik vositalari, tarqatmalar. Seminar-bu ta‘lim beruvchini ta‘lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta‘minlovchi, mashg‘ulotni o‘qitish shaklidir. Seminar mashg‟ulotining didaktik maqsadlari quyidagilardan iborat: 1.Bilimlarni, chuqurlashtirish, tizimlashtirish, mustahkamlash. 2. Bilimlarni tekshirish va nazorat qilish. 3. Kitob bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini singdirish. 4. Nutq madaniyatini rivojlantirish. 5. Tinglovchilarni savollariga javob berish ko‘nikmasini shakllantirish. 6. Boshqalarni tinglash, savollar berish ko‘nikmasini shakllantirish. Ta‟lim beruvchi seminarni samarali o‟tkazish uchun quyidagilarni hisobga olish zarur: 1.O’qituvchi o‘zining tayyorgarligi, bunda savol va javob teхnikasiga ega bo‘lishi; 2.O‘quv guruhining holati: uning motivatsiyasi, uning tashkil etish хususiyati; 3.O‘quv jarayonining teхnik jihozlanishi. Seminar turlari va ularning хususiyatlari: Suhbat- seminar. Eng ko‘p tarqalgan tur hisoblanib, reja bo‘yicha ochiq suhbat shaklda o‘tkaziladi, ya‘ni qisqa talabalarni so‘zga chiqishlari va o‘qituvchini yakunidan iborat bo‘ladi. Talabalarni seminar rejasi savollari bo‘yicha tayyorlanib kelishlari nazarda tutiladi. Ma‘ruza va referatlarni eshitish va muhokama qilish-seminar Bu talabalar o‘rtasida ma‘ruza va referat mavzularini dastlabki taqsimlash va tayyorgarlikni nazarda tutadi. Disput (tortishuv)-seminar. Muammoni asosli hal etish юzasidan jamoaviy muhokama qilishni nazarda tutadi. Disput-seminar dialogik muloqat shaklida olib boriladi. U юqori aqliy faollikni nazarda tutadi, tortishuni olib borish, materialni muhokama qilish, nuqtai nazar va o‘z fikrini himoya qilish, o‘z fikrlarini keng va aniq bayon etish ko‘nikmasiga odatlantiradi. Qo‟shma shakldagi seminar. Bu ma‘ruzalar muhokamasi, erkin so‘zga chiqishlar, shuningdek munozarali muhokamalarning birikmasidir. Download 81.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling