Reja: Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari
Download 158.09 Kb. Pdf ko'rish
|
3. мавзуга маьрузалар матни мехнат бозори
i
ITNP ITNP 1 , bunda, ITNP - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni, hammasi. Mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslar soni quyidagi tartibda bosqichma-bosqich aniqlanadi: 1. Birinchidan, ishga joylashtirishga muhtojlarni aniqlash maqsadida mehnat organlari tomonidan mehnat emigratsiyasi bo’yicha savolnomaga muvofiq, mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish paytida migrant mehnatchilar sifatida chet elda turganlar soni aniqlanadi. Buning uchun: a) uy xo’jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha (mehnat emigratsiyasi moduliga binoan) har chorakdagi tadqiqotlar ma’lumotlari asosida mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotgan shaxslarning so’ralganlar umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 100 SS KMMS MMS , bunda: MMS - migrant mehnatchilarni so’ralganlarning umumiy sonidagi salmog’i; KMMS - mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslarning (migrant mehnatchilarning) mehnat bilan bandlik masalasi bo’yicha uy xo’jaliklarini tadqiqot qilish davomida aniqlangan soni; SS - mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, jami. Chet eldagi migrant mehnatchilarning uy xo’jaliklarini tadqiqot qilishda bevosita qatnashmasligini (so’rov paytida bo’lmasligini) hisobga olib, ushbu shaxslar soni to’g’risidagi ma’lumotlar so’ralayotgan uy xo’jaliklari vakolatli a’zolaridan so’ralgan holda olinadi. b) migrant mehnatchilarni so’ralganlarning umumiy sonidagi salmog’i bo’yicha migrant mehnatchilarning mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi tarkibidagi umumiy soni quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqiladi: 100 MLA MMS MM , bunda: MM - migrant mehnatchilar soni, jami; MLA - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni. v) zarurat bo’lganda, mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirayotganlarning soni jo’nab ketgan yo’nalishi (mamlakati) bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun: -tadqiqotlar ma’lumotlari bo’yicha har qaysi mamlakatdagi mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant mehnatchilarning so’ralganlar umumiy sonidagi salmog’i aniqlanadi; -mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi umumiy soniga nisbatan salmoqni proportsional ravishda hisoblab chiqish va jamlash yo’li bilan muayyan mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan migrant mehnatchilar soni aniqlanadi. 2. Ikkinchidan, umuman respublika bo’yicha mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni hisobga olinadi. Ularning soni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to’g’risida" 2007 yil 15 maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan cxema bo’yicha, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi: a) chet elga ketganlarning soni va maqsadi to’g’risida bojxona deklaratsiyasining takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari; b) mehnat emigratsiyasi masalalari bo’yicha har yilgi sotsiologik tadqiqotlar ma’lumotlari; v) mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari; g) tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar; d) uy xo’jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo’yicha har choraklik tadqiqotlar ma’lumotlari. Download 158.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling