Reja: Mehnat jamoasining strukturasi va rivojlanish bosqichlari
Moslashtirish (muvofiqlashtirish) vazifasi
Download 18.61 Kb.
|
8-tapsırma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Tartibga solish
- 7.Rag’batlantirish (ishtiyoq uyg’otish) vazifasi.
- 8.Nazorat qilish vazifasi.
- 9.Tarbiyalash vazifasi.
4.Moslashtirish (muvofiqlashtirish) vazifasi. Faqat muvofiqlashtirilgan faoliyatidagina qo’shimcha ishlab chiqarish kuchlari (sinergik unum) yuzaga keladi. Ijrochilarning harakatini kelishtirish mehnat topshiriqlarini rejali taqsimlash, umumiy vazifalarni hal etish mehnat taqsimotigagina dahldor bo’lib qolmay, tayyorgsharlik darajasining kundalik hisobi, jamoa mehnat faoliyatining tizimlarini ham qamrab oladi.
5.Tartibga solish muvofiqlashtirishga turdosh vazifa bo’lib, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini tanlangan doirada tutib turish zarurati bilan bog’liq. U ishlab chiqarish jarayonlarining samarali bo’lishga sharoit yaratadi. 6.Reglamentatsiya vazifasi. U hokimiyat kuchi bilan ishlab chiqarish tizimida jarayonlarning kechishi, mehnat va dam olish rejimi, huquq va burchlar tizimi va h.k larning muayyan tartibga amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. 7.Rag’batlantirish (ishtiyoq uyg’otish) vazifasi. Jamoa va har bir shaxs, ayniqsa rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqarish faoliyatining rag’batlantirishiga (motivatsiyasiga) ehtiyot sezadilar. Tajriba ko’rsatadiki, rag’batlar (moyillar) to’g’ri hisobga olinganda yuqori mehnat unumdorligiga erishish mumkin. Rag’batlar, odatda moddiy va ma’naviy turlarga bo’linadi. Har ikkisi uyg’unlashda ta’sir kuchi oshadi. 8.Nazorat qilish vazifasi. Nazorat-bu natijalarni qo’yilgan maqsadlar bilan taqqoslashdir. U jamoa faoliyatining muayyan ma’naviy-psixologik iqlimini saqlashga, mehnat reglamentiga amal qilishga qaratilgan bo’lib, ma’naviy-psixologik iqlimga ta’sir etadi. Ayrim shaxslarning intizomsizligi, ish tartibini buzishi, mahsulot sifatini pasaytirishi jamoada sarosima, tanglik, ishonchsizlik va shu kabilarni keltirib chiqaradi. O’z navbatida, ma’naviy-psixologik iqlim mehnat va uning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. 9.Tarbiyalash vazifasi. Jamoaga rahbarlik faqat yuqori mehnat unumdorligiga erishish va sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlashdangina iborat bo’lmay, jamoada uyushqoqlik bilan mehnat qilishga va yashashga qodir, yuksak mehnat ahloqiga ega xodimlarni tarbiyalashni ham ko’zda tutadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Aliqoriev N.S. va boshqalar. «Umumiy sotsiologiya». Toshkent-1999 yil, 131-139 betlar. 2.Lavrinenko V.N., Nartov N.A., Shabanova O.A., Lukashova G.S. «Sotsiologiya». Moskva: «YUNITI»-1998 yil, 196-212 betlar. 3.Osipov G.V. «Otdelnie otrasli sotsiologicheskogo znaniya». Slovar-spravochnik. Moskva: «Nauka»-1990 yil, 214-216 betlar. 4.Osipov G.V., Kovalenko yu.P., Shipanov N.I., Yanovskiy R.G. «Sotsiologiya». Moskva: «Misl»-1990 yil, 256-263 betlar. Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling