Reja: Mehnat tarbiyasi tarbiyaning muhim turi Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyati


Download 1.34 Mb.
bet1/2
Sana25.09.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1687809
  1   2
Bog'liq
Mehnat tarbiyasi Uning maqsad va vazifalari1


BTS 22 19 guruh talabasi Matyoqubova Feride
Mavzu: Mehnat tarbiyasi Uning maqsad va vazifalari
Reja:
1.Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi
2.Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyati
3.Sharq Mutafakkirlarining Mehnat Tarbiyasi Haqidagi Qarashlari
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.
Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi.
Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir.
Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak.
Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. iga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻz mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997-yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib yetishishi, kasb-hunaro'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi.
O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida o’quvchilarni xunarmandchilik sirlariga o’rgatishda ta’limining zamonaviy uslublaridan foydalanish muhim axamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun kasb –hunar kollejlarida amaliy san’at ta’limining yangi mazmunini shakillantirishning ilg’or padagogik texnalogiyalari, zamonaviy o’quv uslubiy majmualar, o’quv tarbiya jarayonining didaktek jihatlarini taminlash va mazkur sohaga o’qitishining ilmiy amaliy masalalarini to’g’ri hal etish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Dаrhаqiqаt, shаrq, mutаfаkkir аllоmаlаri, buyuk mа’rifаtpаrvаr оlimlаr Аbu Rаyhоn Beruniy, Muhammad Хоrаzmiy, Аbu Аli Ibn Sinо, Mirzо Ulugbek, Sufiy, Аhmаd Dоnish, Аbu Nаsr Fоrоbiy, Musliхiddin Sа’diy SHerоziy, Аlisher Nаvоiy kаbilаrning yozib qоldirgаn durdоnа аsаrlаri insоnning аxlоqiy kаmоlоtini ijоdiy аnglаshdа ilhоmbахsh vа tugаlmаs mаnbа bo’lаdi. Ulаr o’z аsаrlаridа yosh аvlоdgа vаtаnpаrvаrlik mehnаtsevаrlik, do’stlikkа sаdоqаt, sоfdillik, haqiqatgo’ylik, mаrdlik vа jаsоrаtlilik kаbi fаzilаtlаrni tаrbiyalаsh zаrurligini qаyd qilаdilаr, ulаrgа tоshbаg’irlik, yovuzlik, tekinхurlik, yalqоvlik, bахillik kаbi yarаmаs оdаtlаr tа’sir ko’rsаtishining оldini оlish kerаkligini uqtirаdilаr.
Buyuk mutаfаkkirlаr insоnni sevishgа, qаdrlаshgа. ungа diqqat - e’tibоr bilаn qаrаshgа vа rahmdil bo’lishgа chаqiradilаr. Shu tаriqа o’tgаn аsr mа’rifаtpаrvаrlаri хulq vа xаtti-hаrаkаt qоidаlаrini, shахsning mа’nаviy hаmdа jismоniy kаmоli uchun niхоyatdа muhim bo’lgаn хаlq аn’аnаlаri vа urf-оdаtlаrining mоhiyati hаmdа ахаmiyatini sаqlаshgа, mаqsаdgа muvоfiq rаvishdа ijоdiy аnglаshgа vа kishilаr оngigа singdirishgа hаrаkаt qildilаr.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling