Reja: Mehnatni tashkil etish Mehnatning og`irlik va keskinlik darajalari. Mehnatni tashkil etish
Download 13.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq29 mavzu Sanoatda mehnat jarayonini tashkillashtirish xususiyatlari
MEXNATNING OG‘IRLIGINI BAXOLASHMehnatning og‘irligi va keskinligi degan tushunchalarga SSJI Davlat Bosh sanitariya vrachining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan (12 avgust, 1986 y. №4137-86). ―Mehnat gigienik klassifikatsiyasida quyidagicha ta’rif berilgan Mehnatning og‘irligi – mehnat jaraѐnining ko‘proq harakat-tayanch apparat va funksional sistemalarga (yurak qon-tomir, nafas va boshqalar). Mehnat faoliyatining ko‘rsatkichlari. I Mehnat og‘irligi: ergonometrik: yukning kattaligi (kg); dinamik jismoniy zo‘riqish (KCHM) ; ishning quvvati (Vt) ; yurib ish bajarish (km); ishchi holat. II Fiziologik ko‘rsatkichlar: energiya sarfi; qonni daqiqalik hajmi; mushaklar chidamliligi; yurak qisqarishlar tezligi; nafasni daqiqalik hajmi (o‘pka ventilyasiyasi). III Mehnat keskinligi: ergometrik: signallar zichligi (soatlik miqdori) ; ko‘rinish ishlari kategoriyasi; mehnat monotonligi; kuzatuv ob’ektlar soni; diqqat bilan kuzatish davomiyligi; emotsional zo‘riqish; fiziologik ko‘rsatkichlar; organizmni ta’sirga bo‘lgan javob reaksiyasini yashirin vaqti; yurak qisqarishlar tezligi; korrekturaviy sinov testlari. Mehnat faoliyatiga sarf etiladigan energiya bo‘yicha tasnifi I Engil II O‘rta III Og‘ir Tushadigan og‘irlikni aks ettiruvchi tavsifdir. Mehnat keskinligi – mehnat jarayonining ko‘proq, markaziy asab sistemasiga tushadigan og‘irlikni aks ettiruvchi tavsifdir. Mehnatning og‘irligi va keskinligi degan tushunchalar shartli tushunchalardir, chunki har qanday jismoniy mehnat ma’lum darajada markaziy asab sistemasining faoliyatisiz amalga oshmaydi va aksincha har qanday aqliy mehnatda ma’lum darajada harakat – tayanch sistemasi ishtirok etadi. Mehnat faoliyatlarining turli- tumanligi, ularning organizm funksiyalariga, ya’ni organ va sistemalarning faoliyatlarida turlicha ta’sir qilib, xilma-xil o‘zgarishlar chaqirishi barcha xil mehnat faoliyatlarini chuqur o‘rganib, ularni sistemaga solib klassifikatsiyalashtirishni taqazo qiladi. Bunday klassifikatsiya avvalam bor qator amaliy masalalarni, jumladan mehnatni normallashtirish, mehnat va dam olish tartibini ratsionallashtiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish, turli imtiѐzlarni asoslash va boshqalar uchun zarur. Ishlab chiqarish faoliyati jaraѐnida mehnatni uning tavsifi va fiziologik funksiyalarning sijishiga qarab kompleks baholash uchun SSJI tibbiѐt fanlari akademiyasi Mehnat gigienasi va kasb kasalliklari instituti tomonidan tavsiya etilgan ―Mehnatning og‘irlik va keskinlik darajasi bo‘yicha klassifikatsiya‖ dan foydalanish mumkin. Undan tashqari yuqorida aytib o‘tilgan SSJI davlat Bosh sanitariya vrachining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan (12 avgust 1986 yil, №4137-86) ―Mehnatning gigienik klassifikatsiyasi (ishlab chiqarish muhiti omillarining mehnat jaraѐni og‘irligi va keskinligining xavflilik va zararlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha)‖. Ushbu klassifikatsiyaga asosan mehnat sharoiti va uning tavsifi 3 ta sinfga bo‘linadi: optimal; yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan; zararli va xavfli. O‘chunchi sinf esa o‘z navbatida 1-darajali, 2-darajali, 3-darajali zararli va xavfli 3 ta sinfga bo‘linadi. Mazkur tasnifidan foydalanib, turli korxonalarda turlissexlarda ishlovchi kasbdagi ishchilarning mehnat sharoitlarini, uning tavsifini o‘rganish, ishlab chiqarish omillarining, hamda mehnat jaraѐni og‘irlik va keskinligining xavflilik va zararlilik darajasini aniqlash natijasida professiogrammalar tuzib, ish joylarini atteestatsiyadan o‘tkazish mumkin va bu attestatsiyaga asosan mehnat sharoitlari va uning tavsifinining xavflilik va zararlilik darajasiga (sinfiga) qarab ishchilarga asosiy ish haqiga qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilanadi. Nazorat savollari: Mehnatning og‘irligi deb nimaga aytiladi va uning ko‘rsatkichlari? Mehnatning keskinligi deb nimaga aytiladi va uning ko‘rsatkichlari? Gigienik tasnifiga asosan mehnat sharoitini sinfini ayting. Gigienik tasnifi maqsadi nimadan iborat? Ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazishda mehnat gigienasi vrachining roli. Professiogrammani tuzish maqsadi va mazmuni. Qaysi masalalarni xal etishda mehnat gigiena vrachi zararli va xavfli omillarini aniqlaydi? Mehnat turlarini ayting. Fiziologik tekshiruvlarni o‘tkazishning davri. CHarchashga olib keluvchi asosiy sabablar. Harakat algoritmi. Mehnat og‘irligi va keskinligini aniqlash. 1. Mehnat og‘irligini aniqlash: ish quvvatini formula orqali hisoblab chiqish: A N = -- ----- , K1 * t ko‘taraѐtgan yuklarning og‘irligini o‘lchash; ko‘chirish masofalarini hisoblash; ish bajarishda ishchi xolati (turgan, o‘tirgan, yarim o‘tirgan). 2. Mehnat keskinligini aniqlash: qabul qilaѐtgan axborotlar hajmi belgilash; kelaѐtgan signallar zichligini o‘lchash; diqqat-eьtiborning jamlash darajasini o‘lchash; ko‘rish va eshitish analizatorlarining xolatini aniqlash (yashirin davrini o‘lchash). 3. Mehnat og‘irligi va keskinligini 4 ta kategoriya bo‘yicha baxolash: 1 chi engil ish va keskinmas; 2 chi o‘rtachi og‘irlikda, kam keskin; 3 chi og‘ir ish, keskin; 4 chi juda og‘ir ish, juda keskin. Download 13.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling