Fayl tizimi boshqaruvida ls


Download 16.93 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.93 Kb.
#203124
Bog'liq
kali ninux eng kop buyruqlar


Fayl tizimi boshqaruvida

  • ls – Joydagi fayl va papkalar ro‘yxatini ko‘rsatadi. Bu buyruqni man ko‘pincha

ls -ali

kalitlari bilan ishlataman. Shunda ro‘yxatda fayl haqida to‘liq ma’lumotlar (huquqlari, faylni egasi tuzilgan vaqti), yashirin fayllar (linuksda fayl yashirin bo‘lishi uchun uni nomi oldiga “.” – nuqta belgisi qo‘yiladi) va ayndolar ko‘rsatiladi.



  • cd – Turgan papkadan boshqa papkaga o‘tish uchun ishlatiladi.

  • pwd – Hozir qaysi papkada ekaningizni ko‘rsatadi.

  • mv – Faylni boshqa joyga ko‘chirish yoki fayl nomini o‘zgartirishda ishlatiladi.

  • cp – Fayl yoki papkadan nusxa olishda (agar papkani ichida boshqa papkalar mavjud bo‘lsa

cp -r

kaliti bilan ishlatiladi) ishlatiladi.



  • rm – Fayl yoki papkani o‘chirib tashlash uchun ishlatiladi. Agar

rm -rf

kaliti bilan ishlatilsa o‘chirishni tasdiqlashingizni so‘rab o‘tirmaydi va agar papkani ichida boshqa papkalar mavjud bo‘lsa ular ham o‘chiriladi.



  • touch – Yangi bo‘sh fayl tuzadi.

  • find – Fayllarni izlashda ishlatiladi. Masalan,

find /usr/var/html -name "*.html*" -type f

buyrug‘i /usr/var/html papkasidan nomida .html uchragan fayllarni izlab topadi.

 

Fayllarni ko‘rish va o‘zgartirish



  • tail – Fayldagi ma’lumotlardan eng oxirigi 10 qatorini ko‘rsatadi, lekin kalit orqali qancha qator ko‘rsatishni belgilash mumkin. O‘zim esa bu buyruqdan,

tail -f -n20 /farkhod/dastur/logfile.log

kabi ko‘rinishda foydalanaman. “tail -f” kaliti bilan ishlatilganda ko‘rsatilgan faylni bir marotaba emas, balki, fayldagi o‘zgarishini to‘xtamasdan, monitor tarzida kuzatib borish imkonini beradi.



  • nano – Fayl teksti bilan ishlashda ishlatiladigan dastur. Ba’zilar vi ni xush ko‘radi. Shaxsan menga nano dasturi qulayroq tuyiladi.

  • cat – Fayldagi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Agar fayl xajmi qancha katta bo‘lsa bu buyruqni berilgan vaqtda, ekranda shuncha uzoq vaqt fayldagi ma’lumotlar skrolling bilan tez ko‘rsatiladi va ularni o‘qishga ulgurmaysiz. Bu buyruqdan man ko‘pincha

cat /var/log/messages

ko‘rinishida ishlataman. Ya’ni, serverdagi xabarlarni ko‘rish uchun.

 

Tarmoq


  • ifconfig – Tarmoq interfeyslari haqida to‘liq ma’lumotni bilishda, unga IP manzil va niqob belgilashda va interfeysni o‘chirib/yoqishda ishlatiladi.

  • ping – Tarmoq ishlashini tekshirishda ishlatiladi. Masalan, tarmoqdagi boshqa kompyuterning IP-manziliga ping berib uni tarmog‘i ishlayotganini tekshirish uchun ishlatish mumkin.

  • netstat – Serverdagi tarmoq ulanishlarini ko‘rsatib beradi. Bu buyruqni

netstat -tunap

kaltilari bilan ishlataman. Shunda, protokol nomi, lokal IP-manzil va port, tashqi IP-manzil va port, ulanish holati hamda shu ulanishni tashkil etgan dastur jarayoni ID-raqami va nomi ko‘rsatiladi. Juda qulay.



  • nslookup – Ko‘rsatilgan DNS nom qanday IP-manzilga bog‘liqligini aniqlab beradi.

  • wget – konsoldan turib internetdan fayl yuklab olish imkonini beradi. Ayniqsa serverlarda grafik interfeys o‘rnatilmaganligi sababli, wget buyrug‘i yordamida internetdan masalan, rpm-paketlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olish mumkin.

 

Umumiy

  • history – Serverda oxirgi berilgan buyruqlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.

  • make – Dasturni kodidan kompilyatsiya qilish vaqtida, yoqiluvchi faylni tuzish uchun ishlatiladi.

  • ps – Serverda ishlab turgan jarayonlar ro‘yxatini (jarayon ID-raqami, qaysi TTY da ishlayotgani, qancha vaqtdan beri ishlayotgani, buyrug‘i va boshqa ma’lumotlarni) ko‘rsatadi.

  • man – ko‘rsatilgan buyruq bo‘yicha yordam beruvchi ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Masalan,

man who

deb yozsangiz, who buyrug‘i haqida to‘liq ma’lumot beradi.







  • df – Serverdagi disklarni fayl tizimi, hajmi, qancha ishlatilgani va qolgani, qayerga “montirovat” qilinganligi kabi ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

df -h

deb yozilsa, hajm haqidagi ma’lumotlar inson tushunadigan formatda ko‘rsatiladi.






  • who – Serverga ulangan foydalanuvchilar ro‘yxatini ko‘rsatadi.

  • – Yuqoridagi buyruqqa o‘xshab, serverga ulangan foydalanuvchilarni nomini, tty ni, qaysi IP-manzildan ulanganini, qachon ulanganini, qanday dastur bilan ishlayotganini va ba’zi boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatadi.

Download 16.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling