Reja: Mendel qonunlari. Irsiyat qonunlarini


Gametalar sofligi gipotezasi


Download 1.99 Mb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1296800
1   2   3   4
Bog'liq
ggggggghq111

Gametalar sofligi gipotezasi.

  • Mendel fikricha irsiy omillar, duragaylar hosil bo’lishida ajralib ketmaydi, balki o’zgarmagan holda saqlanadi. Qarama-qarshi belgilarga ega bo’lgan ota-ona organizmlarni chatishtirishdan hosil bo’lgan F1 duragay o’zida har ikkala muqobil: dominant va resessiv belgilarni mujassam qiladi. Jinsiy ko’payishda avlodlar o’rtasidagi bog’lanish jinsiy hujayralar — gametalar orqali amalga oshadi. Har bir gameta juft irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo’ladi. Urug’lanish jarayonida ikkita resessiv belgiga ega bo’lgan gametaning qo’shilishidan resessiv belgilar fenotipda namoyon bo’ladi. Dominant belgilarni o’zida mujassam qilgan yoki har ikki gameta, biri dominant, ikkinchisi resessiv belgilarga ega bo’lgan gametalarning qo’shilishidan dominant belgili organizm rivojlanishiga sabab bo’ladi.

Shunday qilib F2 bo’g’inda resessiv belgili organizmning namoyon bo’lishi quyidagi ikki shartlarga amal qilinganda paydo bo’ladi: 1) agar duragaylarda irsiy omil o’zgarmagan holda saqlangan bo’lsa; 2) agar jinsiy hujayra (gameta)lar allellar juftidan faqat bittasiga ega bo’lsa.

  • Shunday qilib F2 bo’g’inda resessiv belgili organizmning namoyon bo’lishi quyidagi ikki shartlarga amal qilinganda paydo bo’ladi: 1) agar duragaylarda irsiy omil o’zgarmagan holda saqlangan bo’lsa; 2) agar jinsiy hujayra (gameta)lar allellar juftidan faqat bittasiga ega bo’lsa.
  • Mendel geterozigota organizmlarni o’zaro chatishtirganda belgilarning ajralishini genetik jihatdan gametalar sofligi va ular allel genlardan faqat bittasini o’zida saqlashi orqali tushuntirib berdi.

Gametalar sofligi gipotezasini quyidagicha izohlash mumkin: jinsiy hujayralarning hosil bo’lishida har bir gametalar juft genlardan faqat bittasiga ega bo’ladi.

  • Gametalar sofligi gipotezasini quyidagicha izohlash mumkin: jinsiy hujayralarning hosil bo’lishida har bir gametalar juft genlardan faqat bittasiga ega bo’ladi.
  • Gametalar hosil bo’lishida duragaylardagi gomologik xromosomalar birinchi meyoz bo’linish natijasida har xil hujayralarga o’tadi.
  • Bu organizm ikki xil gameta hosil qiladi. Gametalar sofligi gipotezasi ajralish qonuni turli genlarga ega bo’lgan gametalarning tasodifan qo’shilib qolishi natijasidir: AA, Aa, aa.
  • Nasldan naslga o’tishning sitologik asoslari.
  • Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta’riflab bergan vaqtlarda mitoz haqida, gametalarning rivojlanishi va meyoz to’g’risida hali hech narsa ma’lum emas edi. Hozirgi vaqtda sitologiya yutuqlari tufayli Mendel qonunlari mustahkam sitologik asosga ega bo’lib qoldi.
  • O’simliklar va hayvonlaming har birida xromosomalar ma’lum bir miqdorda bo’ladi. Oson bo’lishi uchun faraz qilaylik: o’rganayotgan organizmimizda atigi bir juft xromosoma, genlar esa shu xromosomaning qismlari bo’lsin. Juft genJar gomologik xromosomalarda joylashgan. Meyozda gomologik xromosomalarning har bir jufti gametalarda bittadan qolishini tushuntirsh oson, modomiki, shunday ekan, gametalarda har bir juftda bittadan gen qoladi. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishini sitologik asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromosomalar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo’lishidir.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling