Reja: Menejer madaniyatiga qo`yiladigan talablar


Download 120 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi120 Kb.
#168262
Bog'liq
маданият

  • Reja:
  • Menejer madaniyatiga qo`yiladigan talablar
  • 2) Boshqaruv jarayonini tashkil etish
  • 3) Boshqarishning maqsadi va uslublari
  • Menyu
  • Rahbar madaniyati deganda rahbar adabi va iqtidori o`rtasidagi dialektik bog`lanish tushuniladi. Bu bog`lanish quyidagi fazilatlar majmuasida o`z aksini topadi:
  • Rahbar madanoyati= adab+iymon+insof+ adolat+ iqtidor.
  • Menyu
  • Adab – aqlning suyanchig`I, barcha fzilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda “Aql bilan adab – egizak” deyishmaydi. Adab – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi o`z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli fazilatlardan bezaydi.
  • Umuman adab ikki xil bo`ladi:
  • Hikmat adabi;
  • Xizmat adabi;
  • Iymon adabi
  • Menyu
  • Iymon arabcha so`z bo`lib, lug`aviy ma`nosi – ishonchdir. Iymonli kishini, xususan rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:
  • E’tiqodli, ya`ni o`z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik bilan ishonish va o`zgalarni ham o`zidek hisoblab, ularning lafziga samimiyat bilan ishonishdir. E`tiqod jur`atni, mardlikni, fidoyilikni taqozo qiladi;
  • Maslakli, ya`ni o`ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g`oyaviy va diniy yo`l sohibi;
  • Taqvodor, ya`ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;
  • Sharm-hayoli, ya`ni har qanday nojo`ya hatti-harakatlardan o`zini tiya oladigan;
  • Oriyatli, ya`ni o`ziga nomunosib yoki ep ko`rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan;
  • Andishali,ya`ni oqibatini o`ylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli;
  • Menyu
  • Insof- har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak- atrofidagi kishilar oldida o`z hatti-harakati bilan ma`naviy ma`suliyatini his etishning ifodasidir.
  • Adolat- bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun o`rnini bosaoladi. Ulug` alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning 3 ta talabi mavjudligini uqtirgan:
  • Aholi turli tabaqalarning o`zaro uyg`un bo`lishini ta`minlashdir
  • el – ulusning haq-huquqlari teng ta`minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
  • Barchaning teng farovonligini himoya qilish bilan biega bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson o`z ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
  • Iqtidorli, deganda biror soha bo`yicha layoqatini ongli ravishda sezgan, o`zidagi qobiliyatni to`la namoyon qilish uchun qat`iyat ko`rsata oladigan kishilar tushuniladi.
  • Boshqaruv jarayonini tashki etish madaniyati
  • Bugun rahbardan talab qilinadigan narsa tashabbuskorlik, ilg`or mehnat madaniyati tajribasini joriy etishda fidoyilik, odamlar kayfiyatini bilish, ular tashvishi bilan yashash, yangi ish joylarini yaratish, xalqning ma`naviy va moddiy farovonligini ta`minlashdir. Prezident kadrlar faoliyatiga baho berib, ularni 2 toifaga bo`ladi.
  • Eski tuzumni qo`msab yurgan kishilar
  • Eng xavflisi- iymonsiz, e`tiqodsiz kishilardir.
  • Boshqarishning maqsadlari
  • Maqsad- bu muddao, murod ya`ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko`zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o`z orzularini ushalishiga yo`naltiradi. Biz dastlab o`zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so`ngra esa shu maqsadimiz:
  • bo`lajak harkatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
  • faoliyatimizning ustuvor yo`nalishini belgilaydi;
  • faoliyatimizni aniq soha, ishga yo`naltiradi;
  • u yoki bu faolyatimizning zarurlik darjasini belgilab beradi;
  • pirovard natijamizning baholash me`yorini belgilaydi va h.k.

Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling