Reja: Menejment tushunchasi


Menejmentning asosiy qonuni va tamoyillari


Download 26.1 Kb.
bet2/5
Sana10.03.2023
Hajmi26.1 Kb.
#1258059
1   2   3   4   5
Bog'liq
shoh

2. Menejmentning asosiy qonuni va tamoyillari.

Ko‘pchilik ishlab chiqarish vaziyatlarini tushunish uchun menejerkibernetikaning ba’zi muhim qonunlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Ulardan eng asosiysi xilma-xillik


va chaqqon harakatlilik deb ataluvchi qonundir.
Ommaviy shaklda uni quyidagicha ifodalash mumkin: Har qanday jonli tizimga
(m: tashkilotga) tashqi va ichki muhit eng xilma-xil, ham qonuniyat bo‘yicha
takrorlanuvchi, ham tez harakat orqali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Tashkilot
o‘zining butunligi va qobiliyatini amalga oshirish uchun yuqoridagi kabi har
qanday ta’sirga asosan zarur paytda mos ravishda qarshi turishi darkor.Bu boshqarishning asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: agar boshqariluvchi tizimga muhitni xilma-xil ta’siri qanday bo‘lishi mumkin bo‘lsa, u tashkilotning boshqaruvchi qismi ham shunday ko‘pdan ko‘p, xilma-xil tez ta’sir ko‘rsatish dasturiga ega bo‘lishi darkor.
Tashkilotni boshqarish tamoyillari boshqarish tizimiga, strukturasiga va tashkil
qilish jarayoniga talablarni belgilaydi. Ya’ni barcha darajadagi menejerlar
rahbarlikni amalga oshiradigan asosiy boshlang‘ich nizomlar, qoidalarni aniqlaydi.
Shunday qilib, boshqarish tamoyilini rahbarlik funksiyasini amalga oshirish
uchun asos bo‘luvchi g‘oyalar, qonuniyatlar va qoidalar tarzida tasavvur qilish
mumkin.
Boshqarish tamoyillari klassifikatsiyasiga bir necha yondashuvlar mavjud,
lekin ular orasidagi uzviy bog‘liqlik hisoblansa, ularning umumiy tamoyillari
asosan quyidagilardan iborat:
1. Menejmentning asosiy tamoyili boshqarishda markazlashgan va
markazlashmagan tamoyilni optimal qo‘shib olib borish bo‘lib u qaror qabul
qilishda vakolatlarni optimal taqsimotiga asoslanadi.
2. Yakkaboshlik va kollegiallik tamoyili. Uning mohiyati konkret darajadagi
rahbar va huquq doirasiga kiradigan masalalarni yolg‘iz hal qilishida ifodalanadi.
Kollegiallik aniq qarorlarni ijrochilar hamda turli darajadagi rahbarlar fikri
asosida kollektiv qarorlar qabul qilishni ifodalaydi.
3. Ilmiy asoslanganlik tamoyili. U tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishda

vaqt bo‘yicha rejalashtirish, voqealarni oldindan ilmiy ko‘ra bilishni ifodalaydi.


Uning asosiy mazmuni shundan iboratki, barcha boshqarish harakatlari ilmiy
uslublar va yondashuvlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
4. Rejalilik tamoyili. Istiqbolda tashkilotni rivojlantirish ko‘lamlari va asosiy
yo‘nalishlarini rejalashda ifodalanadi.
5. Erkinlik va qisman avtonomlik tamoyili. Bunda barcha tashabbuslar
harakatdagi qonunshunoslik doirasida o‘z xohishi bilan boshqarish funksiyasini
bajarayotgan, erkin harakat qilayotgan iqtisodiy subyektlardan chiqishini taqozo
qiladi. Masalan: kasbiy erkinlik, raqobat erkinligi, shartnomalar erkinligi.
6. Iyerarxiya va qayta aloqalar tamoyili. U o‘z organining boshlang‘ich
zvenosi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli
strukturani yaratishda ifodalanadi.
Barcha zvenolar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali
amalga oshiriladi.
7. Huquq, majburiyat va mas’uliyatni birga qo‘shib olib borish tamoyili.
Tashkilotda har bir bo‘ysunuvchi o‘ziga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish va u
haqda ma’lum davrda hisobot berib borishi kerak.
8. Motivlashtirish tamoyili. Agar menejer rag‘batlantirish va jazolash tizimini
qunt bilan amalga oshirsa, uni ko‘zda tutilmagan holatlarni hisobga olgan holda
qarab chiqsa, tashkiliy elementlarni birga qo‘shib olib borsa motivlashtirish dasturi samarali bo'ladi.Bu boshqarishning asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: agar
boshqariluvchi tizimga muhitni xilma-xil ta’siri qanday bo‘lishi mumkin bo‘lsa,u tashkilotning boshqaruvchi qismi ham shunday ko‘pdan ko‘p, xilma-xil tez
ta’sir ko‘rsatish dasturiga ega bo‘lishi darkor.Tashkilotni boshqarish tamoyillari boshqarish tizimiga, strukturasiga va tashkil qilish jarayoniga talablarni belgilaydi. Ya’ni barcha darajadagi menejerlar rahbarlikni amalga oshiradigan asosiy boshlang‘ich nizomlar, qoidalarni aniqlaydi.
Shunday qilib, boshqarish tamoyilini rahbarlik funksiyasini amalga oshirish
uchun asos bo‘luvchi g‘oyalar, qonuniyatlar va qoidalar tarzida tasavvur qilish
mumkin.Boshqarish tamoyillari klassifikatsiyasiga bir necha yondashuvlar mavjud,
lekin ular orasidagi uzviy bog‘liqlik hisoblansa, ularning umumiy tamoyillari
asosan quyidagilardan iborat:
1. Menejmentning asosiy tamoyili boshqarishda markazlashgan va markazlashmagan tamoyilni optimal qo‘shib olib borish bo‘lib u qaror qabul qilishda vakolatlarni optimal taqsimotiga asoslanadi.
2. Yakkaboshlik va kollegiallik tamoyili. Uning mohiyati konkret darajadagi
rahbar va huquq doirasiga kiradigan masalalarni yolg‘iz hal qilishida ifodalanadi.
Kollegiallik aniq qarorlarni ijrochilar hamda turli darajadagi rahbarlar fikri
asosida kollektiv qarorlar qabul qilishni ifodalaydi.
3. Ilmiy asoslanganlik tamoyili. U tashkilotni ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishda
vaqt bo‘yicha rejalashtirish, voqealarni oldindan ilmiy ko‘ra bilishni ifodalaydi.
Uning asosiy mazmuni shundan iboratki, barcha boshqarish harakatlari ilmiy
uslublar va yondashuvlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
4. Rejalilik tamoyili. Istiqbolda tashkilotni rivojlantirish ko‘lamlari va asosiy
yo‘nalishlarini rejalashda ifodalanadi.
5. Erkinlik va qisman avtonomlik tamoyili. Bunda barcha tashabbuslar
harakatdagi qonunshunoslik doirasida o‘z xohishi bilan boshqarish funksiyasini
bajarayotgan, erkin harakat qilayotgan iqtisodiy subyektlardan chiqishini taqozo
qiladi. Masalan: kasbiy erkinlik, raqobat erkinligi, shartnomalar erkinligi.
6. Iyerarxiya va qayta aloqalar tamoyili. U o‘z organining boshlang‘ich
zvenosi keyingi darajadagi rahbarlik organ nazoratida bo‘luvchi ko‘p bosqichli
strukturani yaratishda ifodalanadi.
Barcha zvenolar faoliyati ustidan doimiy nazorat qayta aloqalar orqali
amalga oshiriladi.
7. Huquq, majburiyat va mas’uliyatni birga qo‘shib olib borish tamoyili.
Tashkilotda har bir bo‘ysunuvchi o‘ziga qo‘yilgan topshiriqlarni bajarish va u
haqda ma’lum davrda hisobot berib borishi kerak.
8. Motivlashtirish tamoyili. Agar menejer rag‘batlantirish va jazolash tizimini
qunt bilan amalga oshirsa, uni ko‘zda tutilmagan holatlarni hisobga olgan holda
qarab chiqsa, tashkiliy elementlarni birga qo‘shib olib borsa motivlashtirish dasturi samarali bo'ladi. 9. Boshqarishni demokratiyalash tamoyili. Uning mohiyati, asosan,
boshqarishda barcha xodimlar qatnashishini taqozo qiladi. Qatnashish shakli
turlicha bo‘lishi mumkin: boshqarishda yagona ma’muriylik, birgalikdagi pul
mablag‘lari, boshqarish qarorlarini kollegial hal qilish va hokazo.
10. Farmoyishlik va javobgarlik tamoyili.
Ishlab chiqarish birligi yoki firma
tomonidan qabul qilingan rejalar, yo‘riqnomalar, korxonaning yillar davomida
to‘plangan an’analariga bo‘ysunishi va ularni bajarilishini ta’minlash farmoyishlik
tamoyilining asosini tashkil qilib, kelajakni ta’minlovchi omillardan bo‘lib
hisoblanadi.
Biznesda javobgarlik haqida gapirilganda, avvalo, boshqaruvchilar javobgarligi
ko‘zda tutiladi. Bu tamoyil menejmentda ma’lum majburiyatlarni ko‘zda tutadi,
xususan:
— Qonunga bo‘ysunish majburiyati. Menejer faoliyati Konstitutsiya va davlat
qonunlariga zid bo‘lmasligi kerak. Qonunga bo‘ysunish menejer uchun har bir
fuqaro qonunga itoat etishi kabi muhim burchdir. Menejer uchun huquqiy
javobgarlik hatto kuchliroq ham bo‘ladi, chunki fuqarolik qonunlaridan tashqari
u firma faoliyatiga oid bir qancha xususiy qonunlarni ham bajarishi zarur.
— Kontrakt shartlarini bajarish majburiyati. Kontrakt boshqaruvchilarga
ko‘plab turli majburiyatlarni yuklaydi. Avvalo menejer uning uchun ishlayotgan
odamlar, firma mulkdorlari oldida ham ma’lum darajada, boshqaruvchi
yollanuvchilar oldida kontrakt shartlarini bajarish, ish haqi miqdori, nafaqa,
mukofot, xizmat bo‘yicha ko‘tarilishi, mol yetkazib berish, qo‘shimcha xizmatlar
ko‘rsatish va boshqa kafolatlar uchun ham javobgardir, shuningdek ular federal
hukumat, mahalliy hokimiyat oldida ham soliq shartlari bo‘yicha javobgardirlar.
Agar mulkka yakka tartibda egalik qilinsa, mulk egasi barcha majburiyatlar
bo‘yicha shaxsan javobgardir.



Download 26.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling