Reja: Menejment tushunchasi


Menejer mehnati samaradorligini oshirish usullari


Download 26.1 Kb.
bet5/5
Sana10.03.2023
Hajmi26.1 Kb.
#1258059
1   2   3   4   5
Bog'liq
shoh

6. Menejer mehnati samaradorligini oshirish usullari.
Biz doimo o’zgaruvchan olamda yashaymiz. Menejer buni boshqalardan ko’proq va yaxshiroq tushunishi kerak. Gap faqat olamdagi yoki xalqaro maydondagi katta o’zgarishlar haqida ketayotgani yo’q. Bozordagi vaziyat o’zgaradi: talab o’zgaradi, iste’molchilarning qarashlari, bozordagi narxlar, raqobat murakkablashadi, yangi tovarlar, texnologiyalar paydo bo’ladi, ishchi kuchi sifatiga talab o’zgaradi. Menejerning kasbiy hayotda ham bir qancha o’zgarishlar yuzaga keladi: inflyatsiya yuzaga keladi va rivojlanadi, hamkorlik va xom ashyo yetkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini bajarishmaydi, yangi qonun-qoidalar chiqadi, yuqori malakali mutaxassislar pensiyaga chiqishadi yoki boshqa korxonaga ishga o’tib ketishadi, aylanma mablag’larda uzilish yuzaga keladi, yoki yanada samaraliroq potensial sheriklar uchrab qoladi va hokazolar.Shuning uchun ham menejer har kuni va har soatda o’zgaruvchan muhit sharoitiga tayyor turishi talab etiladi. Aks holda o’zgarishlarni tezkorlik bilan qayd etib unga muvofiq choralar ko’rmaslik tashkilot uchun yomon holatlarni yuzaga keltirishi va menejerni bundan faol ish muhitidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Bunday tez o’zgaruvchanliklarni bartaraf etishda menejer uchun bitta imkoniyat bor-bu qaror qabul qilish.Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zining (professional) kasbiy fao-liyati davomida menejer ko’pgina o’zgarishlarga duch keladi va ularga nisbatan qabul qilingan qarorlar turkumlari ham juda keng. Lekin qabul qilingan qarorlarni birlashtiruvchi narsa mavjud bo’lib, bu uning faoliyati natijasi-o’z mentalitetidir (o’zligi). Shu nuqtai nazardan boshqaruv faoliyati avvalambor faoliyat mental xarakter sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun ham menejerga ma’lum mental quvvatga ega bo’lish va uni doimo rivojlantirish va takomillash-tirib borish zarur.


XULOSA.

Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni


boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha
ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni
agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali
oson hal etish mumkin.Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiyjarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma
resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi.Menejer – tashkilotning azosi bo’lib, boshqaruv faoliyatini amalga oshiradigan va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo’lgan xodimlar. Yuqori masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo’yilgan vazifa, mas’uliyat bo’yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo’yicha har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo’yicha taqsimlanadi.Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo’lgan malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer ma’lum kapital to’plab o’z ishini ochishi mumkin va
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo’la olmasligini uzoq muddatli tajriba ko’rsatmokda. Chunki menejer bo’lish uchun faqat yoki bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo’lishi yetarli emas. Bunda ALLOHdan atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o’z so’zini o’tkaza biladigan, muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o’xshagan xislatlarga ega bo’lishi kerak.
Qancha rahbar yuqoriroq pog’onani egallasa u ko’proq e’tiborni boshqarish strategiyasini belgilashga, aksincha, qancha quyi bosqichda bo’lsa ishlab chiqarish sirlarini chuqurroq bilishni taqozo etarkan.

Foydalanilgan Adabiyotlar

1. S. G'ulomov. Menejment va biznes asoslari. — T. Mehnat, 1997


2. R. Valijonov, O. Qobulov. Menejment. Namangan. Ibrat. 1996.


3. R. Valijonov, O. Qobulov. Menejment asoslari. — T.: Universitet. 1997.


4. U. Parpiyev, I. Salomov. Bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashkil


etish. — T.: Sharq, 1995.
Download 26.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling