Reja: Metallarda elektr toki Yarim o’tkazgichlarda elektr toki Elektrolitlarda elektr toki Gazlarda elektr toki Vakuumda elektr toki Tayanch so’z va iboralar
Download 405.01 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar: Donor, aksteptor, yarim o’tkazgich, elektrolit ion, razryad, n-tur, p-tur, kavak, elektroliz, elektroqimyoviy ekvivalent, Faradey soni.
- 16-Mavzu. Turli muhitlarda elektr toki.
165 Reja: 1. Metallarda elektr toki 2. Yarim o’tkazgichlarda elektr toki 3. Elektrolitlarda elektr toki 4. Gazlarda elektr toki 5. Vakuumda elektr toki Tayanch so’z va iboralar: Donor, aksteptor, yarim o’tkazgich, elektrolit ion, razryad, n-tur, p-tur, kavak, elektroliz, elektroqimyoviy ekvivalent, Faradey soni. Metallarda elektr tokini yerkin elektronlarning tartibli harakati hosil qiladi. Tempyeratura pasayishi bilan ularning elektr qarshiligi kamayib boradi. Tempuratura 16-Mavzu. Turli muhitlarda elektr toki. 166 pasayib, ma’lum bir qiymatga etganda, metallarning (qotishmalarning) elektr qarshiligi birdaniga yo’qoladi. Bunday holatdagi o’tkazgich o’ta o’tkazgich deb ataladi. Yarim o’tkazgichlarda elektr tokini elektronlar va kavaklarning tartibli harakati hosil qiladi. Sof yarim o’tkazgichlarda (masalan, kremniy va gyermaniy) elektr tokini teng miqdordagi elektronlar va kavaklarning tartibli harakati hosil qiladi. Tempyeratura ortishi bilan atomlar orasidagi elektron bog’lar uzila boshlaydi. Shu sababli tempyeratura ortishi bilan yarim o’tkazgichlarning elektr qarshiligi kamaya boradi. n-tur yarim o’tkazgichlarda(donor aralashmali yarim o’tkazgichlarda) elektr tokini asosan elektronlarning tartibli harakati hosil qiladi. r-tur yarim o’tkazgichlarda (aksteptor aralashmali yarim o’tkazgichlarda) elektr tokini asosan kavaklarning tartibli harakati hosil qiladi. Elektr toki ionlarning tartibli harakati tufayli yuzaga keladigan suyuqliklar elektrolitlar deb ataladi. Bunday suyuqliklarga misol qilib, tuzlar, kislotalar va ishqorlarning suvdagi yeritmalarini ko’rsatish mumkin. Elektrolitlardan elektr toki o’tganda tokning kimyoviy ta’siri ham kuzatiladi. Bunda elektroliz deb ataluvchi hodisa kuzatiladi. Elektrolitlardan elektr toki o’tganda elektrodlarda modda(yerigan modda tarkibiy qismlarning) ajralib chiqish hodisasiga elektroliz deb ataladi. Faradeyning birinchi qonuniga ko’ra elektroliz paytida elektrodlardan ajralib chiqadigan modda massasi elektrolitdan o’tgan zaryad miqdoriga proporstional. Faradeyning ikkinchi qonuniga ko’ra elementning elektroqimyoviy ekvivalenti uning kimyoviy ekvivalentiga proporstional. Gazlardan elektr toki o’tishiga razryad deyiladi. Razryadning ikki turi mavjud: nomustaqil va mustaqil. Gazlar odatdagi sharoitlarda o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi. Bunga sabab gazlarda zaryad tashuvchilar (zaryadlangan zarralar) yo’q. Agar gazda tashqi ta’sir yo’li bilan zaryadlangan zarrachalar(ionlar, elektronlar) hosil qilib turilsa, gazdan tok o’ta boshlaydi. Bunday yo’l bilan hosil qilinadigan razryad nomustaqil razryad deyiladi. Elektrodlar orasidagi maydon kuchlanganligining ma’lum bir qiymatida gazda mustaqil (tashqi ta’sirsiz) razryad yuzaga keladi. Gazning holatiga va 167 razryadning yuzaga kelish shart sharoitlariga qarab, gazlarda yuzaga keladigan mustaqil razryad to’rt turga bo’linadi: miltillagan razryad, uchqun razryad, toj razryad va yoy razryad. Mustaqil razryad vaqtida quyidagi shart bajarilishi kyerak: Birinchidan elektronlarning yerkin yugurish yo’lida elektr maydonda olgan enyergiyasi neytral molekulalarni(atomlarni) ionlash uchun etarli bo’lishi; Ikkinchidan musbat ionlar katodga kelib urilganda katoddan elektronlarni urib chiqarishi uchun etarli bo’lgan enyergiyaga ega bo’lishi kyerak. Vakuumda elektr tokini tyermoelektronlarning tartibli harakati hosil qiladi. Vakuumda elektr tokining faqat magnit ta’siri kuzatiladi. Download 405.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling