Reja: Metodologiya tushunchasi


Download 1.1 Mb.
bet2/3
Sana25.09.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1687393
1   2   3
Bog'liq
Ijtumoiy tadqiqot metadologiyasi tuwunchasi

Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o’tkazishdan ko`zlangan maqsad, unga sabab bo`lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o’tkazganligi yoziladi.
Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi.
Tadqiqot ob`ekti va uslublar empirik tadqiqot ob`ektining xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov bosqichida to’plangan ma`lumotlar, ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi.
Gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar yoki grafiklarda ko’rsatiladi.
Xulosa va tavsiyalar ular tadqiqotning mantig’idan chiqariladi.
Yakuniy, barcha qilingan ishlar bo’yicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi.
Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, kompyuter dasturlari, statistika ma`lumotlari, katta jadvallar va shunga o’xshash tadqiqotga taalluqli hujjatlar ilova qilinadi.
Yuqorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga qarashli tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon ekanligini belgilovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi va u o’tkazgan ilmiy tadqiqot ishining bahosini belgilaydi.
Sotsial psixologiyada qo’llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko’ra farq qilmasada, sotsial psixologik tadqiqotdagi uslublar o`ziga xos xususiyatlarga hamda ko’rinishlarga ega. Bu o`ziga xoslik avvalo tadqiqot qamrab oladigan sotsial kontekstdan, uning xilma xil ko’rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o’tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda nimani o`rganish qancha vaqt mobaynida o`rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.
Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo`lsak, u sotsial psixologiyada o`ziga xos sotsial sharoitlarda o`ziga xos vaziyatlarda va ma`lum guruhlarda ishlatiladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling