Foydalanilgan adabiyotlar
Isayev R.I, Karimova U.N. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik –T: “Aloqachi” 2017, 612 bet.
O’z DSt ISO 9000:2009 Sifat menejmenti tizimi. “Atamalar va tushunchalar”. O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi. Toshkent 2009.
Abdullayev A.A, Latipov V.B, Umarov A.S, Alimov M.N, Boyko S.R, Xakimov O.SH, Xvan V.I. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat. O’quv qo’llanma.
Internet saytlari.
www.bilim.uz- O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
www.ziyonet.uz- O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sayti.
www.standart.uz
www.lex.uz
Xulosa.
"Metrologiya va metrologik ta’minot" – o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy, texnik va normativ-usuliy asoslar sohasi. Xalq xo‘jaligi uchun ushbu ixtisoslik ilmiy va texnik muammolarining yangiligi va ahamiyati yangi o‘lchash usul va vositalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish, o‘lchashlar birliligi va talab qilingan aniqligini ta’minlashga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan tashkiliy va usuliy muammolarni hal qilish, shuningdek ishonchsiz o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va istisno qilishdan iborat. Mahsulot (xizmatlar) va texnologik jarayonlar, korxona va sinov laboratoriyalarining asbob-uskunalari, o‘lchov, sinov va tekshiruv usul va vositalari, normativ hujjatlar, ilmiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik faoliyatni metrologik ta’minlash tizimlari professional faoliyat ob’ektlari hisoblanadi.
Krasvord
Mos o’lchashlar, sinashlar yoki kalibrlashni bajarib, kuzatish va fikrlash yo’li bilan baholash prosedurasi nima deb ataladi? Tekshirish
O’zaro aloqador va o’zaro faoliyatdagi elementlarning majmuasi nima deyiladi? Tizim
Mas’uliyati, vakolati va o’zaro munosabatlari taqsimlangan hodimlar guruhi va o’zaro munosabatlarning zarur vositalari nima deb ataladi? Tashkilot
Talabning bajarilmaganligi nima deyiladi? Nomuvofiqlik
Mo’ljallangan yoki belgilangan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan talabning bajarilmaganligi nima deb ataladi? Nuqson
Bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to’rttasini kengligiga teng bo’lgan birlik nima deyiladi? Ladon
Ko’rilayotgan narsaning kelib chiqishi tarixini, qo’llanilishini yoki uning joylashgan o’rnini kuzatish imkoniyatlari nima deb ataladi?Kuzatuvchanlik
-
Do'stlaringiz bilan baham: |