Reja: Mikrosxema elementlari > Mikrosxemalarning belgilash
Mikrosxemalarni belgilash
Download 60 Kb.
|
1403773169 46726
Mikrosxemalarni belgilash
IMSlarning turlarini aniqlash tasdiqlangan shartli belgilar asosida olib boriladi. U mikrosxemaning qanday shakl va texnologik asosda ishlab chiqarilganligini, qanday maqsad uchun ishlatish mumkinligini hisobga oladi. Yasalish shakli va texnologiyasiga qarab IMSlar 3 ta guruhga bo‘linadi va raqamlar orqali ifodalanadi. a) 1,5,6,7-yarim o‘tkazgichli mikrosxema; b) 2,4,8- duragay mikrosxema; d) 3-pardasimon vakuumli, keramikali (sopol)mikrosxema. Mikrosxema belgisida uning seriyasi raqamlari bilan ifodalanadigan ikki elementdan tashkil topdi. Unda birinchi raqam mikrosxemani yasashdan shakl va texnologiyasini ifodalasa, ikkinchisi, ikki xonali (eskicha) yoki uch xonali (yangicha) raqam-seriyaning tartib nomerini ko‘rsatadi. Masalan, 1801 seriya 801 tartib nomerli yarim o‘tkazgichli IMS deb o‘qiladi. 252 seriya - 52 nomerli duragay mikrosxemadir. Qanday maqsadga xizmat qilishga qarab IMSlar yana guruh bo‘limlari (podgruppa) va ko‘rinishga ajratildi (masalan generatorlar, kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar va boshqalar). U mikrosxema belgisida seriyadan keyin yoziladigan ikki harif bilan ifodalanadi. GS-garmonik tebranish generatori, DF-fazoviy detektor, UV-yuqori chastotali kuchaytirgich, UN-past chastotali kuchaytirgich, VX-mikrokalkulyator va boshqalar. Ular mikrosxemalarni belgilash jadvallarida ko‘rsatiladi. Mikrosxema belgisining oxirida А (ruscha) dan Я (ruscha) gacha bo‘lgan harflar bo‘lishi mumkin. Ular bir turdagi mikrosxemaning parametrlaridagi farqni ifodalaydi. Mikrosxema belgisida seriya belgisidan oldin K, KM, KN, KR va KA harflar yozilgan bo‘ladi. Ular mikrosxemada chiqargan zavoddan qabul qilib olinganlik shartini ifodalaydi. Bunda K harfi mkrosxemaning keng qo‘llanilish maqsadida ishlab chiqarishni bildiradi. Masalan K155IYe7 deb belgilangan mikrosxema quydagicha o‘qiladi: keng qo‘llanilishi maqsadida ishlab chiqarilgan 155 seriyadagi 7 tartibli (nomerli) schyotchik (hisoblagich) vazifasini bajaradigan yarim o‘tkazgichli mikrosxema, seriya tartibi (nomeri)55 Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo‘lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan. Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu - juda kichik o‘lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi. Shunday IMS-mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda ham keng qo‘llanilmoqda. IMSlarda yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanlik xususiyatini elektr maydoni orqali boshqariladi. Monolit IMSlarning ixtiro qilinishi esa, avvallari alohida-alohida tayyorlangan va sxemalarda ham alohida joylashtirilgan elementlar - tranzistorlar, qarshilik, kondensator va ho kazolarni, yarimo‘tkazgich materialdan tayyorlangan bitta kristall mikrochipga favqulodda juda kichik ixcham o‘lchamlarda joylashtirish imkonini berdi. Boz ustiga, sxemalarni qo‘lda yig‘ishdan ko‘ra, IMSni avtomatik yig‘ilishi - juda tezkor va samarali jarayon bo‘lib, bu o‘z navbatida elektron sxemalarning ishonchliligini orttirish bilan birga, ularning tannarxini ham pasayishiga olib keldi. IMSni fotolitografiya, ya'ni, trafaret bo‘yicha kerakli geometrik shakllarni kremniyli asosga quyish orqali tayyorlanadi. IMS juda ixcham bo‘lgani tufayli, undagi tashkiliy elementlarning oraliq masofasi ham juda-juda qisqa bo‘ladi. Bu esa elektr zanjirida yig‘ilgan mantiqning tezkor bajarilishini ta'minlaydi. Jek Kilbi o‘zining IMSini 1958-yilda ixtiro qilgan. Robert Noys esa undan yarim yil keyin o‘z IMSini yasab namoyish qilgan. Yarimo‘tkazgich sifatida Noys IMSida kremniy elementi qo‘llangan bo‘lsa, bu maqsad uchun Kilbi germaniy elementidan foydalangan. Zamonaviy IMSlarning ixchamligi Kilbi va Noys chiplaridan bir necha marta kichrayib, ishlash tezligi ham ulardan chandon ortib ketgan. Xususan, hozirda pochta markasi o‘lchamidek keladigan mitti mikrochip-IMS ichida milliardlab tranzistorlar bo‘ladi. IMSlar ixtiro qilinganidan keyin elektronika va mikroelektronika sohasi shu darajada katta shiddat bilan rivojlanib ketdiki, uning har bir keyingi ilg‘or qadamlari fan-texnika sohasida navbatdagi inqiloblarni yasab bordi. Xususan, biz bilgan va eng yaqin yordamchimizga aylangan kompyuterlar va boshqa istalgan elektron qurilma va uskunalar ham aynan IMSlarning taraqqiyoti tufayli shu darajaga yetib kelgan. Eng qizig‘i esa, IMSlar qanchalik murakkablashib, ixchamlashib borishi bilan bir qatorda, ularning ishlash tezligi, bajaradigan vazifalari ko‘lami ham tobora ortib bordi. Odatda, boshqa turdagi texnika vositalari bunday rivojlanish jarayonida qimmatlashib boradi. Lekin, IMSlar murakkablashish bilan birgalikda, arzonlashib ham borgan. Bu faktga e'tibor qaratgan muhandis Gordon Mur hazil aralash shunday degan ekan: "Agar avtomobil sanoati ham yarimo‘tkazgichlar sohasi singari shiddat bilan rivojlanganda edi, Rolls-Roys mashinalarida 1 litr benzin bilan 200 ming km masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lardi, hamda, uni ishxona oldidagi pullik avtoturargohga qo‘ygandan ko‘ra, shunchaki ko‘chaga tashlab ketish arzonroq bo‘lgan bo‘lur edi..." Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling