Reja: Миллий армиямиз фахримиз, ғуруримиз!


Qoʻshinlarni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlash jarayonlari xususida ham toʻxtalib oʻtsangiz


Download 49.3 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi49.3 Kb.
#1509097
1   2   3   4
Bog'liq
11 milliy armiyamiz fax ru gururimiz

Qoʻshinlarni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlash jarayonlari xususida ham toʻxtalib oʻtsangiz.
— Ortda qolgan 2018 yilda davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish, qoʻshinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyamizni zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan taʼminlash borasida keng qamrovli ishlar yoʻlga qoʻyildi.
2018 — 2021 yillarda qoʻshinlarni zamonaviy qurol-yarogʻ bilan taʼminlash va harbiy texnikalarni taʼmirlash, modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dastur doirasida oʻtgan yilda bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Armiyani ilgʻor texnika, qurol-aslaha bilan taʼminlash, mavjud texnikani modernizatsiya qilishda katta qadam tashlandi. Hozirgi zamon harbiy mojarolarining chuqur tahlilidan kelib chiqib, birinchi navbatda, harbiy havo kuchlarini rivojlantirish, havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash, maxsus operatsiyalar kuchlarini eng yangi texnika va aslaha bilan taʼminlash choralari koʻrildi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik yuqori darajada yoʻlga qoʻyildi.
Yangilanishlar haqida gap ketarkan, aytish joiz, bunday jarayon harbiy boʻlinmalarni oziq-ovqat bilan taʼminlashda ham kuzatilmoqda. Yaʼni autsorsing tizimi joriy etildi. Ushbu tizimning afzalligi nimada?
— Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shaxsiy tarkib ovqatlanishini tashkil etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilindi.
Qoʻshinlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash boʻyicha kiritilgan yangi tizim shaxsiy tarkibni unga xos boʻlmagan vazifalardan ozod qilib, harbiy xizmatchilarning butun kuch-gʻayratini oʻz kasbiy mahoratini oshirishga qaratish imkonini bermoqda. Qolaversa, mazkur tizim harbiy xizmatchilarni har tomonlama sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlash, harbiy shaharchalarda istiqomat qiluvchi oilalarga turli zamonaviy xizmatlar koʻrsatish uchun imkoniyat yaratdi.
Taʼkidlash joizki, Mudofaa vazirligidagi autsorsing tizimiga 80 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari jalb etilib, 2 200 dan ortiq fuqarolarga doimiy yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Download 49.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling