Reja: Milliy hisobchilik tizimi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash asosi


Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 31.74 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi31.74 Kb.
#234823
1   2   3   4
Bog'liq
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar

3.Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.

Makroiqtisodiy miqdor ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni milliy

hisoblar tizimi orqali quyidagicha ifodalash mumkin;

1) Barcha tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishi – oraliq iste’mol = Yalpi

ichki mahsulot.

2) Yalpi ichki mahsulot - amortizatsiya = sof ichki mahsulot.

3) Sof ichki mahsulot – biznesga egri soliqlar = milliy daromad

4) Milliy daromad – ijtimoiy sug’urtaga badallar – korporatsiya foydasiga

soliqlar – korporatsiyani taqsimlanmagan foydasi + transfert to’lovlari = shaxsiy

daromad.


5) Shaxsiy daromad – yakka tartibdagi soliqlar =Ixtiyordagi daromad.

Milliy daromad - bu, milliy ishlab chiqarishdan olingan daromad yoki

ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha daromad turlarining yig’indisidir.

Yalpi milliy daromad quyidagicha hisoblanadi ;

YaMD = YaIM + horijdan olingan omilli daromadlar – horijliklarning

ushbu mamlakat hududidan olgan omilli daromadlari.

Shaxsiy daromad va milliy daromadning bir-biridan shunisi bilan farq

qiladiki, ishlab chiqarishda mehnat qilish evaziga olingan daromadlarning bir

qismi ( ijtimoiy sug’urtalar to’lovlari, korporatsiya foydasiga soliq va

korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi ) amalda bevosita uy xo’jaligiga

tushmaydi. Uy xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladigan daromadlarning bir qismi,

masalan, (transfert to’lovlari) - mehnat natijalarini bildirmaydi. Transfert

to’lovlariga - sug’urta tashkilotlari tomonidan to’lanadigan, ya’ni qarilikda va

baxtsiz xodisalarga shuningdek ijtimoiy dasturlarga asoslangan holda

ishsizlarga to’lanadigan nafaqalar, nogironlarga to’lanadigan har xil to’lovlar,

ishsizlarga va pensionerlarga to’lanadigan nafaqalar, iste’molchilar va davlat

tomonidan to’lanadigan foiz to’lovlari va boshqa to’lovlar kiradi.


Download 31.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling