Reja: Milliy hisobchilik tizimi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash asosi


Download 31.74 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi31.74 Kb.
#234823
1   2   3   4
Bog'liq
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar

4.Nominal va real YaIM.

Ishlab chiqarishning hajmini ifodalash uchun ham natural, ham qiymat

ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ammo milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish hajmini

natural birliklarda amalda o’lchash mumkin emas, chunki bu erda bir – biri bilan

solishtirib bo’lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar ustida gap boradi.

Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmini va tarkibini ifodalashda

qiymat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar ikki miqdor yordamida

aniqlanadi:

- ishlab chiqarishning natural shaklidagi hajmi;

- narxlar darajasi.

Amaliyotda milliy hisobchilik tizimida narxlarning ikki ko’rinishi qo’llaniladi:

-joriy yoki haqiqiy narxlar;

- o’zgarmas yoki solishtirma bazis narxlar.

Shu yildagi joriy yoki amaldagi narxlar yil mobaynida mahsulot ishlab

chiqarish va uning iste’moli o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda qo’llaniladi hamda

takror ishlab chiqarishning moliyaviy qiymat jihatlarini aks ettiradi. Lekin joriy

narxlardan ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt davomida tahlil qilish uchun

foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki ularni xar qanday oshishi yoki

pasayishi yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning hajmiga bevosita ta’sir etib,

iqtisodiyotning haqiqiy ahvolini buzib ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning

rivojlanishiga haqqoniy baho berish uchun o’zgarmas narxlardan foydalaniladi.

O’zgarmas yoki solishtirma narxlar asos qilib olingan biror – bir yildagi

mahsulotning narxi bo’lib, tahlil qilinayotgan davr uchun ishlab chiqarish hajmini

qiymat jihatdan baholashda foydalaniladi. Bu narxlar mahsulotning natural hajmini

o’zgarishini ilg’ash imkonini beradi va ishlab chiqarishni ma’lum bir vaqt

davomida haqiqiy o’zgarishini aks ettiradi.

Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining joriy va solishtirma narxlardagi ifodasi

tubdan farqlanadi.

Bazis yilni xar bir mamlakat rivojlanish xususiyatidan kelib chiqqan holda o’zi

belgilaydi. Bazis narxlardan foydalanib ham o’tgan yillar, ham kelgusi yillarning

qiymat ko’rsatkichlari qayta hisoblab chiqiladi.

Joriy narxlarda o’lchangan ishlab chiqarish hajmini nominal, solishtirma

narxlarda o’lchanganini real deb ataladi.

Narxlarning o’sishi bilan yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini

o’zgarishini ko’rsatuvchi miqdorni barcha tayyor mahsulot va xizmatlarning

umumiy narx indeksi yoki deflyator deb ataladi. Yalpi ichki mahsulot tarkibiga

millionlab nomdagi yaratilgan ne’matlar kiradi va ularni xar birining narxini

o’zgarib turishini jismonan kuzatish mumkin emas. Shuning uchun ham deflyator

bozor savati yordamida aniqlanadi. Bozor savati yalpi ichki mahsulot tarkibiga

kiruvchi, uning asosiy qismini tashkil etuvchi muhim tovar va xizmatlarni o’z

ichiga oladi. Statistika idoralari tomonidan bozor savatiga kiritilgan tovar va

xizmatlarga bo’lgan narxlarning o’zgarishi doimo kuzatilib turiladi va shu asosda

narxlarning umumiy indeksi yoki deflyator hisoblanadi.

Joriy yildagi bozor savatiningbahosi

shuyilning narxlarida

Joriy yil deflyatori =-----------------------------------------------------x 100

Joriy yildagi bozor savatining bahosi

bazis yili narxlarida

Agarda o’tgan davr ichida yalpi ichki mahsulotning natural hajmi

o’zgarmasdan qolgan bo’lsa, uning nominal qiymati shuncha oshadi. Narxlar

darajasi pasayayotgan bo’lsa, unda narxlar indeksi yoki deflyator 100 foizdan kam

darajagacha tushib ketadi. YaIM narxlari indeksining joriy yilda bazis yilga

qaraganda ko’tarilib borishi inflyatsiyani va aksincha, uni kamayib borishi

deflyatsiyani bildiradi. Milliy ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga narxlarning

ta’sirini bartaraf etish maqsadida deflyator yordamida real yalpi ichki mahsulot

hisoblanadi.

Nominal YaIM

Real YaIM= -------------------------- x 100 %

Deflyator

Iqtisodiy amaliyotda deflyator bilan bir qatorda inflyatsiya darajasini yana bir

ko’rsatkichi – iste’mol narxlari indeksi (INI) yoki hayot kechirish qiymati indeksi

keng qo’llaniladi. Bu ko’rsatkich ham deflyator kabi bozor savati yordamida

aniqlanadi. Ammo, bu erda bozor savatiga faqat aholining iste’mol byudjeti asosini

tashkil etuvchi iste’mol mollari va xizmatlar kiritiladi, holbuki, deflyatorni

hisoblanayotganda bozor savatining sezilarli qismini ishlab chiqarish uchun

mo’ljallangan tovarlar tashkil etadi. Iste’mol narxlari indeksi joriy yilda bazis yilga

qaraganda qayd etilgan iste’mol bumlari va xizmatlar turkumining qiymatini

qanday o’zgarayotganini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, bu indeks yordamida



xar bir kishining, oilaning va barcha aholining hayot kechirish qiymati yoki

turmush darajasi qanday o’zgarayotganini aniqlash mumkin.
Download 31.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling