Reja: Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va shakllanishi
Yer resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar
Download 137.13 Kb.
|
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
Yer resurslaridan foydalanish sohasidagi islohotlar.
Yer qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab qishloq xo’jaligida yer resursidan foydalanishni takomillashtirish borasida islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Birinchidan, mamlakatimizda yerga nisbatan mulkchilik bo’yicha Konstitutsiyamizga alohida norma kiritildi.Bosh qomusimiz hisoblangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” - deb belgilab qo’yilgan. Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida aholiga tomorqa yеrlarining bеrilishi ularning turmush sharoitini yomonlashib kеtishiga yo’l qo’ymadi. Mustaqillik yillarida aholiga 682,5 ming gеktardan ortiqroq yеr yakka tartibda uy-joy qurish va tomorqa uchun bеrildi. Ushbu islohotni amalga oshirishdan quyidagi maqsadlar ko’zlangan edi: -aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish. Mustaqillikning ilk davrlarida sobiq ittifoq davridagi iqtisodiy aloqalar uzilishi, ko’plab korxonalarning o’z faoliyatini to’xtatishi natijasida mamlakatimiz aholisining ma’lum qismi ishsizlikka duch kelgan edi. Ayniqsa bu muammo qishloq joylarda murakkab edi. Qishloq aholisining bandligini ta’minlash va shu orqali ularning daromadini oshirishda aholiga tomorqa sifatida yerlarning berilishi muhim ahamiyat kasb etdi; qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish. Mustaqillikning dastlabki davrida qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan xo’jaliklar faoliyatining pasayishi o’z navbatida ularda ishlab chiqarish hajmining kamayishiga ham olib keldi. Aholiga tomorqa sifatida yerlarning berilishi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Aholi o’z tomorqasida yetishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini o’z ehtiyojlari uchun sarfladi, ehtiyojdan ortgan qismini esa bozorlarda sotib, qishloq xo’jalik mahsulotlari taklifining oshishiga olib keldi. Bu o’z navbatida qishloq xo’jalik mahsulotlari narxining keskin ko’tarilib ketishining oldini oldi. Ushbu islohot natijasi o’laroq hozirgi vaqtda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqon xo’jaliklarining ulushi yuqori. Masalan, 2019-yil holatiga jami qishloq xo’jalik mahsulotlari tarkibida dehqon xo’jaliklarining ulushi 68,3 foizni tashkil etgan. Shu jumladan dehqonchilik tarmog’ida ushbu ko’rsatkich 46,8 foizni, chorvachilikda esa 91,2 foizni tashkil etgan. aholining uy-joyga bo’lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tomorqa sifatida berilgan yerlarda aholi uy-joylar qurdi va bu holat ma’lum davrda aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirishda muhim rol o’ynadi. Download 137.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling