Reja: Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va shakllanishi


Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli


Download 137.13 Kb.
bet7/17
Sana16.06.2023
Hajmi137.13 Kb.
#1515811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti

Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarda davlatning roli.

Qishloq xo’jaligi tarmog’ining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda mazkur tarmoqda tabiiy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish, ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, ekologiyaga salbiy ta’sirlarning oldini olish, tarmoqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlatning ko’magi va aralashuvi muhimdir. Masalan, tarmoqda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning o’zlariga ajratib berilgan yer maydonida tuproq erroziyasining oldini olish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, turli irrigatsiya obyektlarini qurish va undan foydalanishni tashkil etish uchun iqtisodiy imkoniyati yetmasligi mumkin. Buning natijasida yer va suv resurslaridan foydalanishning holati yomonlashadi. Bundan tashqari, tarmoqda ilmiy tadqiqotlarni yo’lga qo’yish va ularni moliyalashtirish jarayonida ham davlatnjing o’rni muhim. Mamlakatimiz hukumati qishloq xo’jaligi tarmog’i oldidagi muhim vazifalarni e’tiborga olgan holda tarmoqni rivojlantirish bo’yicha choratadbirlarni amalga oshirishni o’z zimmasiga olgan. Hozirgi davrda respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo’nalishlarini belgilab, uni ta’minlash bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko’rmoqda.
Respublikamiz hukumati agrar siyosatning strategik yo’nalishlarini belgilab, uni ta’minlash bilan bog’liq tadbirlarni amalga oshirish choralarini ko’rmoqda. Hukumatning asosiy e’tibori qishloq xo’jaligining barcha sohalari yagona fan-texnika siyosatiga asoslangan holda rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Davlatning agrar sohada amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari quyidagilar:

    • mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini barqaror ko’paytirish yuzasidan tegishli choralar ko’rish;

    • urug’chilik, naslchilik va ko’chatchilikni rivojlantirish, yangi, serhosil, tezpishar navlar hamda mahsuldor zotlarni yaratish;

    • qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga fan yutuqlarini joriy etishni tashkillashtirish;

    • tarmoqda bozor munosabatlarini yanada takomillashtirib borish;

    • yangi texnika, ilg’or texnologiyalarni yaratish, agrotexnika tadbirlarini takomillashtirish va boshqalar.





  1. Download 137.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling