Reja: Mintaqa tushunchasi, mintaqalarning milliy iqtisodiyotni rivojlanishdagi roli


 Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rni


Download 342.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.02.2023
Hajmi342.02 Kb.
#1203612
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

 2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining fanlar tizimida tutgan o’rni.  
Mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy fan hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining 
predmeti mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvini, hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini, muhim tabiiy-iqtisodiy, demografik va ekologik 
xususiyatlarini hamda ularning hudud ichidagi, hududlararo va tashqi iqtisodiy 
aloqalarini o’rganadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, mintaqaviy iqtisodiyot 
fanining asosiy vazifasi ijtimoiy ishlab chiqarishning hududiy jihatlarini 
o’rganishdan iborat.
Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy 
infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq 
etadi; mamlakat umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan 
holda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo’nalishlarini belgilaydi; hududlar 
iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o’rganadi. Bundan tashqari, 
mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish 
masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o’rganadi. Zero, har bir hudud 
iqtisodiyoti, eng avvalo, mamlakat yagona xo’jalik majmuasining tarkibiy 
qismidir. Shu bilan birga, mazkur fan mamlakat va hududlarning tabiiy resurs 
salohiyatini, mamlakatning jahon xo’jaligi tizimidagi o’rni, aholi, mehnat resurslari 
va hozirgi demografik muammolarni o’rganadi; bozor iqtisodiyoti sharoitida 
mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil qiladi hamda ishlab chiqarish 
kuchlarining asosiy omillarini aniqlaydi. U muayyan hududdagi ijtimoiyiqtisodiy 
jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o’rganadi. Mintaqaviy 
iqtisodiyot iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, tarmoqlar 
iqtisodiyoti, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiyiqtisodiy fanlar 
bilan uzviy aloqador.
Bozor munosabatlarining takomillashib borishi mamlakat xo’jaligining hududiy 
tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisodiyot va siyosatning 
nazariy va amaliy muammolarini o’rganish iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, 
yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va 
demografik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Download 342.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling