Reja: Mintaqaviy o’ziga xoslik
Download 1.67 Mb.
|
Qo\'ldosheva Marjona 206-g Prezentatsiya
Davlat ijtimoiy siyosati tizimining mintaqaviy xususiyatlari Reja:1. Mintaqaviy o’ziga xoslik.2. Kuchli ijtimoiy siyosatning O’zbekistonga xos tajribasi.3. Ijtimoiy siyosat: sohalari, turlari, maqsadlari.Mintaqaviy siyosat – hududlar ijtimoiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o`rtasida moddiy nе'matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam darajaga kеltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy hokimiyat va o`z-o`zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy rivojlanishiga halaqit bеradigan, ijtimoiy kеlishmovchiliklarning paydo bo`lishiga xizmat qiladigan hududiy notеngliklarni bartaraf etishdan iborat.Mintaqaviy o’ziga xoslik Mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadi quyidagilar: ▪ Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni yumshatish va qisqartirish; ▪ Mahalliy tabiiy resurslardan foydalanish asosida mintaqaviy va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish; ▪ Mintaqalar yordamida mamlakatning eksport salohiyatini ko’tarish, iqtisodiy xavfsizligini mustahkamlash; ▪ Joylardagi ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish; ▪ SHahar va qishloq aholi manzilgohlarini rivojlantirish, urbanizatsiya hamda migratsiya jarayonlarini tartibga solish va boshqarish; ▪ Ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri hududiy tashkil etish; ▪ Aholi bandligini yaxshilash va h.k. O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir. Qolgan barcha qoidalar ijtimoiy vazifalarni hal etishga, aholini ijtimoiy himoyalash sohasida qat’iy kafolatni vujudga keltirishga bo‘ysundirilgan.Kuchli ijtimoiy siyosatning O’zbekistonga xos tajribasi O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Biz nimalarni maqsad qildik? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich, ya’ni ijtimoiy himoyalash vositasini chuqurlashtirish, uni o‘zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirish zarurati chinakam yetildi. Ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari butun aholiga emas, balki faqat shunday himoyaga haqiqatan ham muhtoj bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim. Butun tizimi bir tekischilik va tayyorga ayyorlik kayfiyatini tugatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bu narsa ijtimoiy himoyaning mavjud usullarini, ularni moliyaviy ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo etadi. Shunday bir vosita zarurki, bunda aholining turmush darajasi ishonchli ravishda himoya qilingan, turli xil ag‘dar-to‘ntarlar va larzalar ta’siridan kafolatlangan bo‘lishi lozim. Ijtimoiy siyosat va uni ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari umuman iqtisodiy islohotlar bilan shunchaki qo‘shib olib borilmasdan, balki ularning uzviy tarkibiy qismi bo‘lishi ham kerak. Respublika aholisini ijtimoiy himoyalash, mavjud imkoniyatlar va strategik maqsadlarni e’tiborga olgan holda, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga xos ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning yagona tizimini shakllantirishga qaratilishi lozim. Oʻzbekistonda ijtimoiy rivojlanish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish vazifasi sektorlar boʻyicha ishlar modeli yordamida hal etilmoqda. Har bir sektor hokimiyat, prokuratura, ichki ishlar organlari va soliq xizmati vakillaridan, yaʼni joylardagi vaziyat haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻlgan shaxslardan tashkil topadi. Bunday yondashuv quyi darajalarda ishlarni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi, shuningdek, har bir tumandagi faoliyat uchun sektor rahbarining shaxsiy masʼuliyatini oshiradi. Hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishda davlatning to`g`ridan-to`g`ri ishtiroki manzilli tartibga solish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Bunga misol tariqasida mamlakatda invеstitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni kеltirish mumkin. Hududiy rivojlanishning makroiqtisodiy vositalari davlatning soliq, krеdit, invеstitsiya, narx, ijtimoiy va boshqa siyosatning hududlar bo`yicha diffyеrеnsiatsiyalashgan paramеtrlari sifatida namoyon bo`ladi. Shunday qilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismidir. Samarqand Davlat Universiteti Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakulteti Ijtimoiy ish yònalishi 206-guruh talabasi Qòldosheva Marjona E’tiboringiz uchun Rahmat! Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling