Reja: Mirzo Ulug'bekning tarjimai holi


Download 2.4 Mb.
Sana20.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1788694
Bog'liq
MIRZO ULUG\'BEKNING JAHON ILM FANI RIVOJIDA TUTGAN O\'RNI

  • MAVZU:MIRZO ULUG'BEKNING JAHON ILM-FANI RIVOJIDA TUTGAN O'RNI
  • MAVZU:MIRZO ULUG'BEKNING JAHON ILM-FANI RIVOJIDA TUTGAN O'RNI

Reja:
  • Mirzo Ulug'bekning tarjimai holi
  • Mirzo Ulug'bekning ilm-fanga qo'shgan ulkan hissalari
  • Mustaqillik yillarida Mirzo Ulug'bek xotirasiga bag'ishlab olib borilgan islohatlar

Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Qo‘rag‘oniy (1394-1449) - buyuk astronom va matematik, o‘z davrining atoqli allomasi, davlat arbobi, Movaraunnahrni 1441-1449 yillar boshqargan, mashhur hukmdor va sohibqiron Amir Temurning nabirasi.
Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) 1394 yil 22 mart kuni hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tavallud topgan.
  • Ulug‘bek u vaqtlar o‘lchovi bilan qaraganda, juda zo‘r ta’lim olgan. Ajoyib xotira egasi bo‘lib, u arab va fors tilini erkin egallagan, turk she’riyatini yaxshi bilgan, adabiy uslublarni egallagan va adabiy bahslarda ishtirok etgan. O‘zi ham she’rlar yozgan. Ulug‘bekning ustozi taniqli olim, Temuriylar saroyidagi mashhur matematik va astronom Qozizoda Rumiy bo‘ lgan

. U to‘qqiz yasharli Ulug‘bekka Marog‘adagi mashhur rasadxona xarobalarini ko‘rsatgan. Yoshlikdagi aynan shu xotiralari bo‘lajak astronom kelajagini belgilagan bo‘lishi mumkin. Ulug‘bek davrida Samarqand o‘rta asrlar davridagi ilm-fan o‘choqlaridan biriga aylangan. Samarqandda, XV asrning birinchi yarmida Ulug‘bekning atrofida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi taniqli astronom va matematiklarni birlashtirgan butun bir ilmiy maktab vujudga keldi. U vaqtlar Samarqandda O‘rta Osiyo tarixi haqida ajoyib asar yozgan tarixshunos Hofiziy Abru, taniqli shifokor Mavlono Nefis, shoirlar Sirojiddin Samarqandiy, Sakkokiy, Lutfiy, Badaxshiy va boshqalar yashagan. Ular insoniyat aqli, fanning kuchiga ishongan o‘z davrining ilg‘or shaxslari bo‘lishgan.
1417-1420 yillar Ulug‘bek Samarqandda madrasa qurdirib, Registonda barpo etilgan birinchi me’moriy ansamblga aylanadi. Ushbu madrasaga Ulug‘bek islom olamining ko‘plab astronom va matematiklarini taklif etadi. Qolgan ikkita madrasa G‘ijduvon va Buxoroda qurilgan. Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet vazifasini bajargan. Ulug‘bekning Buxoroda qurdirgan madrasasi peshtoqida “Ilmga intilish har bir musulmon uchun farzdir” yozuvi saqlanib qolgan.
Ulug‘bekning katta ishtiyoqi - bu astronomiya bo‘lgan. Ulug‘bek hayotining mazmuni va Qozizoda Rumiy, Jamshid G‘iyosiddin al Koshiy, Ali Qushchi kabi astronom izdosh-olimlar rasadxona qurilishiga turtki bo‘lgan.
Tadqiqotchi olimlarning fikricha, rasadxona qurilishi 1428-1429 yillan yakunlangan. Rasadxona o‘z davrining nodir binosi bo‘lgan. Yer silkinishiga bardoshli bo‘lishi uchun bino qurilishi uchun Qo‘hak tepaligining toshli etagi tanlangan.
  • Asosiy asbob - sekstant (burchak o‘lchagich) - janubdan shimol tomon meridian chiziqlari bo‘ylab mo‘ljallangan. Asosiy asbobdan tashqari, rasadxonada boshqa astronomik anjomlar ham bo‘lgan.
  • Ehtimol, aniq astronomik kuzatishlarni amalga oshirishiga sekstantning o‘lchami, uning qulay tuzilishi, Ulug‘bekning bilimlari va uning sherigi sabab bo’lgan. 

«Zij» ikki bo‘limdan: keng muqaddima va 1018 sobita yulduzning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat. Muqaddimaning o‘zi to‘rt qismni tashkil qiladi. Birinchi qism taqvim masalalariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, ushbu qismda Turkiy muchal yillari haqidagi tushuncha ham mufassal bayon etilgan. Muqaddimaning ikkinchi qismi 22 bobdan iborat. U asosan matematika va sferik astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bu qismda yulduzlarning balandligi va ular o‘rtasidagi masofa, meridian chizig‘i, uzunlik va kenglikni o‘lchash yo‘llari ko‘rsatilgan. Uchinchi qismda Quyosh va Oyning harakati bayon qilingan. Quyosh va Oy tutilishining aniq vaqtlari va uni aniqlashning o‘tmishdagi va Ulug‘bek davridagi yo‘llari keng tahlil qilingan. Olim quyosh va oyning harakatini to‘g‘ri hisoblagan va bu hisob-kitob hozirgi hisob-kitobdan deyarli farq qilmaydi.
  • Ulugʻbek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziji jadidi Koʻragoniy" deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulugʻbek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, sheʼrlar ham yozgan. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asarida uning sheʼrlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) „Ziji jadidi Koʻragoniy“ — astronomiyaga oid; 2) „Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola“ — matematikaga oid; 3) „Risolayi Ulugʻbek“ — yulduzlarga bagʻishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus“ (Toʻrt ulus tarixi) — tarixga oid.

O‘zA – 10.06.2009 – Samarqand shahrida “Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Samarqand shahrida o‘tgan “Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiya ulug‘ allomaning ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga bag‘ishlandi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, YUNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi. Unda mamlakatimiz va Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Eron, Hindiston, Bangladesh, Ozarboyjon singari xorijiy davlatlarning yetakchi olimlari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
1994 yilda Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik tavalludi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1994 yil «Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. Alloma yubileyi munosabati bilan Fransiya poytaxti Parij shahrida – YUNESKO qarorgohida bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda ishtirok etgan mamlakatimiz olimlarining ilmiy ma’ruzalari dunyo hamjamiyati e’tiborini tortdi. Mamlakatimizda istiqlol yillarida Ulug‘bek ilmiy merosini o‘rganish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Alloma yashagan davr, uning hayoti va faoliyati haqida yangi kitoblar, ilmiy maqolalar, badiiy asarlar yozilmoqda. Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», «Ilmu nujum. Astralogiya» asarlari nashr etildi.
Prezident Islom Karimovning barqaror taraqqiyotni ta’minlashga, jumladan, ilm-fan, madaniyat, ta’limni rivojlantirishga qaratilgan siyosati o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Yuksak ilmiy salohiyat, siyosiy barqarorlik, yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor O‘zbekiston taraqqiyotining bosh omillaridandir. Prezident Islom Karimov rahnamoligida Samarqand shahrida YUNESKOning Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. Ulug‘bek maktabi an’analarini davom ettiradigan mazkur institut xalqaro ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirishga, eng ilg‘or fan yutuqlarini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Parijdagi Temuriylar jamiyati asoschisi, professor Frederika Bressan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy va ijtimoiy faoliyatiga to‘xtaldi. Mirzo Ulug‘bek buyuk bobosi singari mamlakatda tinchlik o‘rnatdi, yurt farovonligiga alohida e’tibor qaratdi. Madrasa va masjidlar, rasadxona, ko‘prik va yo‘llar qurdirdi. Xorijlik mehmonlar O‘zbekistonda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi. Samarqand nafaqat ko‘hna, balki zamonaviy shahar, ilm-fan va sanoat markazi sifatida ham qadimiy an’analarini davom ettirmoqda. Mamlakatdagi osoyishtalik, xalqning farovon turmushi, odamlarning ochiq chehrasi, ertangi kunga ishonchi diqqatga sazovorligi qayd etildi. Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yetakchi ilmiy xodimi, professor A.Ahmedov, Astronomiya instituti direktori SH.Egamberdiyev va boshqalar Mirzo Ulug‘bekning jahon ilm-fani rivojida tutgan o‘rni, ilmiy merosini o‘rganishning yutuq va istiqbollari, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Xalqaro konferensiyada Mirzo Ulug‘bek davrida oliy ta’lim, madrasalar va ularda o‘qitish tizimi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondlari hamda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti ilmiy kutubxonasida saqlanayotgan qadimgi qo‘lyozmalarga qaraganda, Samarqand madrasalarida matematika, mexanika, astronomiya, tibbiyot, falsafa singari dunyoviy fanlar, shuningdek, diniy fanlar keng o‘qitilgan. Mirzo Ulug‘bek madrasasida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari buyuk allomalar dars bergan. Konferensiya doirasida Ulug‘bek madrasasida O‘zbekistonda ta’lim tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda ta’lim tarixi, Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davri, XIX-XX asrlardagi ta’lim haqidagi ekspozitsiyalar namoyish etildi. Bunda, ayniqsa, mamlakatimizda istiqlol yillarida ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga bag‘ishlangan stendlar katta qiziqish uyg‘otdi.
E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling