Reja: Missiоnеrlik va prоzеlitizmning mazmun-mоhiyatihamdamissiоnеrlik faоliyatlarini amalga оshirishning mоliyaviy manbalari


Download 42.34 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi42.34 Kb.
#1332791
1   2   3   4   5
Bog'liq
10 мавзу Миссионерлик ва прозелитизм тарих ва бугун, тарғибот усуллари

Missionerlik va prozelitizmning shakllari. XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o’ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda. Eng avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan o’zlarining g’arazli maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlash zarur. Bunda boquvchisini yo’qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko’rsatish, aholining nochor qatlamlarini moddiy qo’llab-quvvatlash va muhtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o’z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg’otishga intilmoqdalar.
Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan amaliyoti tahlili xristianlikni targ’ib qilishda maxsus Adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g’oyalari bilan sug’orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor berilayotganini ko’rsatadi.
Ayni paytda, sport to’garaklari tashkil qilish va musobaqalar uyushtirish, ularning ishtirokchilariga xristianlikni targ’ib qiluvchi maxsus bukletlar tarqatish va sovg’alar berish hamda aholining turli qatlamlari bilan doimiy muloqotda bo’lish va ta’sir o’tkazish doirasini kengaytirish maqsadida tibbiyot, ta’lim-tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish (tibbiy xizmatchi, o’qituvchi-murabbiy va sh.k.) yo’li bilan «tayanch nuqtani» tashkil etish va unga suyangan holda missionerlikni kuchaytirishga intilish ham mavjudligini ta’kidlash joiz.
Erkin targ’ibot olib borish va faoliyat doirasini keskin kengaytirish maqsadida ayrim missionerlik tashkilotlarining o’z harakatlarini xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotgani ham hozirgi davrdagi missionerlikning muhim xususiyatlaridan biridir. Bunday intilish ortida o’ziga xos mantiq bor, albatta. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati haqli e’tirozlarni keltirib chiqarganda ularning xalqaro huquq normalarini ro’kach qilishiga va uning himoya mexanizmlaridan foydalanishga urinishlariga, o’z harakatlarini xas-po’shlashga va javobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini ko’rsatadi.
Missionerlar zamonaviy texnika va texnologiya, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davlatlar va mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog’i orqali o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirayotgani, moliyaviy mablag’larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o’tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo’ladi. Bunday yo’l bilan missionerlar va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordami ko’rsatish bahonasida o’z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmoqdalar.
6.2 Diniy sеktalar faоliyatining оqibatlari va missiоnеrlikning milliy hayotga tahdidi.Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va yaxshilik, tinchlik va do’stlik g’oyalariga asoslanadigan, ularni targ’ib etadigan turli dinlarga e’tiqod qiladigan kishilar hamkor va hamjihat yashab kelgan. Xususan, qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat ko’rsatgani, tariximizning eng murakkab va og’ir davrlarida ham ular o’rtasida kelishmovchilik va mojarolar bo’lmagani ham buning tasdig’idir.
Bugun ham mamlakatimizda turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda, fuqarolarimiz o’z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar.
Diniy tashkilotlar o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda o’z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo’lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Istiqlol yillarida din sohasida sodir bo’lgan o’zgarishlarni aniq misollarda ham ko’rish mumkin. Xususan, 2007 yilning 15 aprel holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida jami 181 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ular qatorida Rus Pravoslav cherkovi (36), Rim-katolik cherkovi (5), Evangel xristian-baptistlar cherkovi (23), To’liq injilchi xristianlar cherkovi (21), Ettinchi kun xristian-adventistlar cherkovi (10), Novoapostol cherkovi (4), Nemis Evangel-lyuteranlar cherkovi (3), Arman Apostollik cherkovi (2), «Iegov guvohlari» cherkovi (1), «Tolos Bojiy» cherkovi (1), Koreys protestant cherkovlari (58), yahudiylar diniy jamoalari (8), Bahoiylar diniy jamoalari (6), Buddaviylar ibodatxonasi (1), Krishnani anglash jamiyati (1), Bibliya kitob jamiyati (1) ni sanash mumkin.
Shu bilan birga mustaqillik yillarida Pravoslav va Protestant seminariyalari ham faoliyat ko’rsata boshlaganini qayd etish zarur. 2006–2007 o’quv yilida Pravoslav seminariyasida 47 nafar va Protestant seminariyasida 33 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Qayd etilgan dalillar ham o’tgan yillarda sodir bo’lgan o’zgarishlar keng ko’lamli ekanini, yurtimizda diniy bag’rikenglik (tolerantlik), konfessiyalararo hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyillardan biriga aylanganini ko’rsatadi.
Ilmiy manbalar O’zbekiston ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o’lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O’lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm, Yahudiylik , nasroniylik kabi dinlar vakillari tinch-totuv faoliyat olib borganlar. Bu haqda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov shunday deydi: «Musulmonlar va xristianlarning O’zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo’lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag’rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir».
Mamlakatimizda o’tkazib kelinayotgan nufuzli xalqaro anjumanlar ishtirokchilari ham O’zbekistonda din sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda boshqa davlatlarga namuna bo’la oladigan diniy bag’rikenglikni e’tirof etgan holda hukumatimiz siyosati, O’zbekistonda barcha din vakillariga yaratilgan erkinliklar va diniy sohadagi katta o’zgarishlardan zo’r taassurot olganlarini ham ta’kidlab kelmoqdalar.
Haqiqatan ham, mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va diniy bag’rikenglik sohasidagi davlat siyosati boshqalarga namuna bo’la oladigan darajada desak mubolag’a bo’lmaydi. Respublikamizda YuNESKO raxnamoligida «Jahon dinlari – tinchlik madaniyati yo’lida» mavzuida dinlararo muloqot xalqaro Kongressi, musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferentsiyasi o’tkazilgani, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasining 125 va 130 yilligi, Evangel-Lyuteran jamoasi, Rim-katolik cherkovi va Arman apostollik cherkovlarining 100 yilligi nishonlangani ham buni tasdiqlaydi.
Avvalo, zamonaviy missionerlikka xos xususiyatlar bunday harakatlarni respublikamizda amalga oshirishga intilayotgan tashkilotlarga ham u yoki bu darajada xosligini qayd etish lozim.
Shu bilan birga, mamlakatimizdagi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, olib borilayotgan kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g’oya kontseptsiyasining ishlab chiqilgani va unga asoslangan holda olib borilayotgan g’oyaviy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari, xalqimizning o’z e’tiqodida mustahkamligi missionerlik harakatlari yo’lida jiddiy to’siq bo’lib xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur.
Bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlardan farqli ravishda, mehribonlik va qariyalar uylari, nogironlar uyushmalarining davlat qaramog’ida va himoyasida ekani, yosh avlodni jismonan baquvvat va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash yo’lida olib borilayotgan tizimli ishlar ham bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shunday bo’lsa-da, missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o’z harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o’zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy Adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo’lidagi harakatlar batamom to’xtadi, deb bo’lmaydi. Xususan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari o’z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom ettirishga urinmoqdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy nashrlaridan biri bo’lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo’riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o’zbek tilida bosmadan chiqdi va turli noqonuniy yo’llar bilan respublikamizga olib kirishga harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o’z dinlariga da’vat qilishga, go’yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g’oyani singdirishga harakat qilmoqdalar.
Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish ham tez-tez kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari – o’qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ’ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ’ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo’lgan fuqarolar ham kam bo’lsada borligini qayd etish lozim.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning hududi ko’pgina xristian yo’nalishlari uchun go’yoki «ochilmagan qo’riq»ni anglatdi va ular bizning yurtimizda birinchilardan bo’lib o’rnashib olishga harakat qila boshladilar. Shu tariqa yuqorida nomi tilga olingan «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari O’zbekistonda joylashib olib, o’z faoliyat doirasini kengaytirish harakatiga tushdi.

Download 42.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling