Reja: Mıkroprotsessorlı


Mikroprotssesorli tizim arxitekturasi


Download 432.95 Kb.
bet3/3
Sana06.04.2023
Hajmi432.95 Kb.
#1335475
1   2   3
Bog'liq
3.Mikroprotsessorlı boshqarıluvchı elektr yurıtmalar sxemalari

Mikroprotssesorli tizim arxitekturasi.



Hisoblash funksiyalarini MP dan tashqari xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari mavjud bo‘lgandagina amalga oshirish mumkin. Bu qurilmalar MP ga nisbatan tashqi qurilmalar bo‘lib, u bilan birgalikda mikroprotsessor tizimini tashkil etadi (8.2- rasm). Mikroprotsessor tizimlarida xotiraning roli turlicha bo‘ladi. Shunga muvofiq ayrim xotira bloklarini amalga oshirish ham turlicha bo‘ladi.
Doimiy xotira qurilmalari (DXQ). DXQda saqlanadigan axborot, ya’ni buyruqlar yoki ma’lumotlar to‘plami, qurilma o‘chirilganda ham saqlanib qoladi. Bunday xotira energiyaga bog‘liq bo‘lmagan xotira deb ataladi. DXQ fizik jihatdan magnit lentasida, magnit diskda va maxsus integral mikrosxemalarda (IMS) amalga oshirilishi mumkin. IMS ko‘rinishidagi DXQ lar keng ko‘lamda mikro kontrollerda qo‘llanilmoqda. DXQ ning har bir mikrosxemasida 16 kV gacha axborot hajmi joylashtirilishi mumkin. DXQ da odatda ish dasturlarining asosiy, o‘zgarmaydigan qismi joylashtiriladi. Bundan tashqari operator pulti bilan bog‘lanishni, sozlash rejimlarini ta’minlaydigan, o‘z- o‘zini nazorat qiladigan maxsus xizmat dasturlari joylashtiriladi.


8.2- rasm. MP tizimining tuzilish sxemasi.

Mikrosxemali DXQ ning uchta asosiy turi bo‘lib, ular dasturlash xarakteri bilan bir-biridan farq qiladi.


Massali dasturlangan DXQ da dasturni mikrosxemani ishlab chiqarish jarayonida yozish amalga oshiriladi. Bunday DXQ lar odatda katta hajmdagi nusxada chiqariladigan buyumlarda ishlatiladi.
Bir marta dasturlab foydalanuvchi DXQ larda ichki ulanishlar еruvchan materiallardan tayyorlanadi. Bu ulanishlarning ma’lum manzillar bo‘yicha joylashgan qismi DXQ ni dasturlayotgan paytda maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zgartirilishi mumkin. Bu foydalanuvchiga axborotni saqlagan holda DXQ va dasturlash imkonini beradi.
Uchinchi turi — qayta dasturlanadigan DXQ (QDXQ) bo‘lib, unda axborotni bir necha marta yozib-o‘chirish mumkin.
Barcha turdagi DXQ ning IMS ni dasturlash odatda MP tizimidan tashqarida dasturlovchi deb nomlanadigan maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi.
Operativ xotira qurilmasi OXQ — bu energiyaga bog‘liq bo‘lgan xotira bo‘lib, u yozish — o‘qish operatsiyasini yuqori tezlikda amalga oshiradi. OXQ yacheykalariga kirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladi, ya’ni xotira yacheykalaridan ketma-ket o‘tish zaruriyati yo‘q. Birorta yacheykadan axborot olish uchun mazkur yacheyka manzilini manzil shinasida (MSh) ko‘rsatish yetarli bo‘ladi.
Mikro kontrollerda foydalaniladigan OXQ, EHM, OHQ sidan kichik xotira hajmiga egaligi bilan farq qiladi. Bu xotira axborotni vaqtinchalik saqlash, kelib tushish xotirasini tashkil etish, dasturni o‘zgaradigan qismini, operator kiritadigan parametrlarini saqlash va shu kabi ishlarga mo‘ljallangan.
Download 432.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling