Reja: modal soʻzlar
Download 24.71 Kb.
|
Modal so’zlar va ularning uslibiyati.
Modal so’zlar va ularning uslibiyati. Reja: 1.MODAL soʻzlar 2.Modal soʻzlarni gapdagi tahlili 3.Oʻquvchilarga modal soʻzlarni. Yaxshi mukammal bilish uchun mashq Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini ishonch,gumon,achinish kabi bildirgan so’zlarga modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlar gap tarkibida boshqa so’zlardan vergul bilan ajratiladi;ehtimol,bugun yetib kelar. Modal so’zlarda ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so‘zlar: a) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, fdhaqiqat (arx); b) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so ‘zsiz; c) ishonch: albatta\ d) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, о ‘z-o ‘zidan; e) fikrning chinligi eslatiladi: to ‘g ‘ri, xoynahoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan. 2. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so'zlar. a) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog‘i\ b) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki; c) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan\ d) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: . har holda, har qalay. 3. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, 4. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan; 5. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom; 6. Afsuslanish, achinish: afsus, attang, essiz; 7. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim\ 8. Quvonch: xayriyat; 9. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo ‘q. Bulardan tashqari, binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so‘zlar ham mavjud. M odal so‘zlarning ko‘pchiligi mustaqil so‘zlardan o‘sib chiqqandir: 1. Ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2. Sifatdan: yaxshi(ki), to ‘g ‘ri, so ‘zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3. Ravishdan: albatta; 4. Fe’ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so‘zidan); 5. BogMovchidan: balki; 6. So‘z birikmasidan: har qalay, har holda; 7. Gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hoi buki); 8. So‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o ‘z-o'zidan (aniq so‘zi tushib qolgan). Modal so‘zlar gap tarkibida ko‘pincha kirish so‘z bo‘lib keladi. Sof va vazifadosh modal so‘zlar. Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi. Faqat modal m a’no uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, masalan, umuman, taxminan. Modal ma’noda ham qo‘llanilgan aftidan, chamasi,balki, ehtimol, shubhasiz singari so‘zlar vazifadosh modal so‘zlar hisoblanadi. Моdаl so‘zlаr gаpdа аnglаtilgаn fikrning so‘zlоvchi uchun qаnchаlik аniqligini, bu хаbаrni so‘zlоvchi qаndаy bаhоlаshini bildirаdi. Моdаl so‘zlаr, оdаtdа, umumаn gаpgа tеgishli bo‘lib, gаp bo‘lаklаri bilаn grаmmаtik аlоqаgа kirishmаydi. Shuning uchun ulаr gаp bo‘lаgi hаm bo‘lib kеlmаydi. Маsаlаn: Mеhnаt hаmdа turmush tаjribаsi, hunаri bo‘lmаgаn оdаm ishdаgi kishining o‘yini, tuyg‘usini аnglаmаydi gаpigа аlbаttа, shubhаsiz, ehtimоl kаbi so‘zlаr kiritilsа,ya’ni Ehtimol,mеhnаt hаmdа turmush tаjribаsi,shubhasiz, hunаri bo‘lmаgаn оdаm ishdаgi kishining o‘yini, tuyg‘usini аnglаmаydi bu gаpning mаzmuni o‘zgаrib qоlmаydi; bu so‘zlаr fikr so‘zlоvchi tоmоnidаn qаndаy bаhоlаnishini bildirаdi, xolos. Fikrning noaniqligini ifodalovchi modallar: fikrning taxminiy ekanini ifodalovchilar: shekilli, chog‘i, chamasi; fikrning gumonli ekanini ifodalovchilar: ehtimol, balki; fikrning tusmolli ekanini ifodalovchilar: xoynaxoy, aftidan, mazmuni; fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham ifodalovchilar: har qalay, har holda: Jahonning kattaligi aniq o‘lchangancha yo‘q; h a r h o l d a, bir soldatning qalbidan kichik bo‘lur (G‘afur G‘ulom). Ayrim modallar yuz bergan voqeahodisadan so‘zlovchining taajjubini, afsusini ifodalaydi: ajabo, attang, esiz, tavba, xayriyatFikrning aniqligini ifodalovchi modallar: fikrning realligini ifodalovchilar: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (eskirgan); fikrning qat'iyligini ifodalovchilar: shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz; anglatilayotgan voqelikning yuz berishiga ishonch bildiruvchi: albatta; anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanini ifodalovchilar: o‘zo‘zidan, tabiiy; fikrning chinligi eslatuvchi: rostdan, darvoqe, aslida. 1.gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmasdan,kirish so’z vazifasini bajarib keladi. Masalan;haytovur,ishimiz chakki emasga o’xshaydi. Siz u kishidan,shubhasiz,juda ko’p gaplarni eshitgansiz. A. qodiriy. 2.kesim vazifasini bajaradi. Masalan;chol aqlli odam,unga o’rgatish ham mumkin, undan ko’p narsani o’rganish ham mumkin. 3.sostavil kesim tarkibida kela oladi. Masalan;biz hamma ishimizda tanqid va o’z o’zini tanqidini kuchaytirishimiz kerak. 4.butun bir gap vazifasini bajaradi. Masalan ; xatingga javob keldimi Modal so’zlar orqali so’zlovchi o’z fikriga aniqlik,ishonch , Ma ‘qullash , gumon,chama,noaniqlik , maqsad,talab,shart,mavjudlik,inkor,etiros,yakunlash, eslatish,achinish,kabi,mano munosabatlarni kiritadi. Masalan ;afsuski,yashash huquqi odam bolasiga birmarta Berilgan. S.AHMAD Ehtimol , sodiq ham uchoq nevaralarini yetaklab , bog’larga , xiyobonlarga chiqar . SHUXRAT Darxaqiqat , Xorazim qovunlariday mazali qovun ko’p shaxar va elatlarda yo’q . J SHARIPOV O‘quvchilarni modal so‘zlar olamiga olib kirishning eng qulay usullaridan biri bеrilgan so‘zlarni: a) fikrning rostligi, chinligini ifoda etuvchi so‘zlar (albatta, haqiqaidan, tabiiy, so‘zsiz); b) fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so‘zlar (balki, chamasi, ehtimol); v) istakni ifoda etuvchi so‘zlar (zora, shoyadki) g)kutilmaganlikni ifoda etuvchi so‘zlar (nahot, nahotki) ajratish, bu so‘zlar ro‘yxatini mustaqil davom ettirish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, bеrilgan modal so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar topish, gapda yoyoki matnda ma’lum bir modal so‘zni uning ma’nodoshi bilan almashtirish, shunday so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish kailar bo‘lib sanaladi. Mazkur ish usullaridan foydalanishda modal so‘zlarning gapda vеrgul bilan ajratilishaiga ham alohida e’tibor bеrishga to‘g‘ri kеladi. “Davom ettiring” Albatta....................., darhaqiqat................, shubhasiz.................., tabiiy......................., aslida......................., chamasi...................., balki........................, ehtimol....................., koshki......................, qaniydi...................., darvoqе...................., nahotki.................., dars o’tish jarayonida shu uslubdan foydalansak o’quvchilar ko’proq bilimga ega bo’ladi. Download 24.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling