Reja: Moddalar massasining saqlanish qonuni. Tarkibning doimiylik qonuni. Avagadro qonuni va uning xulosalari. Klapeyron-Mendeleyev tenglamasi. Ekvivalent massa, ekvivalent miqdor, ekvivalentlar qonuni


Download 127.72 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi127.72 Kb.
#1416865
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 - ma\'ruza

Tarkibning doimiylik qonuni. Frantsuz kimyogari A.Lavuaze 1781 yilda СО2 gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi:
Har qanday kimyoviy toza birikmani tashkil etuvchi elementlarning massalari o‘zgarmas nisbatda bo‘ladi.
Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir. 20 yil davomida bu qonunning to‘g‘riligi barcha olimlar tomonidan e‘tirof etib kelingan. Lekin 1803 yilda boshqa frantsuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida, kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo‘ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog‘lik bo‘ladi, degan xulosa chiqadi.
Frantsuz olimi J.L.Prust (1753-1826 y.y.) Bertollening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta taxlil qildi: toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo‘lishini o‘zining juda ko‘p analizlari bilan isbotladi. Prust bilan Bertolle orasidagi munozara 7 yil davom etdi. Bu kurash ikki falsafiy oqim ko‘rashi bo‘ldi. Prust falsafasi – uzluklilik printsipi, Bertolle falsafasi – uzluksizlik printsipi nomi bilan yuritiladi. Ko‘pchilik olimlar o‘zlarining amaliy ishlari natijalari bilan Prust printsipini tasdiqladilar. Natijada Prust g‘olib chiqdi va 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta‘riflandi:
Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas sifat va miqdoriy miqdoriy tarkibga ega.
Masalan, toza suv tarkibida 11,11 % vodorod va 88,89 % kislorod bo‘lib, suv normal sharoitda 00С da muzlaydi, 1000С da qaynaydi; uning 4 0С dagi zichligi 1000 kg/ m3 yoki 1 g/sm3 yoxud 1 g/ml–1 ga teng; u o‘zgarmas elektr o‘tkazuvchanlikka, o‘zgarmas qovushoqlikka ega.
Kimyoning rivojlanishi shuni ko‘rsatdiki, o‘zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo‘lar ekan. M.S.Kurnakovning taklifiga ko‘ra o‘zgarmas tarkibli birikmalar daltonidlar (ingliz kimyogari va fizigi Daltonni xotirasiga), o‘zgaruvchan tarkiblilari – bertollidlar (shunday birikmalar borligini oldindan aytgan fransuz kimyogari Bertolle xotirasiga) deb ataldi. Daltonidlarning tarkibi butun sonli stexiometrik indekslari bor oddiy formulalar bilan ifodalanadi, masalan, Н2О, HJ, ССI4, CO2. Bertollidlarning tarkibi o‘zgarib turadi va stexiometrik nisbatlarga muvofiq kelmaydi. Masalan, uran (VI) – oksidning tarkibi odatda UO3 formula bilan ifodalanadi. Haqiqatda esa uning tarkibi UO2,5danUO3gacha bo‘ladi va boshqalar.
Molekulyar strukturali, ya‘ni molekulalardan tuzilgan birikmalarning tarkibi, olinish usulidan qat‘iy nazar o‘zgarmas bo‘ladi. Nomolekulyar strukturali (atomli, ionli va metall panjarali) birikmalarning tarkibi esa o‘zgarmas bo‘lmaydi va olinish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.

Download 127.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling