Reja: Moddalar tashilishining boshqarilishi


Download 16.98 Kb.
bet1/2
Sana20.11.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1787344
  1   2
Bog'liq
Moddalar tashilishining boshqarilishi 5-mavzu biofizika


Mavzu:Moddalar tashilishining boshqarilishi.Diffuzion potentsiallar. Sinapslar va sinaptik jarayonlar.
REJA:
1.Moddalar tashilishining boshqarilishi.
2.Diffuzion potentsiallar.
3.Sinapslar, Sinaptik jarayonlar
Diffuzion potensiallar bir xil erituvchida erigan tuzlar, kislotalar va asoslarning har xil konsentratsiyasi ikki eritmalariaro kontakt mavjud bo`lib, eritmalardagi ionlarning harakatchanliklari o`zaro farqlangan sharoitda kelib chiqadi.
Demak, diffuzion potensialning kelib chiqishi, o`z tabiatiga ko`ra, eritmalardagi ionlar konsentratsiyalari va ular diffuziya tezliklarining turlicha bo`lishi bilan shartlanadi.
Masalan, xlorid kislota eritmasida vodorod va xlor ionlari diffuziya tezliklarining turlicha bo`lishi tufayli vodorod ionlari xlor ionlarini quvib o`tadi. Bordi-yu, xlorid kislotasining ikki xil konsentratsiyali eritmalariaro kontakt mavjud bo`lsa, u holda suyultirilgan eritma konsentrasiyasi yuqori eritmaga nisbatan musbat zaryadlanadi. Ammo musbat zaryadli ionlarning o`zaro itarilishlari va manfiy zaryadli ionlarning musbat zaryadli ionlarga tortilishlari natijasida, eritmadagi ionlar taqsimoti ozmi-ko`pmi tekislanadi. Eritmalararo konsentratsiyalar farqi saqlangan holda, ionlarning elektrostatik ta`sirlashishlaridan qat`iy nazar, ulararo potensiallar farqi mavjud bo`lib turaveradi.
Agarda berilgan sharoitda eritmadagi anion va kationlar harakatchanliklari hamda eritmalar konsentratsiyalari ma`lum bo`lsa, bir valentli binar elektrolitlar uchun ularning ikki xil konsentratsiyali eritmalariaro kelib chiqadigan diffuzion potensiallar farqi kattaligini Genderson tenglamasi yordamida hisoblab topsa bo`ladi:
E u V RT InC1 (1) u V F C 2
bu yerdagi Ed-voltlarda ifodalangan diffuziyasi potensiallar farqi u , V -kation va anionlarning o`rtacha harakatchanliklari, T-mutlaq harorat, R-gaz doimiysi, F-Faradey soni, C1, C2-o`zaro ulanadigan eritmalar konsentratsiyalari.
Tenglamadagi natural logarifmni o`nli logarifmga almashtirib, 17˚C (T=290 K) sharoiti uchun va nihoyat voltlardan millivoltlarga o`tsak, diffuzion potensial kattaligini hisoblash tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
E dt u V 58 Ig C1 (2) u V C2
Tenglamalardan ko`rinib turibdiki, diffuzion potensiallar kattaligi kation va anionlar harakatchanliklariaro farq harorat va eritmalar konsentratsiyalari nisbatining logarifmiga bog`liq bo`ladi. Boshqacha aytganda, u -V qancha katta bo`lsa, ya`ni ionlardan birining harakatchanligi ikkinchisinikidan qanchalik kam bo`lsa, diffuzion potensial shuncha katta bo`ladi. Ikkinchi tomondan, Ed-kattaligi eritmalar konsentratsiyalaridagi farq bilan ham belgilanadi.
Ma`lum bo`lgan ionlardan eng katta harakatchanlikka ega bo`lgani vodorod va gidroksil ionlari bo`lib, o`sha ionlardan biriga ega eritmalararo kelib chiqadigan potensiallar farqi anchagina katta qiymatlarga erishadi. Bunday hol bir vaqtning o`zida, kam harakatchanlikka ega yirik molekulalar organik va anorganik ionlar tutgan sistemalarga ham taalluqlidir.
Diffuzion potensiallar farqi shikastlanish potensiali deb ataladigan potensialning muhim tashkillovchilaridan bo`lishi ehtimoldan holi emas. To`qima zararlaganda vujudga keladigan ana o`sha shikastlanish potensiali zararlanish paytida bog`langan holatdan erkin holatga o`tgan kaliy yoki vodorod ionlari bilan hujayralardagi oqsil anionlari harakatchanliklarining turlicha bo`lishi bilan shartlanishi mumkin. Ma`lumki, oqsil anionlari, ular o`lchamlarining kattaligiga bog`liq holda, kam harakatchanlikka ega. Shu sababdan shikastlanish potensiali ko`pincha anchagina katta qiymatlarga erishadi.
Shikastlanish potensialining tabiati haqida bayon etilgan tasavvurning to`g`riligini anorganik ionlarning jelatin geli orqali diffuziyalanishi paytida kelib chiqadigan diffuzion potensial ham tasdiqlaydi.
Kation va anionlar harakatchanliklari bir xil yoki o`zaro kam farqlanganda potensiallar farqi minimal qiymatga ega bo`ladi va uning kattaligi konsentratsiyalardagi farq bilan belgilanadi. Bunday hol kaliy xloridning ikki xil eritmalariaro kontakt mavjud bo`lgan sharoitda kuzatiladi. Chegara bo`limida kelib chiqishi muqarrar bo`lgan diffuzion potensial konsentratsion, fazalararo va oksidlanish-qaytarilish potensiallar farqlarini o`lchash paytida o`lchov natijalarining aniqlik darajasini kamaytiradi. Bu hol ayniqsa bioelektrik potensiallar farqini o`lchashda, o`sha maqsadda ishlatiladigan mikroelektrod bilan hujayralarokontakt yuzaga kelganda ko`zga yaqqol tashlanadi.
Model sistemalarda ishlatiladigan suyuklik sifoni, bioelektrik tadqiqotlarda qo`llaniladigan mikroelektrodlar, turli konpentsatsiyali eritmalararo aloqani ta`minlaydi. Shunga ko`ra, ularning qanday elektrolit bilan to`ldirilishi befarq emas, albatta.
Amaliy ishlarda, ana shu diffizion potensialdan holi bo`lish maqsadida, suyuqlik kontakti sifatida ishlatiladigan sifonlar va mikroelektrodlar harakatchanliklari deyarli farqlanmaydigan ionlardan tashkil topgan kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldiriladi.
Sinaps (qadimgi yunoncha: synapsis — ulanish, tutashish) — nerv hujayralari (neyronlar)ning oʻzaro va ijrochi organlar hujayralari bilan tutashgan joyi. Sinaps signallarni impulslarga aylantiradi va uzatadi. „Sinaps“ terminini birinchi boʻlib ingliz fiziologi Charlz Sherrington neyronlararo aloqani tushuntirish uchun qoʻllagan (1897). Sinaps yordamida neyronlar bir-biri bilan bogʻlanadi. Natijada nerv sistemasining aktivligi va bosh miyaning integrativ faoliyati kuchayadi. Sinaps sinaptik uchlar, ikki hujayra oraligʻidagi sinaptik tirqish (bu 200 Å, baʼzi sinapslarda 1000 Å va undan ortiq)? va sinaptik uchlarga tegib turuvchi hujayra qismi kiradi. Neyronlararo sinaps, odatda, bir nerv xujayrasi aksonining tarmoqlari va tana, dendritlar yoki boshqa neyron aksoni vujudga keltiradi; hujayralar oraligʻida sinaps tirqishi boʻlib, bu tirqish orqali qoʻzgʻalish mediatorlar (kimyoviy sinaps), ionlar (elektr sinaps) yoki ikkalasi (aralash sinaps) yordamida uzatiladi. Sinaps funksional ahamiyatiga koʻra, hujayra faoliyatini aktivlashtiradi yoki tormozlaydi. Elektrotonik Sinapsda quyi molekulyar birikmalar bir hujayra sitoplazmasidan ikkinchisiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyatiga ega. Elektrotonik sinaps signallarning tez va oʻzgarmasdan, kimyoviy sinaps esa faqat bir tomonga uzatilishini taʼminlaydi. Hujayrani tormoz holatiga olib keladigan sinaps ham bor. Bular tormozlovchi sinaps deb ataladi va shular yordamida qoʻzgʻalgan holat goʻyo „yoʻqotiladi“. Bu bilan nerv hujayralari oʻta qoʻzgʻalishdan saqlanadi. Hujayralar oʻrtasidagi sinaptik aloqa nerv hujayralarining funksional birlashishida, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining yoʻnalishini, shuningdek, organizmning taʼsirlovchiga nisbatan boʻlgan reaksiyasini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi.
Sinapslarning tuzilishi va funksiyasi • Sinapslar nerv tolasida hujayralararo signal uzatishni ta’minlovchi maxsus kontaktlar hisoblanadi. Sinapslarda presinaptik, postsinaptik membranalar, sinaps tirqishlari farqlanadi. • Sinapslar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra kimyoviy, elektr va aralash sinapslarga ham bo‘linadi. • Sinapslar qo‘zg‘atuvchi va tormozlanuvchi xususiyatiga ko‘ra hamda signalni uzatish xarakteriga ko‘ra ham bo‘linadi: • Signallarni elektr toki asosida uzatuvchi sinapslarga elektr sinapslari deyiladi. • Signal uzatish transmitter yoki fiziologik faol moddalar, ya’ni mediatorlar yordamida uzatilsa, ular kimyoviy sinapslar deyiladi.
“Sinaps” tushunchasini fiziologiyaga ingliz fiziologi Ch.Sherrington tomonidan 1897 yilda neyronlar orasidagi funksional kontaktni belgilash uchun kiritilgan edi. Bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga yoki nerv hujayrasidan u bilan innervatsiyalanuvchi to‘qimaga qo‘zg‘alish o‘tishini ta’minlaydigan murakkab strukturasi tuzilma sinaps deyiladi. Sinaps murakkab tuzilma bo‘lib, unda presinaptik, postsinaptik zvenolar va ular orasida sinaps bo‘shlig‘i bor.
Sinapslar hujayralararo joylashish o‘rniga ko‘ra ham tavsiflanadi. • Mas-n, nerv aksoni va nerv hujayrasi tanasi, ya’ni soma o‘rtasida joylashgan sinapslar akson-soma sinapslari, akson va dendrit o‘rtasida joylashgan sinapslar esa akson-dendrit sinapslari deyiladi. Shunga o‘xshash, ikkita aksonni bog‘lab turuvchi akson-akson sinapslar va ikkita dendritni bog‘lovchi dendrit-dendrit sinapslari mavjud.

Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling