Reja: Moddiy ma’noda davlat byudjetining mohiyati


Download 76.68 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi76.68 Kb.
#1149334
  1   2   3
Bog'liq
4m


Mavzu: Moddiy ma’noda davlat byudjetining mohiyati
Reja:

  1. Moddiy ma’noda davlat byudjetining mohiyati

  2. Davlat byudjeti daromadlari tuzilishi va dinamikasi

  3. Byudjet daromadlarining shakllanishida soliqlarning o’rni

Jahonning turli mamlakatlarida har xil sabablar bilan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar yuz berayotgan hozirgi davrda O’zbekistonda puxta o’ylangan soliq-byudjet siyosati mamla-katimizning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari dadil odimlab borishiga xizmat qilmoqda. Oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulot barqaror o’sish sur‘atlarining ta‘minlanayotganligi, davlat byudjetining profitsit bilan ijro qilinayotganligi ham mamlakatimizda yuritilayotgan fiskal siyosatning oqilona ishlab chiqilganligi va samarali amalga oshirilayotganligining yana bir isbotidir.


Rivojlanishning navbatdagi ustuvor yo’nalishlari va vazifalarini samarali bajarishda davlat byudjeti ham samarali dastak-vosita sifatida faol ishtirok etadi. Ma‘lumki, davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
I qtisodiy mazmun-mohiyati jihatidan davlat byudjeti daromadlari – davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o’rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi.
Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida byudjet daromadlari shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun xizmat qiladi. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadi, bu munosabatlar asosida turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyorida pul mablag’lari fondlari shakllanadi.
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir (ayrim adabiyotlarda ―davlat byudjeti daromadlarining manbayi – soliqlardir, degan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida soliqlar byudjet daromadlarining manbayi emas, shu manbadan daromadni davlatning markazlashgan pul fondiga undirishning bir usuli, milliy daromadni qayta taqsimlashning dastak-vositasi bo’lib xizmat qiladi). Ayrim hollarda davlat o’zining ortib borayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy boylikdan ham daromad manbayi sifatida foydalanishi mumkin.
Milliy boylik, deganda ma‘lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo’lgan, hozirgi va o’tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne‘matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi (maxsus adabiyotlarda ―milliy boylik‖ tushunchasining: kishilar hayotini ta‘minlash sharoitlarini belgilovchi resurslar majmuyi; mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qo’llaniladigan miqdoriy ko‗rsatikich; kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‗arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklar yig’indisi, kabi ta‘riflarni ham uchratamiz).




Download 76.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling