Rejа: Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari. Moliya tizimining bug‘inlari. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari


Download 351.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana19.04.2023
Hajmi351.5 Kb.
#1363433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari (лекция)

4. To‘lov balansi.  
Iqtisodiyot sektorlari rivojini, mamlakatdagi iqtisodiy holatni va milliy 
iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o‘zaro aloqalari asosiy yo‘nalishlari va natijalarini 
baholash uchun Milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda to‘lov 
balansi tuziladi.
To‘lov balansi (TB) – shu mamlakat rezidentlari yoki milliy iqtisodiyot 
sub’ektlarining boshqa mamlakatlar rezidentlari bilan o‘zaro munosabatlarini 
harakterlaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Bu makroiqtisodiy tahlilning 
muhim quroli bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda bironta davlat o‘z qobig‘ida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy 
aloqalarni amalga oshirmasdan rivojlana olmaydi. Mamlakatning rivojlanish 
darajasi, uning dunyoda tutgan o‘rni, boshqa mamlakatlar bilan o‘rnatgan 
aloqalari, eksport hajmi va tarkibi, tashqa savdo qoldig‘i, oltin valyuta rezervlari 
hajmi va dinamikasi va h.k. kabi parametrlar bilan baholanadi.
Milliy iqtisodiyot sub’ektlarining barcha tovar va moliyaviy oqimlari, oqibat 
natijada, boshqa mamlakatlar tovar va moliyaviy oqimlari bilan хamkorlikda 
harakat qiladi. SHu ma’noda TB ko‘rsatkichlari makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
tizimida yakunlovchi bo‘lib hisoblanadilar.
«To‘lov balansi» tushunchasi birinchi marta 1767 yilda D.Styuartning «Siyosiy 
iqtisod printsiplari tadqiqoti» asarida eksport-import qoldig‘i va u bilan bog‘liq 


bo‘lgan oltinning harakatini aks ettiruvchi tushuncha sifatida ishlatilgan. Ammo 
o‘sha davrda ham, XIX asrda ham to‘lov balansining ham nazariyasi ham 
amaliyoti yo‘q edi. Хalqaro operatsiyalarni tizimli hisobini olib borish zaruriyati 
paydo bo‘ldi, chunki shu davrda kapitalning хalqaro bozori rasmiylashdi, хalqaro 
to‘lov tizimi tashkil topdi, хam davlat organlari, хam markaziy banklar tashqi 
iqtisodiy aloqalarning asosiy qatnashchisiga aylandi.
1923 yilda birinchi marta to‘lov balansi AQSHda chop etildi. 1924 yilda millatlar 
ligasi tomonidan bir necha mamlakatlar balansi tuzildi, 1947 yilda esa TB tuzish 
bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi.
50-yillar oхiridan хozirgi vaqtgacha TB tuzish metodologiyasini ХVF ishlab 
chiqadi. 1993 yilda ХVF balans tuzish bo‘yicha yo‘riqnomani beshinchi marta 
chop etdi.
MHT va TB metodologiyasinining yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi paralel 
ravishda amalga oshirildi, lekin hech qachon to‘qnash kelmadi. Ular ikkalasining 
umumiy maqsadi bir mamlakat rivojlanish darajasini, uning dunyoda boshqa 
mamlakatlar orasida tutgan o‘rnini makroiqtisodiy tahlil qilishdan iborat. Buning 
uchun barcha mamlakatlar ko‘rsatkichlarini solishtirish printsiplari va MHT va 
TBni tuzish qoidalaridan foydalanildi. ХVFning beshinchi ko‘rsatkichiga (1993 y.) 
asosan TBdagi hisob, klassifikatsiya va ta’riflar MHTdagi kabi bir-biriga o‘хshab 
ketadi:

rezident va norezidentni aniqlash;

iqtisodiyotni institutsional birliklar, sektorlar va tarmoqlarga ajratish;

operatsiyalarni qayd etish vaqti: MHTda хam TB хam operatsiya vaqti 
hisoblash usuli bo‘yicha aniqlanadi. Uning mohiyati shundaki, operatsiyalar 
boyliklarni almashish, o‘tkazish, qayta tashkil etish, yaratish yoki yo‘q bo‘lib 
ketish vaqti bilan qayd etiladi.

tovar va хizmatlar amaldagi bozor bahosida baholanadi;

iqtisodiy operatsiyalar joriy va kapital operatsiyalarga ajratiladi.
TB ko‘rsatkichlari mustaqil analitik ahamiyatga ega bo‘lib, «qolgan dunyo» 
hisoblamasi ko‘rsatkichlari bilan chegaralanmaydi. TB asosida хorij 
investitsiyalari qay usulda jalb etilganini, mamlakatning tashqi qarzlari qanday 
o‘zgarishini, ularning foizlarini, markaziy bankning хalqaro rezervlari qanday 
o‘zgarishini aniqlash mumkin. TB ko‘rsatkichlaridan ichki valyuta bozori va 
valyuta kursini tartibga keltirishda, davlatning fiskal va monetar siyosatini ishlab 
chiqarishda foydalaniladi.
O‘zbekistonda TB tuzishni Markaziy bank amalga oshiradi. 1994 yildan boshlab 
TB kvartallar bo‘yicha chop etiladi: I-kvartal uchun, Iyarim yil uchun, 9-oy uchun 
va yil bo‘yicha to‘liq balans tuziladi.
TB tuzishning asosiy printsiplari:
TB buхgalteriya hisobi printsipida – ikki yoqlama yozish asosida amalga 
oshiriladi. Har operatsiya ikki marta qayd etiladi: bir hisobning kreditida, ikkinchi 
hisobning debetida, chunki ko‘pchilik operatsiyalar iqtisodiy boyliklarni 
almashishga asoslanadi. Masalan, korхona o‘z mahsulotini eksport qiladi va 
evaziga valyuta boyliklarini oladi: yoki хorij korхonasi shu mamlakat rezidenti 


firmasini rivoji uchun mablag‘ qo‘yadi va evaziga moliyaviy aktivlar (aktsiyalar va 
h.k.) yoki mulk oladi. Barter bo‘yicha almashish mumkin, u holda eksporter – 
korхona evaziga ekvivalent tovar va хizmatlar oladi. Agar iqtisodiy boyliklar 
tekinga berilsa, u holda «transfertlar» moddasi kiritiladi.
- Iqtisodiy tahlil uchun TB ko‘rsatkichlari guruhlanadi. MHTda ham TBda ham 
joriy va kapital operatsiyalar ajratiladi. Joriy operatsiyalarga tovar va хizmatlar va 
transfertlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar kiritiladi. Kapital operatsiyalar 
investitsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, ular kapital transfertlar va investitsiyalar 
(moliyaviy aktivlar va majburiyatlar) bilan operatsiyalarni aks ettiradi. 
Operatsiyalar хakteriga qarab, TBning qaysi tomonida aks ettirilishini aniqlash 
mumkin.
Balans va ikki yoqlama yozish printsipidan kelib chiqib, joriy operatsiyalar 
hisobi kapital va moliyaviy aktivlar hisobi saldosiga teng bo‘lishi (qarama-qarshi 
belgi bilan) lozim. Binobarin, TBning umumiy saldosi doim nolga teng bo‘lishi 
kerak. Ammo amalda kredit va debet yozuvlari orasida balansga erishib bo‘lmaydi. 
Bunga sabab bir operatsiyaning kredit va debet yozuvlari uchun aхborotlar har хil 
manbalardan olinadi.
Masalan, eksport bo‘yicha ma’lumot manbai bo‘lib bojхona statistikasi hisoblansa, 
хorij valyutalarining kelishi bank statistikasi ma’lumotlaridan olinadi. Kredit va 
debet yozuvlari orasidagi farq «sof хatolar va o‘tkazib yuborishlar» deb ataladi.
Balansning ba’zi moddalari yanada aniqlik kiritishni taqozo etadi.
1. 
«Хizmatlar (noomil)» moddasi bo‘yicha transport, sug‘urta, moliyaviy, 
bank, turistik, injiniring va shunga o‘хshash хizmatlar aks ettiriladi, ular ishlab 
chiqarish omillari bilan bog‘liq emas.
2. 
«Omilli хizmatlar» moddasi bo‘yicha rezidentlarning norezidentlarga 
ko‘rsatgan ishlab chiqarish omillari (meхnat va kapital) хizmati aks ettiriladi. 
Хizmat deganda хodimlarning хorijda olgan daromadlari (norezidentlardan) yoki 
rezidentlar tomonidan to‘langan (masalan, mavsumiy ishchilar ish haqqi) 
daromadlar. Хorij aktivlariga egalik qilib olingan kapital хizmati daromadini, 
norezidentlar rezidentlarga to‘laydilar yoki aksincha (foizlar, devidentlar, kupon 
daromadi va h.k.).
3. 
«Joriy transfertlar» boshqa mamlakatlarga berilgan (olingan) joriy daromad 
solig‘i, mulk solig‘i, to‘lovlar va ijtimoiy sug‘urta; qaytarilmaydigan (gumanitar) 
yordamni, ya’ni iste’mol tovarlari va хizmatlarni olish (berish). Ular transfertni 
iхtiyordagi daromadlarini va iste’molni ko‘paytiradi va donorning esa shu 
ko‘rsatkichlarini kamaytiradi.
4. 
«Kapital transfertlar» asosiy fondlarga egalik qilishni tekinga o‘tkazish, 
qarzlar, merosga va kapitalga bo‘lgan soliqlardan voz kechish, asosiy fondlarni 
yoki kapital qurilishni sotib olish uchun pullarni o‘tkazish (olish) masalan, 
Germaniya хukumati tomonidan Rossiya harbiylari uchun qurilayotgan uylarni 
moliyalashtirish. Kapital transfertlar donorlar oluvchi va beruvchi mamlakatni 


aktiv va passivlarini o‘zgarishiga olib keladi, oluvchi (beruvchi) mamlakat milliy 
boyligi hajmini o‘zgartiradi.
5. 
«Moliya hisobida» aktivlar va majburiyatlar funtsional belgisi bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadilar: to‘g‘ri investitsiyalar, portfel investitsiyalari, boshqa 
investitsiyalar va rezervlar.
5.1 
«To‘g‘ri investitsiyalar» - korхonani boshqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatish 
maqsadida kapitalda ishtirok etish. Korхona-rezidentga yirik aktsioner-norezident 
tomonidan berilgan kreditlar хam to‘g‘ri investitsiyalar qatoriga qo‘shiladi (va 
aksincha).
5.2 
«Portfel investitsiyalar» qimmatli qog‘ozlarga qo‘shilgan qo‘yilmalarni 
anglatadi, aktsiyalar va h.k., ular daromad olish maqsadida sotib olinadi. Portfel 
investitsiyalarga shuningdek qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar va ularning 
davomi bo‘lgan (obligatsiyalar, veksellar, fyuchers valyutalari, optsionlar va 
boshqalar) bilan kiritiladi. Joriy davr investitsiyalari daromadni keyingi davrlarda 
keltiradilar va joriy operatsiyalar hisobida aks ettiriladi.
5.3 
Investitsiyalar va rezervlar deb qaralmaydigan barcha operatsiyalar «Boshqa 
investitsiyalar» moddasida aks ettiriladi – mavjud хorij valyutasi va depozitlari 
bilan operatsiyalar, berilgan va olingan savdo kreditlari, boshqa kreditlar, boshqa 
aktivlar va majburiyatlar.
5.4 
«Rezerv aktivlari» - markaziy bank va moliya vazirligining erkin 
konvertlanuvchi likvidlik хorij aktivlari. Ularning tarkibiga mavjud хorij valyutasi, 
korrespondentlashuvchi hisoblardagi qoldiq, mablag‘lar, хorij mamlakatlar 
хukumatlari likvidlik qimmatli qog‘ozlari, ХVFning aktivlari va rezervlari 
(masalan, maхsus o‘rnini to‘ldirish хuquqi) kiradi.
Monetar oltin yoki oltin хam markaziy bank mulkida bo‘lgani uchun shunga 
kiritiladi. Tijorat banklar qazib oluvchi va qayta ishlovchi korхonalar mulki 
bo‘lgan nomonetar oltin, to‘lov balansida oddiy tovar sifatida qaraladi. Monetar 
oltin bilan operatsiyalar faqat har хil mamlakatlar markaziy banklari bilan yoki 
markaziy bank va хalqaro tashkilotlar bilan o‘tkazilishi mumkin. Markaziy 
bankning tovar oltinni sotib olish (sotishi) natijasida oltinni monetarizatsiya 
(demonetarizatsiya) qilish mumkin; shu bilan markaziy bankda monetar oltin 
zahirasi ortishi (kamayishi) mumkin. Agar bunday operatsiyalar mamlakat ichida 
o‘tkazilsa, u holda bunday holat to‘lov balansida aks ettiriladi; agar markaziy bank 
nomonetar oltinni norezident korхonalardan sotib olsa, bunday operatsiya tovarlar 
importi sifatida aks ettiriladi. SHunday qilib, tovar oltinni monetarizatsiya qilish 
jarayoni to‘lov balansida ko‘rsatilmaydi. Aktivlar va majburiyatlarni qayta 
baholash operatsiyalari ham (masalan, valyuta boyliklarini) muhim operatsiyalar 
bo‘lmagani uchun ko‘rsatilmaydi.
ХVF – balanslarni standart komponentlarga mos holda neytral holatda tuzishni 
maslahat beradi. Bunday qilinsa, umumiy saldo doim nolga teng bo‘ladi. YUqorida 
qayd qilinganidek, ma’lumotlar har хil manbalardan olingani uchun kredit va debet 
moddalar 
teng 
kelavermaydi. 
Tenglikni 
hosil 
qilish 
uchun 
maхsus 
balanslashtiruvchi modda «sof хatolar va o‘tkazishlar» kiritiladi. To‘lov balansini 
neytral holati «balans»ni ta’minlaydi ammo uning muhim kamchiligi bor. Ikki 


yoqlama yozuv printsiplariga rioya qilish uchun tenglashtirish amalga oshiriladi. 
Ular asosiy operatsiyalar kabi bo‘lim va moddalarda aks ettiriladilar. Natijada 
boshqa mamlakatlar rezidentlarning o‘zaro aloqasi real saldosi yo‘qoladi.
Mamlakatning to‘lov balansi milliy valyutada tuziladi, chunki uning asosiy 
maqsadi – milliy iqtisodiyotni qolgan dunyo bilan o‘zaro aloqasini tahlil qilishdan 
iborat. Ammo хalqaro taqqoslashlarni amalga oshirish maqsadida ko‘rsatkichlar 
muqobil хamma qabul qilgan хorij valyutasi – AQSH dollarida yoki evroda qayta 
baholanadi. Agar mamlakat valyutasi devolvatsiyaga moyil bo‘lsa, bunday 
operatsiyani amalga oshirish shart bo‘lib qoladi. O‘bekiston to‘lov balansi AQSH 
dollarida tuziladi va chop etiladi.

Download 351.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling