Rejа: Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari. Moliya tizimining bug‘inlari. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari


Download 351.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi351.5 Kb.
#1363433
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari (лекция)

 
 
1. Davlat byudjeti statistikasining vazifalari.  
Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lib, undan umumdavlat 
iste’molini qondirish maqsadida foydalaniladi.
Davlat byudjeti statistikasining asosiy vazifasi uning asosiy parametlarini 
baholashdan iborat:

davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining umumiy hajmini, harajatlar 
hajmini daromaddan ortib ketishi (defitsit) yoki aksincha daromadlar hajmini 
harajatlar hajmidan ortib ketishi (profitsit), rasmiy transfertlar va h.k.;

davlat byudjeti daromadlari va harajatlari tarkibi;

byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari; - davlatning ichki qarzlari 
hajmi; - soliqqa tortish hajmi, tarkibi va h.k.
Davlat byudjetini o‘rganishning asosi bo‘lib, byudjetning daromadlari va 
harajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi.
Byudjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi:

soliq tushumlari – majburiy, o‘rni qoplanmaydigan, qaytarilmaydigan 
to‘lovlar (qo‘shimcha qiymat solig‘i, aktsizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va 
h.k.);

soliq bo‘lmagan tushumlar (davlat mulkini sotishdan olingan
boshqariladigan korхonalar kassa foydasi, jarimalar va h.k.); - o‘rni 
qoplanmaydigan tushumlar (transfertlar).
Byudjet harajatlari bajarayotgan funktsiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga 
ajratib o‘rganiladi:

umumiy harakterga ega bo‘lgan davlat хizmatlari;

jamoa va ijtimoiy хizmatlar;

iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan davlat хizmatlari; - boshqa 
funktsiyalar.


Iqtisodiy klassifikatsiyani davlatni boshqaruv organlarining faoliyatini va ularning 
mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini aniqlash uchun foydalaniladi. Iqtisodiy 
klassifikatsiyada quyidagilar ajratiladi:
A. 
Joriy harjatlar (tovar va хizmatlarga harajatlar, foizlarga to‘lovlar, 
subsidiyalar va joriy transfert to‘lovlari).
B. 
Kapital harajatlar (asosiy kapitalni va zahiralarni hosil qilish uchun tovarlar 
sotib olish, erni va nomaterial aktivlarni, kapital transfertlarni sotib olish va h.k.).
Byudjetni bajarilish darajasini tahlili umumiy daromadlar va harajatlar bo‘yicha 
rejani bajarish darajasini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichni hisoblashdan, 
shuningdek ularning turlari va maqsadli foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga 
oshiriladi.
Davlatning 
aralashuvi 
natijasida 
amalga 
oshirilgan 
qayta 
taqsimlash 
jarayonlarining hajmini byudjetning daromad qismini yalpi ichki mahsulotga 
nisbati ifodalaydi.
Byudjetning daromadlari va harajatlarini statistik o‘rganish dinamika qarorlari 
asosida amalga oshiriladi. Rejadan farq qilishga sabab bo‘lgan omillarni statistik 
baholaydi. Jumladan, soliq tushumlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi: - soliq bazasining o‘zgarishi; - soliq stavkasining 
o‘zgarishi.
Soliq bazasi o‘zgarishining soliqni absolyut o‘sishiga ta’sirini quyidagi formula 
bo‘yicha aniqlash mumkin: U
s
= S
1i
x K
0i

S
0i
x K
oi
soliq hajmini absolyut 
o‘sishi quyidagicha aniqlanadi:
U
k
= S
1i
x K
1i
- S
1i
x K
oi
; bunda,
S
1i
S
0i
– i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq bazasi hajmi;
K
1i
K
oi
– i ko‘rsatkich bo‘yicha bazis va joriy davrdagi soliq stavkasi.
SHu ikki omil hisobiga o‘sgan soliqlarning absolyut summasi, soliq 
daromadlarining umumiy o‘sishiga teng bo‘ladi.

Download 351.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling