Reja: Moliya
Download 164.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-moliya bozori instrumentlari
Emissiya risolasini ro`yxatdan o`tkazish
Qimmatli qog`ozlarni chiqarish ularning emissiya risolasini davlat ro`yhatidan o`tkazilishini taqazo etadi. Qimmatli qog`ozlar emissiyasi risolasi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatda va tartibda ro`yhatga olinadi (agar emitent tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlar talab darajasida bo`lsa), natijada unga maxsus davlat raqami biriktiriladi. Aytilgan tartib obligatsiyalar chiqarish uchun ham taaluqli. Obligatsiyalar chiqarish faqat jamiyat tuzilishi chog`ida birlamchi chiqarilgan aksiyalar to`liq joylashtirilganidan keyin ruhsat beriladi. Har bir turdagi qimmatli qog`ozga Milliy identifakatsiya tartib (nomer) raqami beriladi. Har bir emitent qimmatli qog`ozlarini joylashtirilishi to`g`risida vakolatli organga har chorakda va yillik hisobot (belgilangan shakl va muddatlarda) taqdim etishi lozim. Emitent qimmatli qog`ozlarini emissiyasi chog`ida ma‘lum muddatlarda investorlarga qonun hujjatlarida ko`rsatilgan ma‘lumotlarni belgilangan tartibda ochib berishi talab etiladi. Davlat qimmatli qog`ozlarini Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Moliya vazirligi va Markaziy bank chiqaradi. Davlat ro`yhatidan o`tgan emissiyalanuvchi qimmatli qog`ozlar birlamchi bozorda joylashtirilgan vaqtdan boshlab ularning ikkilamchi bozor muomalasi boshlanadi. Ikkilamchi bozorda faqat qimmatli qog`ozlarning egalari o`zgaradi va bu jarayonning maxsus investitsiya institutlari va emitent reestri tomonidan hisobi yuritiladi. Qimmatli qog`ozlar qonunda belgilangan tartibda so`ndiriladi. Aksiyalar quyidagi hollarda muomaladan chiqarilishi mumkin: - aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi qaroriga asosan emitentning tugatilishi holida; - jamiyatning reorganizatsiya (qo`shilishi, ajralishi, birlashishi, qayta tashkil etilishi) qilinishi holida; - qimmatli qog`ozlarni maydalanishi, yiriklashtirilishi, qaytarib sotib olishishi, konvertatsiyalanishi hollarida; - sud qarori bilan jamiyatni tugatilishi holida;
- agar jamiyat Ustavida qimmatli qog`ozning muomala muddati cheklangan bo`lsa. Emissiyalanuvchi qimmatli qog`ozlarning so`ndirilishi ularni belgilangan tartibda annulyatsiya va yo`q qilish yo`li bilan amalga oshiriladi. Davlat qimmatli qog`ozlari davlat tomonidan belgilangan tartibda muomaladan chiqariladi. Qimmatli qog`ozlarni so`ndirilishi to`g`risidagi komissiya hujjati asosida ular davlat reestridan chiqariladi. Hosilaviy qimmatli qog`ozlar (ya‘ni derivativlar, bazisli qimmatli qog`ozlar) o`zining hayot tsiklida bazaviy qog`ozlarnikiga o`hshash tarzda belgilangan tartibda emissioldi ishlari amalga oshiriladi, emissiya risolasi davlat ro`yhatidan o`tkaziladi, ikilamchi muomalada bo`ladi va so`ndiriladi. Derivativlar naqd va blanksiz shakllarda, egasining ismi yozilgan yoki taqdim etuvchiga muljallangan turda chiqarilishi mumkin. Ular klass va seriyalarga bo`linadi. Derivativ klassi deganda derivativ asosida bir turdagi bazis aktiv yotishi tushuniladi. Seriyali derivativ deganda esa bir hil narxli va muddatli bir klassli derivativ tushuniladi. Bazis aktiv sifatida quyidagilar bo`lishi mumkin: tovar, hom ashyo, bazaviy qimmatli qog`oz, valyuta, indeks, bo`lajak daromad, foiz stavkasi, ob-havo prognozi va h.k. Derivativlarni yuridik shaxslar chiqaradi. Varrant bilan birga uning bazis aktivi bo`lgan qimmatli qog`ozlar ham chiqariladi. Derivativning muomala muddati uning bazis aktivi muddatidan oshmaydi. Bunda bazis aktiv, uning emitenti va sotilishining parametrlari to`g`risida to`liq ma‘lumot keltiriladi. Derivativlar risolasini davlat ro`yhatidan o`tkazish Markaz tomonidan belgilangan tartibda va muddatda amalga oshiriladi, shundan keyin derivativ risolasi chop etiladi va qog`ozlar muomalada bo`lishi mumkin. Agar derivativ emitenti bank bo`lsa, u holda Markaziy bank bilan dastlabki tarzda kelishilgan holda chiqariladi. Sotib olish fyuchersini ro`yhatdan o`tkazish uchun emitent belgilangan pul summasini deponentlaydi (masalan, umumiy summadan 20%). Derivativlar muomalasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda opsionlar birja yoki birjadan tashqari bozorda muomala qilishi mumkin. Fyucherslar esa faqat birja muaomalasida bo`ladi. Markaz derivativlar emissiyasi va muomalasi jarayonlarini nazorat qilib boradi. Kliring palatasi derivativlar bo`yicha o`zaro hisoblarni amalga oshiradi. Derivativlar emissiyalanuvchi qog`ozlar singari so`ndiriladi. Download 164.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling