Reja: Moliyaviy natijalar auditining maqsadi va ma'lumot manbalari


Balans to`g`ri tuzilganligini tekshirish


Download 55.92 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi55.92 Kb.
#1240164
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy natijalar auditi uslubiyotining muammolari 2

5. Balans to`g`ri tuzilganligini tekshirish


Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyati tekshiruvini amalga oshirishda xojalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki va ular vujudga kelish manbalari to`g`risida hisob va hisobot ma'lumotlari to`liq va ishonchli ekanligi nuqtainazaridan o`z vaqtida amalga oshirilganligi, tahliliy hisob holatini o`rganishga jiddiy diqqat e'tiborini qaratish lozim.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi va turli xil faoliyatlarni amalga oshirayotgan korxonalarda buxgalteriya hisobini yuritish bo`yicha nazariy adabiyotlar, o`quv qo`llanmalar va boshqa tadqiqotlarda shu vaqtgacha buxgalteriya hisobining nazariy va amaliy asoslari, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy ta'minlashda tahliliy hisobga yetarli e'tibor berilmagan, va, buning natijasida, auditorlik xulosasi ishonchli tayyorlanishining ta'minlanishi murakkablashadi.
Odatda tahliliy hisobni qo`llash korxona mablag`lari, ularning hosil bo`lish manbalari, moliyaviy va xojalik jarayonlari hisobini batafsillashtirishdan kelib chiqadi. Lekin, buxgalteriya hisobining amaliyotida tahliliy schyotlar bo`yicha iqtisodiy turdosh guruhlarning har biri nafaqat korxonaning umumiy mablag`lari, ularning manbalari va moliyaviy-xojalik jarayonlarini aniq bir buxgalteriya schyotida hisobga olingan pul va miqdoriy ko`rinishda ifolashdan tashqari, buxgalteriya hisobotini tayyorlash, korxona faoliyatini tahlil qilish va audit o`tkazish uchun asosiy negiz hisoblanib, umuman buxgalteriya hisobi holatini tavsiflaydi.
Tahliliy hisob buxgalteriya hisobining tahliliy imkoniyatlarini chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida ma'lumotni umumlashtirish quroli hisoblanadi.
Tahliliy schyotlarning tarkibi va mazmuni xojalik operatsiyalarining aniq tavsiflari, korxona moliyaviy-xojalik faoliyatini nazorat va tahlil qilish vazifalari bilan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi bilan jamlanadigan xojalik operatsiyalarning yig`indisi alohida tahliliy schyotlarda batafsillashtiriladi. Ular hisobot davrida amalga oshirilgan xojalik operatsiyalar, xojalik holatlari va operatsiyalar to`g`risidagi ma'lumotlarni joriy hisobda aks etish usullari, buxgalteriya hisobi bilan jamlangan ma'lumotlarni umumlashtirish va guruhlash bo`yicha batafsillashtirilgan ma'lumotlarning guruhlangan belgilari sifatida nazarda tutish lozim.
Tahliliy schyotlar tizimi korxona tomonidan xojalik operatsiyalarini nafaqat pul o`lchamlarida, balki sintetik buxgalteriya hisobining umumlashtirilgan ko`rsatkichlariga nisbatan tahliliy hisobning batafsillashtirilgan ko`rsatkichlari ma'lumotlilik darajasini oshiruvchi natural yoki mehnat o`lchamlarida aks etish imkonini beradi.
Agar korxonada tahliliy hisob yuritilmasa, unda amalda buxgalteriya hisobi yuritilmagani va hisob ma'lumotlari umuman mavjud emasligini amaliyotchi buxgalterlar yaxshi bilishadi. Lekin, bir qator holatlarda, ayniqsa tijorat tizimlarida, xususiy komputerlarni qo`llash sharoitlarida, ushbu ish umuman olib borilmaydi yoki nihoyatda past darajada yuritiladi. Bu esa, o`z navbatida, faoliyat ko`rsatayotgan korxonada tahliliy buxgalteriya hisobini yuritish talablariga javob beradigan tegishli chop etilgan hujjatlar yo`qligi sababli, sintetik buxgalteriya hisobi ko`rsatkichlarining haqqoniyligi va balans moddalarining ishonchliligini aniqlash imkonini bermaydi.
Tahliliy hisobning haqiqiy vazifasi sintetik buxgalteriya hisobi tizimida aks etilgan moliyaviy-xojalik operatsiyalarni to`liq aks etishdan iboratdir. Busiz tahliliy hisobning umumlashtirilgan ko`rsatkichlarini buxgalteriya hisoboti hisobot shakllarining asosi hisoblangan va faqat tahliliy hisob tizimida barcha ishlar yakunlanganidan keyingina tayyorlanishi mumkin bo`lgan balansning tegishli schyotlar ko`rsatkichlari va alohida moddalari bilan solishtirish yo`li orqali buxgalteriya hisobining tahliliy va sintetik ko`rsatkichlari bir biriga mos kelishligini tekshirish imkoni bo`lmaydi. Bu joriy oyning yoki hisobot davrining har bir sanasiga bir vaqtning o`zida tahliliy hisob tizimi bo`yicha batafsillashtirilgan ko`rsatkichlar bilan bir qatorda, sintetik buxgalteriya hisobida joy olgan umumlashtirilgan ko`rsatkichlarga ham ega bo`lish maqsadida, sintetik hisobni yuritish bilan bir vaqtning o`zida tahliliy hisobni ham yuritishni taqozo etadi.
Auditor korxona moliyaviy-xojalik faoliyatining tekshiruvida, uni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida, tahliliy hisob ko`rsatkichlari Bosh kitobda umumlashtirilgan sintetik hisob ko`rsatkichlariga, uning ko`rsatkichlari esa, korxonada qo`llaniladigan tahliliy hisob tizimida batafsilllashtirilganligini hisobga olgan holda, balans aktiv va passivining tegishli moddalarining ko`rsatkichlari bilan muvofiqligini tekshirishi lozim.
Ushbu ko`rsatkichlarning bir-biriga mos kelmasligi, korxonada moliyaviy-xojalik faoliyatining buxgalteriya hisobini yuritish amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibi jiddiy ravishda buzilganligi to`g`risida dalolat beradi, bu esa, auditorlik tekshiruvi dasturi va kelajakda tuziladigan auditorlik xulosasi tuzilishiga tegishli xususiyatlarni kiritishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxonada tahliliy hisob yuritilmasligi aniqlansa, bu to`g`risida tegishli dalolatnoma tuzgan holda, tekshiruvni to`xtatish maqsadga muvofiqdir, korxona bilan esa, agar u mustaqil ravishda tahliliy hisobni tashkil eta olmasa, auditorlik tashkiloti kuchi bilan tahliliy hisobni tiklash to`g`risida shartnoma tuzilishi lozim.
Moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish turlari. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning moliyaviy holatini to`g`ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muayyan muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hisobotda bir qator buzib ko`rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib bo`lmaydi.
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko`rsatishlar mavjud bo`lishi mumkinligi to`g`risidagi har bir shubhasi, o`z shubhalaridan kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab qiladi. Moliyaviy hisobotdagi buzib ko`rsatishlar, ya'ni buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bo`yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida buxgalteriya ma'lumotlarini noto`g`ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: ataylab qilingan va bilmasdan sodir etilgan.
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko`rsatishlarni sodir etish tekshirilayotgan iqtisodiy subyekt xodimlarining oldindan bilgan holda harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg`itish uchun g`arazgo`ylik maqsadida amalga oshiriladi. Shuning bilan bir qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma'lumotlarida buzib ko`rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy subyektining xodimi tomonidan oldindan bilgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to`g`risida xulosa faqat bunga vakolatga ega bo`lgan idora tomonidan chiqarilishi mumkinligini unutmasligi lozim.
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko`rsatishlar tekshirilayotgan subyekt xodimlari tomonidan bilmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob to`liqligi yuzasidan nazorat yetarli bo`lmaganligi, hisobda xojalik faoliyatiga oid voqealar, mol-mulkning mavjudligi va holati noto`g`ri aks etilishi natijasida hosil bo`lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko`rsatish ahamiyatli (ya'ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta'sir etadiki, natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto`g`ri xulosalarga kelishi yoki noto`g`ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo`lishi mumkin.
Moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish tavakkalchiligini oshirishga ta'sir etuvchi omillar. Audit o`tkazish jarayonida auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib ko`rsatish tavakkalchiligini baholashi lozim. Bunda ataylab va bilmagan holda ham buzib ko`rsatish paydo bo`lishiga ta'sir etuvchi muayyan omillar mavjudligini nazarda tutish kerak.
Buzib ko`rsatishlar paydo bo`lishiga sabab bo`lgan iqtisodiy subyektning ichki xojalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir:

  • iqtisodning inqiroziy tarmoqlariga katta miqdorda moliyaviy qo`yilmalarniamalga oshirish;

  • iqtisodiy subyekt sotuvlari (ishlab chiqarish) hajmining tez o`sishiga yokifoydaning ko`p miqdorda kamayishiga aylanma mablag`larning nomuvofiqligi;

  • ma'lum bir vaqt mobaynida iqtisodiy subyektning bir yoki bir nechtabuyurtmachilar yoki mol yetkazib beruvchilarga qaram bo`lishligi;

  • foydaning katta miqdorda o`zgartirishga olib keluvchi shartnomaviy munosabatlar amaliyotida yoki hisob siyosatida o`zgarishlar;

  • iqtisodiy subyekt tomonidan, ayniqsa yil oxirida, moliyaviy natijalar miqdorigaahamiyatli ta'sir ko`rsatuvchi odatdan tashqari kelushuvlarni amalga oshirish;

  • bajarilgan xizmatlarga ochiqdan-ochiq nomuvofiq to`lovlar mavjudligi;

  • iqtisodiy subyekt tashkiliy-boshqaruv tizimi xususiyatlari, ushbu tizimdakamchiliklar mavjudligi;

  • kapital tarkibi va foydani tasdiqlash xususiyatlari;

  • buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashda belgilanganqoidalardan chetga chiqish.

Buzib ko`rsatishlar hosil bo`lishiga sabab bo`luvchi iqtisodiy subyekt moliyaviyxojalik faoliyatini amalga oshiruvchi aniq bir tarmoq va umuman mamlakat iqtisodiyotini xususiyatlari holatini aks etuvchi omillar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiyot tarmog`i va umuman mamlakat iqtisodiyoti holati, inqiroz,depressiya yoki yuksalish;

  • tarmoq inqiroz holatida bo`lishi munosabati bilan iqtisodiy subyekt inqirozholatiga tushib qolish ehtimolining oshishi;

  • iqtisodiy subyektning ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish texnologikxususiyatlari.

Download 55.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling