Reja: Moliyaviy risklarning mazmun-mohiyati


Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan risk


Download 9.71 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi9.71 Kb.
#1491645
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Moliyaviy risklarning mazmun-mohiyati. Moliyaviy risklarni-fayllar.org

Yo’l qo’yish mumkin bo’lgan risk deganda, riskning o’rtacha darajasi chegarasidagi risk darajasi, ya’ni, boshqa faoliyat turlari va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o’rtacha darajasi tushuniladi. Agar biz R – orqali iqtisodiyotda o’rtacha risk darajasini va RD – orqali yo’l qo’yish mumkin bo’lgan risk darajasini ifodalaydigan bo’lsak, u holda quyidagi tengsizlik o’rinlidir:
Kritik risk Rkr deganda darajasi yo’l qo’yish mumkin bo’lgan riskdan yuqori, lekin mazkur iqtisodiy tizimda faoliyatning muayyan turlari uchun riskning Rmax maksimal mumkin bo’lgan qiymati chegarasida bo’lgan risk tushuniladi, ya’ni:
RD < Rkr < Rmax
Halokatli risk Rhal – bu shunday riskki, u mazkur iqtisodiy tizimda yuzaga kelgan Rmax maksimal risk chegarasidan ortib ketadi va uning uchun quyidagi shart bajariladi:
Rhal > Rmax
Iqtisodiy va moliyaviy risk paydo bo’lishi uchun xarakterli sabab noaniqlik hisoblanadi.
Avvalroq qayd qilinganidek, iqtisodiy kategoriya sifatida risk sodir bo’lishi mumkin bo’lgan yoki sodir bo’lmaydigan hodisani o’zida aks ettiradi. Bunday hodisa sodir bo’lgan holatda, uchta iqtisodiy natija ehtimol qilinadi: salbiy (zarar, ziyon, boy berish), nolli, ijobiy (foyda, daromad, yutuq).
Riskli vaziyat esa statistik jarayonlar va unga hamrohlik qiluvchi quyidagi shartlar bilan bog’liq: noaniqlik mavjudligi, muqobilni tanlash zarurligi va bunda u yoki bu variantni amalga oshirish ehtimolini sifat va miqdor jihatdan baholash imkoniyati.
Noaniqlik bu turli sabablar, eng avvalo, yechimlarni amalga oshirish shart-sharoitlari, jumladan, ular bilan bog’liq sarf-xarajatlar va natijalar haqida ma’lumotlar to’liq emasligi yoki noaniqligi tufayli yuzaga keluvchi turli parametrlarning kelgusi qiymatlari haqida to’liqsiz yoxud noaniq tasavvurlardir.
3. Noaniqliklar tizimi
Iqtisodiy
noaniqlik
Siyosiy
noaniqlik
Tabiiy
noaniqlik
Vaqtinchalik noaniqliklar

Download 9.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling