Reja Morfemika So‘zni morfemalarga ajratishda O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi


Download 0.71 Mb.
Sana14.12.2022
Hajmi0.71 Mb.
#1007338
Bog'liq
Morfemika va morfema

  • Morfemika va morfema.
  • Morfemika so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. So‘zning eng kichik ma’noli qismi morfema deyiladi. Masalan, bog‘larimizning so‘zi quyidagi ma’noli qismlardan iborat: bog‘ - lar - imiz - ning. Morfemalarning har biri so‘z doirasida o‘ziga xos ma’no ifodolovchi birlikdir. Ularni yana bo‘laklarga bo‘linishi mazkur ma’nolarning yo‘qolishiga olib keladi. Demak, morfema so‘zning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismidir. Morfemalar dastlab ikkiga bo‘linadi:1) o‘zak morfema; 2) affiks morfema.
  • O‘zak so‘zda albatta ishtirok etadigan nutqda yakka holda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan va mustaqil lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan morfemadir. Masalan, ishchi, ishla, ishchan, ishsiz so‘zlaridagi ish o‘zak morfemadir.
  • WWW.ARXIV.UZ
  • 2. Shakl yasovchilar (lug‘aviy shakl qo‘shimchalari) so‘zning lug‘aviy ma’nosini bir oz o‘zgartib, unga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i beradigan, biroq yangi so‘z hosil qilmaydigan morfemalardir. Masalan: kitoblar, kitobcha, kattaroq, kattagina, beshinchi, beshov, uchala, borgan, ishlamoq, kuldir, kelma. Shakl yasovchilar o‘z tabiatiga ko‘ra so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘i berish bilan birga ularning sintaktik munosabatini belgilashda ham o‘ziga xos o‘rnga ega bo‘ladi.
  • WWW.ARXIV.UZ
      • 3. So‘z o‘zgartuvchilar (aloqa – munosabat qo‘shimchalari) muayyan so‘zning nutqdagi boshqa so‘zga nisbatan sintaktik munosabatini, aloqasini ko‘rsatuvchi affikslardir. So‘z o‘zgartuvchilar 1) kelishik (turlovchi) qo‘shimchalari; 2) egalik qo‘shimchalari; 3) shaxs-son (tuslovchi) qo‘shimchalaridan iborat. Masalan: kuzning havosi, kitobni o‘qidim, daladan qaytayapman kabi birikmalar tarkibidagi so‘zlar o‘trtasidagi sintaktik aloqa -ning, -ni, -dan kabi kelishik, -i egalik, -m, -man kabi shaxs-son qo‘shimchalari vositasida yuzaga kelgan.
      • Affikslarning tuzilishiga ko‘ra turi. Affiksal morfemalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, gulzor, gulla, aqlli kabi so‘zlardagi -zor, -la, -li sodda affikslar bo‘lsa, zavqlan, dehqonchilik, isrofgarchilik kabi so‘zlardagi -la\n, -chi\lik, -gar\chi\lik murakkab affikslar bo‘lib, ular tarkiban bir necha sodda affikslarning birikishidan tuzilgan. Demak, murakkab affikslar ikki yoki undan ortiq sodda affikslarning bitta ma’noli qism doirasida birikishi orqali yuzaga keladi.
  • 2. Sinonim affikslar shaklan har xil umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimchalardir. Masalan: -li\-dor: unumli-unumdor. Affikslar sinonimligi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra barcha turlari doirasida uchraydi: a) so‘z yasovchilarda:-siz\-no ma’nodoshligi asosida: o‘rinsiz - noo‘rin, -li/-ser ma’nodoshligi asosida: g‘ayratli - serg‘ayrat; b) shakl yasovchilarda: -ish\ -imtir ma’nodoshligi asosida: oqish-oqimtir, -qar\-kar\-qaz\-kaz ma’nodoshligi asosida: qutqar - qut+qaz, o‘tkaz-o‘tkar, -lar\ ish ma’nodoshligi asosida kelishdi-keldilar; v)so‘z o‘zgartuvchilarda: -ning\-dan ma’nodoshligi asosida: mehmonlar +ning|| +dan kattasi.
  • Ba’zan, affiks morfemalarning odatdagi tartibida o‘zgarishlar yuz berishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha uslubiy talablar yoki sheva ta’sirida yuzaga keladi: aka+m+lar - aka+lar+i+im, ko‘r+di+ng+lar - ko‘r+di+lar+ing. Ayrim hollarda yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchidan keyin qo‘shilib yangi ma’noli so‘z hosil qilishi mumkin: uka+lar+im+cha (bo‘lolmaysan), tort+in+choq, kuy+in+chak (kishi) kabi.
  • Bunday holat affiks shaklidagi yuklamalar va qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilishida ham kuzatiladi. Masalan, bola+m+gina so‘zida –gina urg‘usiz bo‘lib, ajratish ma’nosini anglatadi, mazkur yuklama bilan shakldosh bo‘lgan otlardagi erkalash qo‘shimchasi –gina esa o‘zakka odatdagi tartibda qo‘shiladi: bola+gina+m.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling