Reja: "Morfologiya" o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari


Download 0.62 Mb.
bet9/19
Sana12.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1265178
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
“Morfologiya” bo’limini o’qitish yuzasidan dars ishlanmalar tayyorlash

topshiriq. Berilgan so’zlar qatorini davom ettirib ularning har biri miqdorini 10taga yetkazing. Hosil bo’lgan qo’shimchadosh so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.

rangli, ... xoldor, ... serjahl, ... noiloj, ... bama’ni, ... bema’ni, ...
xushmanzara, ... ixlosmand, ... sababsiz, ... xayolchan, ... yopishqoq, ... vaysaqi, ... tinch,... buxorocha (osh), ... iroqi, ...

  1. topshiriq.Nega barcha qatorlardagi so’zlar miqdorini 10taga yetkazish imkoni bo’lmagani sababini izohlashga harakat qiling.

“Sifat” so’z turkumi ta’limida ―Аsliy vа nisbiy sifаtlаr‖ mavzusi ham alohida ahamiyatga ega. Belgini to’g’ridan to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar sanaladi: go’zal (go’zalroq, eng go’zal), chiroyli (chiroyliroq, juda chiroyli), shirin (shirinroq, nihoyatda shirin), oq (oqroq, oppoq). Belgini to’g’ridan to’g’ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlangan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar nisbiy sifatlardir: qishki, ko’chma, derazali, do’ppili, devoriy kabi.
Demak, asliy sifatlar belgini darajalab ko’rsatish xususiyatiga ega. Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari sanaladi. Sifatlarning quyidagi to’rt xil darajasi mavjud:

  1. oddiy daraja;

  2. qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja.

Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shaklidir. Masalan, oq, sariq, keng, uzun, toza, kichik, kalta.
Belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli hisoblanadi. Qiyosiy daraja shakli - roq qo’shimchasi yordamida yasaladi. Chunonchi, oqroq, sariqroq, kengroq, uzunroq, tozaroq, kichikroq, kaltaroq.
Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildirgan sifat shakli orttirma daraja shakli deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi yo’llar bilan hosil bo’ladi:

  1. oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng, g’oyat, juda, nihoyatda, g’oyatda, bag’oyatda, bag’oyat, jiqqa, g’irt, tim so’zlari keltiriladi (leksik usul): juda keng, g’oyatda uzun, eng toza, nihoyatda kichik, juda kalta, jiqqa ho’l, g’irt mast, tim qora;

  2. oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo’g’ini (yoki bir qismi) tovush o’zgarishi bilan takrorlanadi (fonetik usul): qip-qizil, sap-sariq, bus-butun, kap-katta, to’ppa-to’g’ri, top-toza.

Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma shakl sifatning oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, picha, xiyla, nim so’zlarini qo’shish orqali hosil qilinadi: sal keng, biroz shirin, picha sho’r, xiyla ochiq, nim issiq (choy).
Ba’zi sifatlarga, xususan, rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlarga - mtir (-imtir), -sh(-ish), -gina (-kina, -qina), -chil, -tob shakl hosil qiluvchi qo’shimchalarni qo’shish orqali ham ozaytirma daraja shakli yasaladi. Masalan, ko’kimtir, qoramtir, oqish, sarg’ish, issiqqina, kichkinagina, yumshoqqina kabi.
O’quvchilar mazkur mavzuni o’rganish jarayonida oddiy, qiyosiy, orttirma darajadagi sifatlar ro’yxatini tuzish, ularning ma’nosini qiyoslash, shu darajalarni hosil qiluvchi qo’shimchalarning o’zaro sinonimik munosabatga kirishishi kabi ijodiy-amaliy ishlarni bajaradilar.
Dastur talabiga ko’ra asliy sifatlarning kuchaytirma shakli va asliy sifatlarning ozaytirma shakllari ustida alohida-alohida ish olib borish ko’zda tutilgan.
Sifаtning mа’nо turlаri‖ni quyidagi jadval asosida tushuntirgan ma’qul:



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling