Reja: "Morfologiya" o’qitishning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Download 0.62 Mb.
|
“Morfologiya” bo’limini o’qitish yuzasidan dars ishlanmalar tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat so’z turkumi ”ni o’qitish metodikasi
1-topshiriq. ―Shaxs otlari sandig’i‖dagi so’zlarni jadvalga to’g’ri joylashtiring.
“Shaxs otlari sandig’i”
2-topshiriq. ―Shaxs otlari sandig’i‖dagi so’zlardan jadvalning ikki yoki uch guruhiga to’g’ri keladiganlarini ajrating. Masalan, bola – shaxsni yoshiga ko’ra atovchi ot; bola – shaxsni qarindoshligiga ko’ra atovchi ot. O’quvchilarga o’zlariga tanish bo’lgan narsa-buyum nomlarini guruhlash topshirig’ini berish ham samara beradi. Bunda sinf o’quvchilarini beshtadan (5x5, 5x5,5x5...) kichik guruhchalarga bo’lish va ularning har biriga alohida topshiriq berish mumkin. Masalan, kichik guruhga topshiriq: Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Oziq-ovqat nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Uy-ro’zg’or buyumlari nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Xomashyo nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. kichik guruhga topshiriq: Qurol-asbob nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzing. Jumladan, 1-kichik guruh “Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlarini tuzish” topshirig’ini shunday bajarishi kerak: Kiyim-kechak nomlarini atovchi otlarning ichki guruhlari 1. Xotin-qizlarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. xotin-qizlarning oddiy kunlarda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. xotin-qizlarning tantanali kunlarda (bayram, to’y, bazm...) kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. Yil fasllari bilan bog’liq tarzda: xotin-qizlarning bahorda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar: –ustki kiyimlar: nimcha, plash, kostyum, jempir... –ichki kiyimlar: (atlas, adras) ko’ylak, kofta, yubka, sarafan... –bosh kiyimlar: do’ppi, shapka, shlyapa, beretka. –o’ragichlar: ro’mol, sharf, sharfcha. –oyoq kiyimlar: etikcha, botinka, krassovka, butsi. xotin-qizlarning yozda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. –ustki kiyimlar: (harir) ko’ylak, kofta, yubka, futbolka... –oyoq kiyimlar: shippak, basanoshka, (old va yon qismi ochiq) tufli. xotin-qizlarning kuzda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. –ustki kiyimlar: kurtka, kostyum, (yengsiz) chopon, xalat, (uzun) nimcha... –ichki kiyimlar: (qalinroq) ko’ylak, lozim, kofta, yubka, sarafan, vodolaska... –bosh kiyimlar: shapka, shlyapa, beretka. –o’ragichlar: ro’mol, sharf, sharfcha. –oyoq kiyimlar: tufli, krassovka, makasinka... xotin-qizlarning qishda kiyadigan kiyim-kechaklari nomlarini ifodalovchi otlar. –ustki kiyimlar: chopon, palto, kurtka... –ichki kiyimlar: (junli, drap) ko’ylak, lozim, shim.. –bosh kiyimlar: papoq, telpak... –o’ragichlar: ro’mol, sharf. –oyoq kiyimlar: etik, etikcha, maxsi-kovush... 2. Erkaklarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. 3.Bolalarning kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi otlar. Tabiiyki, qolgan guruhlar ham xuddi shunday yana ichki guruhchalarga ajraladi. ―Аniq vа mаvhum оtlаr‖ mavzusi o’quvchi nutqini aniq (sayis, nishona, bosmaxona, sallagul, marvaridgul, do’l, sel) va mavhum (shukrona, tuyg’u, bag’rikenglik, quvvat, nafislik, hayolilik, odob, saxiylik, hilmlik, tavoze kabi) otlar bilan boyitadi. Shu o’rinda aniq otlarni mavhum otlar bilan solishtirish (qalam–qalamkashlik; jadid– jadidchilik) imkoniyati paydo bo’ladi. Shuningdek, otlarning lug’aviy guruhlarini o’rgatishda yakka va jamlovchi otlarni farqlash (xalq– fuqaro, olomon–kishi, to’da–kimsa, guruh–shaxs, armiya–soldat, otar– qo’y, uyur–ot, gala–bo’ri, poda–sigir) ham o’quvchiga fikr ifodalashida qulaylik tug’diradi. O’quvchilar otlarning son shakllari bilan tanishar ekanlar, daraxt- daraxtlar, uy-uylar singari so’zlarning shakli ustida ishlaydilar, ko’plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu so’zlar ishtirokida gaplar tuzib ko’plikni ifodalovchi qo’shimchalar ma’nosini sharhlaydilar. ―Otlarning kichraytirish va erkalash shakllari‖ mavzusi o’rganilar ekan, o’quvchilarga otlarning kichraytirish shakllari bilan bog’liq so’z juftlarining ma’no farqini topish (qush–qushcha, shahar– shaharcha; toy–toychoq, qo’zi–qo’zichoq; tugun–tugunchak; qop- qopchiq), shuningdek, otlarning erkalash shakllari bilan bog’liq so’z juftlarining ma’no farqi topishga e’tibor qaratilgan (Po’lat–Po’latjon, Salima–Salimaxon, Karima–Karimabonu; Yoqut–Yoqutoy, Zaynab– Zaynabniso, Bilol–Bilolbek; qiz–qizaloq, bolam–bolaginam) topshiriqlarni berish o’rinli. Yasama otlar, asosan, affiksatsiya (shaxs otlari: kompyuterchi, yilqichi;sholikor, g’allakor; tishunos, o’lkashunos; aravakash, kirakash; etikdo’z, zardo’z; kitobxon, gazetxon; zargar, kimyogar; soatsoz, kemasoz; mantipaz, oshpaz; dorboz, askiyaboz; sutxo’r, sudxo’r; mulkdor, muhrdor; bog’bon, darvozabon; sinfdosh, kursdosh va b.; narsa-buyum otlari: qalamdon, kuldon; kurak, elak, to’shak; o’roq, suvoq; supurgi, chopqi, tepki, tomizg’i; qatlama, suzma; o’lchagich, o’chirg’ich, qisqich; qirindi, cho’kindi; shaqildoq; do’mbira, jizza; tugun, quyun; kekirdak; ilmoq, quymoq; o’rin-joy otlari: bodomzor, o’rikzor, pistazor; O’zbekiston, Tatariston; o’tloq, qumloq; Gulobod, Ne’matobod; Toshkent, G’azalkent; qabulxona, to’yxona; sayilgoh, oromgoh; mavhum otlar: do’stlik, poklik; qo’shnichilik, uzumchilik; og’aynigarchilik, odamgarchilik; elektrlashtirish, avtomatlashtirish; sevgi, kulgi, tepki (kasallik), turtki, tuyg’u; chidam, unum, kechirim; tilak, kekirik; og’riq, buyruq, qiynoq; isitma, terlama; o’kinch, sevinch; bekinmachoq, tortishmachoq; qurilish, o’pirilish; maqtov, qo’rquv; otaliq, tuzliq kabi) va kompozitsiya (simcho’p, Beshyog’och, xontaxta, xandonpista, go’shtqiymalagich) usulida yasalishi bilan bog’liq amaliy faoliyat ham o’quvchi nutqini yangi so’zlar bilan boyitishga qaratiladi. 1-topshiriq. Berilgan chizmaga diqqat qiling va u xususida xulosa chiqaring. O’quvchilar qo’shma otlar nafaqat ikki va undan ortiq asosning qo’shilishidan, balki so’z birikmalari orasida sintaktik aloqaning uzilishi natijasidagi yaxlitlanishdan ham yasalishi haqida o’qituvchi ko’magida xulosa chiqaradilar. “Ot” so’z turkumini o’rganishda milliy tarbiyaning bu qirrasi o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi lozim. ”Sifat so’z turkumi”ni o’qitish metodikasi 6-sinfda, asosan, ―Sifаtning umumiy bеlgilаri vа vаzifаlаri‖, ―Sifаtning qo’shimchаlаr yordаmidа yasаlishi va ularning imlosi‖, ―Sifаtlаrning tuzilishigа ko’rа turlаri: sоddа sifаtlаr, qo’shmа sifаtlаr, juft vа tаkrоriy sifаtlаr, ulаrning yozilishi‖, ―Аsliy vа nisbiy sifаtlаr‖, ―Sifаt turkumidа shаkl yasаlishi‖, ―Dаrаjа shаkllаri: оddiy dаrаjа shаkli, оrttirmа dаrаjа shаkli, оzаytirmа dаrаjа shаkli, qiyosiy dаrаjа shаkli‖, ―Sifаtning mа’nо turlаri: xususiyat, hajm- o’lchov, makon-zamon, rаng-tus bildiruvchi sifаtlаr, mаzа-tа’m va hid bildiruvchi sifаtlаr‖, ―Sifаtlаrda ma’no torayishi‖, ―Bоshqа turkum so’zlаrning sifаt o’rnidа qo’llаnishi (sifаtlаshuv)‖, ―Sifatning uslubiy qo’llanishi‖ mavzulari ta’limi mo’ljallangan. “Sifat” so’z turkumiga oid dastlabki ma’lumotlar boshlang’ich sinflarda, shuningdek, 5-sinfda bеrilganligini inobatga olib, mazkur so’z turkumini o’rganish ana shu egallangan zaruriy bilimlarni o’quvchilar xotirasida tiklash bilan boshlanadi. Bеrilgan so’z birikmalarini o’qish, qanday?, qanaqa? kabi so’roqlarni qabul qiluvchi so’zlarni aniqlash, shu so’zlarni imkoniyat darajasida ularning ma’nodoshi bilan almashtirib so’z birikmalari hosil qilish (masalan, odobli bola–boodob bola, tuzsiz taom–betuz taom), shaxs va narsa, hodisa, tushunchalarning bеlgi-xususiyati (rang-tusi, maza-ta’mi, xil- xususiyati, hajm-shakli)ni ifodalovchi so’zlar ro’yxatini lug’at asosida tuzish, ular ishtirokida gaplar hosil qilish, muayyan matnni o’qib, shunday so’zlarni aniqlash singari topshiriqlar mazkur so’z turkumi yuzasidan egallangan bilimlarni ular xotirasida tiklashga yordam beradi. Shundan so’ng o’quvchilar e’tibori sifatlarning tuzilishiga (sodda tub: qizil, yashil; barno, suluv, shirin, taxir; sodda yasama: gulli, noqulay, jozibador, majolsiz, ishchan; qo’shma: ochko’z, sutrang, sohibjamol, ertapishar; juft: yaxshi-yomon, uzun-qisqa, bardam- baquvvat, tor-keng; takroriy: shirin-shirin, zebo-zebo, achchiq- achchiq, issiq-issiq, lo’ppi-lo’ppi; murakkab: sabr-qanoatli, ochiqchehrali) sifatlarga qaratiladi. O’quvchilar hukmiga sifat turlari ishtirok etgan matn havola etilib sifatlarni tub va yasamalarga ajratish topshirig’ini berish ham o’rinli. Shuningdek, yasama sifatlarda sifat yasovchi qo’shimchalarni aniqlash; bеrilgan sifat yasovchi qo’shimchalar yordamida qo’shimchadosh so’zlar hosil qilish va ularning imlosi ustida ish olib borish ham yaxshi samara beradi. Chunonchi, Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling