Reja: Moyda eriydigan vitaminlar
D gipervitaminozning 3 darajasi farq qilinadi
Download 148.6 Kb.
|
Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
D gipervitaminozning 3 darajasi farq qilinadi:
I. Yengil darajasida ishtaha yo‘qoladi, terlash, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqu buzilishi, tana og‘irligiiing ko‘payishi, Sulkovich sinamasi (++ + ) belgilari kuzatiladi. II. Urtacha og‘irlikdagi darajasida ishtaha yo‘qolishi, vaqtivaqti bilan qayt qilish, tana og‘irligining kamayishi, qonda kalsiy va sitratlar miqdorining ortishi, fosfor, magniy miqdorining kamayishi kuzatiladi. Sulkovich sinamasi (\—\\—(). III. Og‘ir darajasida: ko‘p qayt qilish, tana og‘irligining ancha kamayishi, qonda kuchli biokimyoviy o‘zgarishlar, pnevmoniya, piyelonefrit, miokardit, pankreatit va boshqa asoratlar qo‘shiladi. Davolash: 1) Zaharlanishning yengil shaklida vazelin moyi (so‘rilmagan D vitaminining ichakdan so‘rilishini kamaytiradi), YE vitamini (hujayra membranasini mustahkamlaydi), A vitamini (taurin hosil bo‘lishini ko‘paytiradi, kalsiyning to‘qimalarga o‘tishini kamaytiradi); Furosemid (siydik orqali kalsiy ajralib chiqishini ko‘paytiradi), asparkam yoki panangin (kaliy, magniyni to‘ldirzdi). 2) Zaharlanishning o‘rtacha og‘irligida yuqorida sanab o‘tilgan dorilarni iloji boricha parenteral yuborish kerak bo‘ladi; verapamil (to‘qimalarda kalsiy to‘planishini susaytiradi), ksidifon (kalsiy hosil bo‘lishini kamaytiradi, hujayra qobig‘ini mustahkamlaydi), fenobarbital (D vitamini jigarda faolsiz metabolitlarga o‘tishini tezlashtiradi). 3) Zaharlanishning og‘ir darajasida yuqorida aytilgan dorilar va quyidagi dorilar faqat parenteral yo‘l bilan yuboriladi: glyukokortikoidlar (kalsiyning ichakdan so‘rilishini kamaytiradi), hujayra qobig‘ini mustahkamlaydi, kalsiyni tashuvchi oqsil hosil bo‘lishini kamaytiradi, D vitaminining jigarda faolsiz metabolitlarga o‘tishini tezlashtiradi, kalsiytriol (suyak so‘rilishini susaytiradi), soda va trisamin (atsidozni yo‘qotadi). Ishlatilishi. 1) 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda D gipovitaminozining oldini olish uchun sutkasiga 400—500 ME/sut beriladi. Bunda yil fasllarini va bola qo‘shimcha ovqat olayotganligini e’tiborda tutish zarur, aks holda bolaning zaharlanish xavfi ortadi. Asfiksiyaning og‘ir darajasi bilan chala yoki normal tug‘ilgan chaqaloklarga (bularda jigar va buyrak ferment tizilmasi yetarli faollikka ega emas), jigar va buyrak kasalliklari bor bolalarga, birlamchi yoki ikkilamchi gipoparatireoidizmning oldini olish maqsadida D vitaminining sintetik dori shakllarini berish tavsiya etiladi. 2) D vitamini davolash maqsadida individual miqdorlanadi, davolash sutkasiga 5000 ME miqdordan boshlanadi. Organizmning D vitamini bilan to‘yinganlik darajasini (somatik va ruhiy status bilai tug‘ilishining rentgen tekshiruvi) va laboratoriya ko‘rsatkichlari (Sulkovich sinamasi; qonda ishqoriy fosfataza faolligi; qonda kalsiy, fosfor, osteokalsiy va D vitamini metabolitlarini aniqlash) yo‘li bilan nazorat qilinadi. D vitamini bilan albatta kalsiy dorilari ham beriladi. D vitamini dorisini gipovitaminoz fa blib kelgan sabablardan kelib chiqqan holda aylanadi. D vitamini davolash maqsadida quyidagi kasalliklarda: raxit; Fankoni sindromida, I va II tipdagi D vitaminiga chidamli raxitda kalsiytriol yoki oksidevit; Prader kasalligida faqat kalsitriol; suyaklar singanda, osteomkelitlarda, teri silida ishlatiladi. Yevitamini 8 ta tokoferollar, YE vitamini faollikka (ayniqsa, alfatokoferol) ega. Farmakodinamikasi. YE vitamini giston bo‘lmagan xromosomalar, proteinlari bilan o‘zaro ta’sir qilib, genlar ekspressiyasini boshqaradi, oksil va gen sintezini boshqaradi. Bundan tashqari, u to‘yinmagan moy kislotalari peroksidlari bilan bog‘lanib moylarning peroksidli oksidlanishini susaytiradi. 1) Alfatokoferol ta’sirida suyaklarda va teri osti yog qatlamida kollagen sintezini; mushaklarda qisqarish oqsillarini; shilliq qavatlar va yo‘ldosh oqsillari sintezini; jigar fermentlari; kreatininfosfokinazalar; vazopressinazalar va gonadotropin gormonlari sintezini nazorat qiladi. 2) Shuningdek, gemoglobin, mioglobin, sitoxrom (R —450, sitoxrom — Sreduktazalar) sintezini hamda Ko enzim—Q, miozin — ATFazalar, kalsiy ATFaza, katalazalar va peroksidazalar sintezini nazorat qiladi. YE vitamini gem sintezini ko‘paytirib eritropoezni faollaydi. 3) Hujayra va hujayra ichidagi membranalarda yog‘larni peroksidlash yo‘li bilan parchalanishini kamaytirib — antioksidantlik ta’sirini ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi. YE vitamini sirka va kahrabo kislotalari efiri ko‘rinishida mushakka yuboriladi. To‘qima yoki ichaklarda gidrolizlangach o‘zlashtiriladi. Ingichka ichak o‘rta qismida safro va yog‘lar, maxsus transport mexanizmlari ishtirokida so‘riladi. YE vitamini avval limfaga, so‘ngra esa qonga so‘riladi. Avvaliga xilomikronlar, so‘ngra esa juda kam qalinlikdagi lipoproteidlar tarkibida qonda aylanib yuradi. Alfatokoferol to‘qimalarga tushgach hujayra ichiga kiradi. Ko‘p qismi yog‘ to‘qimasida, jigarda, mushaklarda, ko‘zning to‘r^ pardasida to‘planadi. Yo‘ldoshdan alfatokoferol kam o‘tadi. YE vitamini xinon tuzilishidagi birikmalar ko‘rinishda metabolitlarga aylanadi. Safro ishtirokida ichakka ajraladi, u yerda qisman qonga qayta so‘riladi. Tokoferol kislota va uning gamma lykton glYUKuroyidlari ko‘rinishida siydik orqaly chyqariladi. YE vitamini sekinlik bilan ajralib (ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda) chiqqanligi sababli to‘planib qolish xavfi bor. Uzaro ta’siri. Nosteroid va steroid yallig‘lanishga qarshi dorilar bilan YE vitamini yaxshi natija ber>adi. Alfatokoferolni A, D vitaminlari va yurak glikozidlari bilan ishlatish yaxshi samara beradi, ulardan zaharlanishni kamaytiradi. Salbiy ta’sirlari. Gipervitaminoz quyidagilarga bog‘liq: 1) Neytrofillar va boshqa fagotsitlarda moylarni sof radikallanishi buzilishi bilan; 2) Neytrofillar, trombotsitlar, ichak epiteliysida, jigar va buyrak hujayralarida to‘g‘ridanto‘g‘ri zaharlovchi ta’siriga; 3) K vitaminiga bog‘liq bo‘lib, karboksilazalar faolligini susaytirish bilan. Alfatokoferoldan zaharlanish quyidagi kasalliklar: sepsis, nekrozli enterokolit, gepatomegaliya, giperbylirubinemiya (20 mg/dl dan yuqori), azotemiya (40 mg/dl dan yuqori), trombotsitopeniya (50—60 ming/ mkl dan kam), buyrak yetishmovchiligi belgilari, ko‘z to‘rsimon pardasi va miyaga qon quyilishi, assit belgilari ko‘rinishida kechishi mumkin. Ishlatilishi. YE vitamini bilan to‘qimalar to‘yinishini uning qondagi miqdorini aniqlash (normada 21—• 22 mkmol/l) bilan nazorat qilinadi. Eritrotsitlar membranasida YE vitamini faol ko‘rinishda bo‘ladi, shu sababli eritrotsitlarni vodorod peroksidning 0,12% zritmasida gemolizlanish (normada 10% zritrotsitlar gemolizga uchraydi) qobiliyatini aniqlash yo‘li bilan alfatokoferolning faol qismini aniqlash mumkin. Gipovitaminozning yana bir ko‘rsatkichi zardobdagi alfatokoferolning qon plazmasidagi umumiy moylarga nisbati (normada 0,8 mg/g), keyingisi — klinik belgilar tavsifi. Download 148.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling