Reja: Moyda eriydigan vitaminlar


Download 148.6 Kb.
bet6/9
Sana22.10.2023
Hajmi148.6 Kb.
#1715817
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

Metilandrostendiol. Kimyoviy tuzilishi va biologik xususiyatlari jihatidan metiltestosteronga yaqindir, lekin kam androgen faollikka va yuqori anabolik ta’sirga egadir. Nerabol singari ishlatiladi, ham dori shaklida til ostiga qo‘yiladi. Qattalarga kuniga 0,025 va 0,05 g dan, bolalarga esa kuniga 1 mg/kg hisobidan 4 hafta mobaynida bir marta beriladi. Dori qabul qilinayotgan paytda bemor oqsilga boy ovqatlar qabul qilishi kerak.
3.2. Nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan anaboliklar
Qaliy orotat. Orat kislotasining kaliyli tuzi. (Bis vitamini). Orat kislotasi urinfosfat biosintezining oxirgi mahsuloti bo‘lib, oqsil molekulalari sintezida qatnashuvchi aminoksilotalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun orat kislotasi oqsil almashinuvi buzilganda va modda almashinuvi jarayonini qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Ishlatilishi. Jigar kasalliklari (sirrozdan tashqari), miokard distrofiyasi, yurak glikozidlaridan zaharlanishda tavsiya etiladi. Bolalarda uchraydigan alimentar distrofiyada, ovqatlanishdan 1—1,5 soat oldin yoki ovqatdan 1—2 soat keyin, 0,25—0,5 g dan kuiiga 3 mahal ichish uchun beriladi. Davolash muddati 20—40 kun. Kerak bo‘lsa 1 oylik tanaffusdan keyin davolash kursi takrorlanadi.
Metiluratsil. Pirimidin hosilasi hisoblanadi. Dori anabolik faollikka ega bo‘lib, hujayralar qayta tiklanishini, yaralarning bitishini tezlashtiradi, himoyaning gumoral va hujayra omillarini kuchaytiradi. Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Metiluratsil eritropoezni va leykopoezni kuchaytiradi.
Ishlatilishi. Agranulotsitar angina, alimentar toksik aleykiya, sekin bituvchi yaralar, kuyishlar, suyak si
Nishlari, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalliklari, surunkali oshqozon yallig‘lanishi, gepatitlar, pankreatitda ishlatiladi.
Ovqatdan so‘ng 0,5 g dan kuniga 3 mahal ichish uchun tavsiya etiladi. 3—8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,25 g dan, 8 yoshdan oshgan bolalarga 0,25—0,5 g dan ichish uchun tavsiya etiladi. Davolash muddati 30—40 kun.

Download 148.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling