Reja: Moylarni tozalash jarayoni
Download 103.46 Kb.
|
moylar
Mavzu: Uskunani energetik moylarini sifatini nazorat qilish Reja: Moylarni tozalash jarayoni Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni Ichki (oraliq) rafinatlarni Moylarni tozalash jarayonida tanlovchi erituvchilardan foydalanish Moy frakstiyalari uglevodorodlarning har-xil sinflari va geterostiklik birikmalarining aralashmalaridan iboratdir. Uglevodorodlarni fizik xossalari ularni ma’lum sinflarga mansub ekanligiga va molekulyar massalariga bog’liqdir. Geterostiklik uglevodorodlarni fizik xossalari boshqalardan farqli bo’lib, ular harxil haroratlardan har-xil tezlikda organik erituvchilarda saylanib eriydilar. Saylovchi (yoki selektiv) erituvchilar d eb shunday suyuq moddalarga aytiladiki, ular ma’lum haroratda neft mahsulotlari aralashmasidan faqat maqsadda tutilgan komponentlarni ajratib oladigan, bu jarayonda boshqa uglevodorodlarni eritmasdan va ularda erimasdan qoladigan moddaga aytiladi. Tozalash maqsadlari uchun shunday erituvchilar tanlab olinadiki, ular birbiridan keskin farqlanadigan erkin haroratda har-xil moddalarni eritadigan bo’lsin. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadi va keraksiz komponentlar eritmalardan cho’ktirilib, osongina ajratiladi. Shu prinstipga asosan smola-asfaltenli birikmalar (deasfaltlab) va qattiq uglevodorodlar ajratib (denarafinlab) olinadi. Erituvchilarni selektivligi ideal emas, ya’ni erituvchi fazalardan birini to’liq eritadi va ikkinchisini qisman. Masalan: fenol polistiklik aromatik uglevodorodlarini yaxshi eritadi, lekin shu bilan birga moyni uglevodorodlarini ham. Shuning uchun fenolni tanlovchanligi pastdir, lekin umumiy erituvchanlik qobiliyati yuqoridir. Selektivlikni pastligi natijasida ekstrakt yoki gach bilan birgalikda moyni qimmatbaxo komponentlarini ham olib chiqib ketiladi, deasfaltizatga esa smola va asfaltenlar o’tib ketadi. Birinchi xodisada moyni chiqishi kamayadi, ikkinchisida esa deasfaltizatni sifati pasayadi. Erituvchilarga (fenol, furfurol, dixloretan, spirtlar va ketonlar) suv va benzol, toluol qo’shilsa ularni selektivligini va erituvchanlik qobiliyatini o’zgartirib yuboradi. Suv qo’shilganda erituvchini selektivligi ortadi lekin umumiy erituvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Benzol va toluolni qo’shish esa selektivligini (erituvchini) pasaytiradi va umumiy erituvchanlik qobiliyatini ortiradi. Erituvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) Erituvchi keng harorat oralig’ida o’zini tanlovchi - erituvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. b) Erituvchi tozalanayotgan mahsulotda o’zi erimasligi kerak. v) Fazalarni tez ajratib olish uchun erituvchini va moyni zichligidagi farq katta bo’lishi kerak. g) Erituvchi kimyoviy barqaror va inert bo’lishi kerak (xom-ashyoga nisbatan), zaxarli bo’lmasligi va portlashga xavfsiz bo’lishi kerak. d) Erituvchi yengil va to’liq regenerastiya qilinishi kerak. e) Erituvchi past parlanish haroratiga ega bo’lishi kerak, chunki buning natijasida sovutishga berilayotgan suvni sarfi kamayadi va umuman energetik xarajatlar kamayadi. j) Erituvchi arzon va defistit bo’lmasligi kerak. Moylarni tanlovchi erituvchilar bilan tozalash jarayoni uchun quyidagi faktorlar muximdir: 1. Jarayonni harorati. 2. Moy frakstiyasini erituvchida eruvchanligini kritik harorati. 3. Xom-ashyo va erituvchilarni nisbati. 4. Erituvchini xom-ashyo bilan o’zaro ta’sir usuli. Bosim suyultirilgan gazlarni erituvchi sifatida ishlatilganda (propan, SO2 gaz) o’z ta’sirini ko’rsatadi. Erituvchini moy eritmasidan va kerak bo’lmagan komponentlar eritmasidan regenirlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi: a) Erituvchini oldin yuqori yoki atmosfera bosimida xaydab olinadi. b) Suv pari bilan xaydab olinadi. v) vakuum ostida xaydaladi. Tozalangan mahsulotda erituvchini qoldiq miqdori 0,005-0,02% dan ortiq bo’lmasligi kerak. Moylarning qimmatbaho uglevodorodlari gach yoki ekstraktga o’tib ketishi mumkin. Bu asosan erituvchini etarli darajasida selektiv bo’lmaganligi natijasidadir. Buning natijasida o’zini tuzilishi bilan kimmatbaxo va keraksiz komponentlar oraligida turgan uglevodorodlar yukotiladi. Bu komponentlarni yana ichki rafinat deyiladi. Bu komponentlarni yo’qotilishi asosiy mahsulotni chiqishini pasaytiradi. Ichki (oraliq) rafinatlarni quyidagi texnologik usullari bilan ajratib olinadi. 1. Ekstrakt eritmasini haroratini pasaytirish bilan. 2. Ekstrakt eritmaga suv qo’shish bilan. 3. Ekstrakt eritmaga yana ekstrakt qo’shish bilan. 4. Yuqori haroratda erituvchini yangi miqdori bilan yuvish. Buning natijasida birinchi uch usulni qo’llaganda erituvchini selektivligi ortadi va ekstrakt eritmadan oraliq rafinatni ajratib olinadi. To’rtinchi usulda esa moy gach va petrolatumdan ajratib olinadi. Download 103.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling