Reja: Muhit omillarining umumiy tasnifi 2


Download 33.34 Kb.
bet14/16
Sana25.11.2021
Hajmi33.34 Kb.
#177384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bio 1 kurs.12 mavzu

Kommensalizm (fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi sanaladi. O‘z navbatida kommensalizm: hamsoyalik, hamtovoqlik, hamxo‘raklik kabi turlarga ajratiladi.

Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham yetkazmaydigan o‘zaro munosabat turi sinoykiya (yunoncha «syn» – birga, «oikos» – uy) – hamsoyalik deb yuritiladi. Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi. Qushlar, kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar yashaydi. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari orasiga yashirinib oladi. Boshqa bir baliq turi esa ikki pallali molluskalarning mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Baliq tuxumlari molluskaga hech qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan holda chig‘anoqlar himoyasida bo‘ladi.




Download 33.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling