Reja: Muhit omillarining umumiy tasnifi 2


Insonning bevosita ta’siri


Download 33.34 Kb.
bet16/16
Sana25.11.2021
Hajmi33.34 Kb.
#177384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bio 1 kurs.12 mavzu

Insonning bevosita ta’siri to‘g‘ridan to‘g‘ri tirik organizmlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, rejalashtirilmasdan hayvonlarning ko‘plab ovlanishi turlar sonining keskin kamayishiga olib keladi. Insonning bilvosita ta’siri iqlim, landshaftlar, atmosfera va suv havzalarining fizik va kimyoviy ko‘rsatkichlari, tuproq, o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ta’sirda inson tabiatning muayyan obyektiga emas, balki boshqa obyektlarga ta’sir qiladi. Masalan, o‘rmondagi daraxtlarning kesilishi daraxtlarga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir hisoblanadi, lekin bu o‘z navbatida o‘rmondagi boshqa o‘simliklar va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga, tuproq yemirilishiga olib keladi. Zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy moddalarning qo‘llanilishi boshqa hasharotlarning hamda tuproqda yashovchi hayvonlarning ham nobud bo‘lishiga olib keladi.
Download 33.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling