Infraqizil nurlar (to‘lqin uzunligi 750 nm dan yuqori) – quyosh spektridagi Yerga yetib keladigan nurlarning 45% dan ortig‘ini tashkil etadi. Infraqizil nurlar issiqlik manbayi hisoblanadi, shuning uchun issiqlik nurlari ham deyiladi. Bu nurlar o‘simliklar va hayvonlar to‘qimalari tomonidan yutiladi va organizmlar tanasini qizdirib to‘qima va organlarda issiqlik almashuvini tezlashtiradi, tana qoplami orqali suv bug‘lanishini kuchaytiradi. Ko‘pchilik sovuqqonli hayvonlar (sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), suvda hamda quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar), hasharotlar va b.) quyosh nuridan tana haroratini ko‘tarish uchun foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |