Reja: Muloqot va shaxslararo munosabatlar
Download 128.68 Kb.
|
Muloqot psixologiyasi
Muloqot psixologiyasi Reja: 1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar. 2. Muloqot kishilarning o`zaro munosabatga kirishish jarayoni ekani. 3. Muloqot ma’lumot almashinuvi jaryoni. 4. Muloqotning interaktiv va perseptiv tomoni. 5. Tadbikiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi. 6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash. Kommunikativ- muomala sub’ektlarning o’zaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar, va fikr almashinuvini ta’minlaydi. Interaktiv- sub’ektlarning o’zaro bir-birlarining xulq-atvoriga ta’sirlarini ta’minlovchi jarayon. Perseptiv- sub’ektlarning bir-birilarini to’g’riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta’minlovchi muloqot tomoni. Identifikatsiya- suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning xolatiga kirishga intilish. Stereotipizatsiya- ongda o’rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanish. Kauzul atributsiya- shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o’rnashib qolgan qoliplardan noto’g’ri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi. Plastik va adekvatlik sifatlari- egiluvchan , moslashuvchan. Muloqot strategiyasi- muloqotning qanday shaklda o’tishi tushuniladi. Muloqot shakllari- dialogik, monologik, ochiq yoki intim (sirli, yashirin) rasmiy yoki shaxsiy norasmiy. Muomala texnikasi- uning samarasini ta’minlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va ko’nikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi. Noverbal vositalar- fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qo’llab quvvatlash mexanizmlari kiradi. Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir. Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi» Individlarning o`zaro ta’sir jarayoni Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni. Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati Shaxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni Download 128.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling