Reja: Mustaqillik arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy siyosiy vaziyat. Farg`ona voqealari
Download 21.83 Kb.
|
2-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
Mustaqillikka erishishi
Oʻzbekiston SSRda qilingan qatagʻon va yovuzliklar xalq ommasini sovet rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, tuzumga boʻlgan munosabatini keskin oʻzgartirdi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda respublikada mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti „Mustaqillik deklaratsiyasi“ni qabul qildi. 1991-yil 31-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi. 3-Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e’lon qilingan edi. Oradan bir yil o‘tib, 1991 yilning 31 avgust kuni Mustaqillik deklaratsiyasi asosida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi II cyessiyasida qabul qilingan edi. Bugun mazkur tarixiy hujjat qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston o‘sha kezlar SSSR tarkibida bo‘lib, ushbu hujjatning qabul qilinishida barcha javobgarlikni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov respublika rahbari sifatida to‘liq o‘z zimmasiga olgan. O‘sha kezlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida so‘nggi o‘rinlardan birini egallagan, amalda sotsialistik lager uchun xomashyo manbasiga aylanib qolgan edi. Respublikaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir masalalar Markazning ruxsati bilan hal etilar edi. Mustaqillik deklaratsiyasida O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga ichki va tashqi siyosatga tegishli barcha masalalar, shuningdek, ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni belgilash hamda amalga oshirish alohida qayd etildi. Davlat hokimiyati respublika hududiga kiradigan barcha tarkibiy qismlar ustidan amalga oshirilishi kafolatlandi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi huquqiy demokratik davlat barpo etish borasida qat’iy qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Endilikda Moskva tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar respublika hududida qonuniy kuchga kirmog‘i uchun O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim edi. Shu bilan birga, “davlat suvereniteti”, “davlat chegarasi” kabi atamalar joriy etilib, ularning daxlsizligi e’lon qilindi. Bu hali to‘liq davlat mustaqilligini anglatmas edi, ammo O‘zbekiston yillar mobaynida yig‘ilgan iqtisodiy-siyosiy muammolarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analari, e’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari, umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillar asosida nisbatan mustaqil holda hal etishga kirishmog‘i mumkin edi. Mustaqillik deklaratsiyasi asosida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kabi fundamental ahamiyatga ega huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Download 21.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling