Reja Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi
Download 1.24 Mb.
|
Reja Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va -fayllar.org
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart- sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo/yicha Harakatlar sgrategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilab berilgan bo’lib, ular: 1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islox qilish. 3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish. 4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish. 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruxdagi tashqi siyosat yuritishdan iborat. 3.O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari. Mustаqillikni dаstlаbki yillаridа Birinchi Prezident Islоm Kаrimоv rаhbаrdigidа islоhоtlаr strаtеgiyasi ishlаb chiqildi. Bundа tаrаqqiy etgаn mаmlаkаtlаrning bоzоr munоsаbаtlаrgа o’tish tаjribаsi, mаmlаkаtimiz bоshdаn kеchirgаn tаriхiy sinоvlаr vа ulаrning sаbоqlаri, хаlqimizning turmush vа tаfаkkur tаrzi аsоs qilib оlidi. SHu tаriqа jаmiyatni islоh etishning chuqur ilmiy аsоslаngаn quyidаgi bеsh tаmоyili vujudgа kеldi. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident tomonidan belgilab berildi: o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi. Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi. Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi. Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. Birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag‘larini omonat kassalari yoki banklariga qo‘yish, qimmatbaho qog‘ozlarga aylantirish yo‘li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo‘lgan mulkdor “o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo‘ladi”-deydi Birinchi Prezident Islom Karimov. Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi. Aloqa, transport, geologiya qidiruv yoqilg‘i-energetika komplekslari xususiylashtirilmadi. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘-kon sanoatida 51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi. 1994-yil oxirigacha 54.000 korxona mulk shaklini o‘zgartirdi. Xususan, 34%-xususiy, 48% aksiyadorlik, 16%-jamoa, 1% ijara xo‘jaligiga aylandi. Iqtisodiy islohotlarning borishi, uning to‘rt yil davomidagi muvaffaqiyatlari va muammolariga respublika Oliy majlisining IV sessiyasi (1995-yil dekabrda) va Vazirlar mahkamasining majlisida (1996-yil fevral), Prezident I.A. Karimovning nutqlarida keng yoritildi. 1995-yil mamlakatning barcha sohalarini isloh qilishda tub burilish yili bo‘ldi. Eng muhimi islohiy jarayonlarga kishilarimizning ishonchi ortdi. Ishlab chiqarishning pasayishi keskin to‘xtadi, jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy barqarorlik yuz berdi. Moliyaviy vaziyat o‘nglanib, inflyatsiyani 1994-yilga nisbatan uch barobar kamaytirishga erishildi. Narxning o‘sishi yil boshida 16,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, yil oxirida 2,2 foizni tashkil qildi. Valyuta bozorida joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 11 marta ko‘p, ya’ni 1,3 mlrd dollar sotildi. Ichki yalpi mahsulot 1995-yilda 1994-yilning darajasiga nisbatan 96 foiz o‘rniga 98,8 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad 98,5 foizga yetdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi shu yili o‘tgan yilga nisbatan 100,2 foizga teng bo‘ldi. Respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi zaruriy huquqiy asos yaratilgan. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida, Respublika Prezidentining farmonlarida, xususiy tadbirkorlikdan soliq olish, unga moliyaviy yordam ko‘rsatish borasida imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘maklashish nazarda tutilgan. Ana shu sa’yi harakatlar natijasida 1995-yil o‘rtasida Respublika xalq xo‘jaligida 30770 kichik korxona va kooperativ, 20115 xususiy korxona ishlab turdi. 15600 fermer xo‘jaligi tashkil etildi, ularga 200 ming gektarga yaqin yer biriktirib berilgan bo‘lib, 67,5 ming kishi mehnat qilmoqda edi. Fermer xo‘jaliklarining tasarrufida 190 mingga yaqin qoramol va boshqa hayvonlar mavjud. 1995-yilning faqat birinchi choragidagina fermer xo‘jaliklari tomonidan o‘tgan yilning tegishli davridagiga nisbatan ikki barobar ko‘p go‘sht va sut mahsulotlari tayyorlandi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘arma tomonidan respublikaning 187 tuman va shaharida bank bo‘limlari ochildi. 1994 yili va 1995-yilni olti oyida kichik va ijara korxonalariga, shuningdek shirkatlarga va tadbirkorlarga jami 1.222.3 million so‘m miqdorda kredit berildi. Ikkinchi bosqichda Birinchi Prezident I.A. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” (1995-yil) asarida qo‘yilgan choralarni, xususan, xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, iqtisodiy tarkibiy-strukturasini tubdan o‘zgartirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. 2000 yilda xususiylashtirish davlat dasturi bo‘yicha ko‘zda tutilgan 167 obyekt o‘rniga 374 obyekt xususiylashtirildi. Ularning negizida 152 ta xissadorlik jamiyati, 103 xususiy korxona tashkil etildi. Shu yili davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan 14,3 milliard so‘m mablag‘ tushdi. Bu 1999-yilgi ko‘rsatishdan 1,6 barobar ko‘pdir. Umuman olganda o‘tgan o‘n yil davomida bozor munosabatlarini shakllantirishda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi paytda 87,4 foiz mulk nodavlat, 12,6 foizi davlat mulki ko‘rinishida ish yuritmoqda. Respublikada jami 60 mingga yaqin korxonadan 50,5 mingga yaqini xususiylashtirilgan korxonalardir. Mulkning tarkibi jihatdan 19,5 mingga yaqini davlat, 105 mingta xususiy, 3,4 mingdan ortiq chet el investorlari ishtirokida, shundan 442 qo‘shma korxona, 3,5 mingga yaqin aksionerlik jamiyati, 1,2 mingga yaqin jamoa va 34 mingdan ortiq boshqa korxonalardir. Iqtisodiy islohotlarning borishida o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 180 mingdan ortiq kichik va o‘rta biznes subyektlari va 200 mingga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yangi parlamentning qo‘shma Majlisida (2005-yil 28.01.) Birinchi Prezident I.Karimov 2005-yilning iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishni chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. 2007-yil yarmida kichik biznesni 45%ga yetkazish, hozir 36%ni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich ilg‘or mamlakatlarda 60-65% ni tashkil etadi. Fermer xo‘jalikni rivojlantirish uchun shirkat xo‘jalikning 2005-2007 yillarda 1100 tasini, 2005-yilda esa 406 tasini qayta tashkil etish kerak. Fermerlarga yer ajratishda mahalliychilik, urug‘-aymoqchilikka, poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymaslik vazifasini qo‘ydi. 2004-yilda qishloq xo‘jaligida yalpi o‘sish 10%ni tashkil qildi. Shu jumladan boshoqli don ekinlari besh million tonnaga yaqin, paxta 3,5 mln tonani tashkil qildi. Kichik va o‘rta biznes iste’mol mollar manbayi daromad va foyda manbayi bo‘lib, yangi ish o‘rnini yaratadi. Kichik va o‘rta biznes Yaponiyada 80%, Yevropa Ittifoqida 67%, Germaniyada 65%, AQShda 52% ni tashkil qiladi. 1995-yil 5-yanvarda Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida Prezident farmoni, 1995 21fevralda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. 1995-yil Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzilib, bu tadbirkorlarga 10 mlrd.so‘m. yordam ko‘rsatdi.Kichik va o‘rta biznesga chet ellik investitsiyalar jalb etildi. 2003-yili 450 mln. dollar xorijiy investitsiya sarf qilindi. 1992-1996 85 mln dollarga yaqin 2001-yil boshlarida 190 mln. dollardan oshdi. 2003-yil 1-iyulga kichik va o‘rta biznes korxonalari 200 mingdan oshdi. Sobiq SSSRning tarqatib yuborilishi bilan respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar uzildi, oqibatda O‘zbekistoning bir qancha sanoat korxonalari to‘xtab qoldi va mahsulot ishlab chiqarish kamaydi. Endilikda iqtisodning tarkibiy tuzilishini yangidan qurish kerak edi. Jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan va aholining iste’mol talablarini qondiradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish zarur bo‘ldi. Birinchi Prezident Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o‘zgartirish to‘g‘risida: “Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilishida tub o‘zgarishlarga asos solishdan iborat g‘oyat muhim vazifani hal etish kerak bo‘ladi. Bu respublika uchun strategik ahamiyatga egadir. Tarkibiy tuzilishda chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishning eng asosiy shartlaridan biridir”-deb yozadi. Birinchi Prezidentning ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning oldiga qo‘yilgan aniq vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ldi: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek qo‘yish; importga qaramlikni tugatish; mamlakatning eksport salohiyatini oshirish; xalq iste’moli mollariga aholining talabini qondirish va boshqalar. 4.Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurilishining Konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish va yuksak taraqqiyotimizning kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan 1990-yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o‘rganildi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978-yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi. Sotsialistik O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zining mazmuni, ruhi bilan sobiq Ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O‘zbekistonni bu Ittifoqqa qo‘l-oyog‘i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Konstitutsiya g‘oyat darajada mafkuralashtirildi va siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo‘yildi. Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi. Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi. Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi. Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab ko‘rsatilgan. Konstitutsiya mohiyatini ochib beruvchi 10 ta asosiy tamoyil bo’lib, Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling