Reja: Mustaqillik yi llarida jismoniy madaniyat va sportga qaratilgan e’tibor


Milliy sport turlari va xalq o’yinlari


Download 174.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.12.2022
Hajmi174.19 Kb.
#1033024
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ommaviy j-t va sport 10

Milliy sport turlari va xalq o’yinlari 
Mustaqillik xalqimizning milliy sport o’yinlarini qayta tiklash va xalqaro maydonga olib chiqish 
imkoniyatini berdi. Mamlakatda 1992 yildan buyon milliy sport turlari va xalq o’yinlari festivali 
o’tkazilib, 1999 yildan ayollar o’rtasida ham «To’maris» milliy sport musobaqalari va xalq 
o’yinlari festivali o’tkazila boshlandi. 
Mamlakatimiz rahbariyatining doimiy e’tibori tufayli xalqimizning faxri bo’lgan o’zbek kurashi 
xalqaro maydonda tan olindi. 1992 yildan Termiz, Buxoro, Urganch, Shahrisabz, Toshkent va 
boshqa shaharlarda o’zbek kurashi bo’yicha Amir Temur, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, 
Bobur Mirzo, Pahlavon Mahmud xotiralariga bag’ishlangan xalqaro turnirlar o’tkazib 
kelinayapti. O’zbek kurashining yangi qoidalari, yangi kiyimi tasdiqlanib. 1992 yilda Janubiy 
Koreyada, 1993 yilda Kanadada, 1994 yilda Yaponiyada, 1995 yilda Hindistonda, 1996 yilda 
Atlantada, 1998 yilda Monako va Moskvada o’tgan xalqaro turnirlar targ’ib qilinib, ilmiy 
tizimga asoslangan tarzda dunyo miqyosiga olib chiqildi. 
1998 yilda Xalqaro kurash assosiasiyasi tashkil etilib, 1999 yida Toshkent shahrida kurash 
bo’yicha birinchi, 2000 yilda Turkiyaninig Antaliya shahrida ikkinchi, 2001 yilda Vengriyaning 
Budapesht shahrida uchinsi, 2002 yilda esa Jahon chempionatlari o’tkazildi. 
Shu bilan birga, belbog’li kurash, turon yakka kurashi, ko’pkari-uloq kabi milliy sport turlari 


ham xalqaro sport maydonlarida munosib o’rin egallay boshladi. Mazkur sport turlari bo’yicha 
ham xalqaro musobaqalar tashkil etilmoqda. 
2000 yilda Toshkent shahrida Milliy sport turlarini rivojlantirish markazi tashkil etilgani bu 
boradagi ishlarni muvofiqlashtirish imkonini beommqda. 
Uzoq tarixga ega bo’lgan milliy kurashimiz umuminsoniy qadriyatlarni o’zida aks ettirishi
usullarining boyligi bilan qisqa vaqt ichida ko’pgina mamlakatlar sport jamoatchiligi e’tiborini 
tortdi. Mamlakatimiz Prezident iva sport faollari sa’y-harakati tufayli xalqaro miqyosda tobora 
ommalashib borayotgan sportning bu turi yaqin kelajakda Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilishi, 
shubhasiz. 

Download 174.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling