Reja: Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li
Download 26.54 Kb.
|
MUSTAQILLIK YILLARIDA AMALGA OSHIRILGAN IQTISODIY ISLOHOTLARNI YUTUQ VA NATIJALARI. REJA: 1. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li. 2. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning tashkil etilishi. 3. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. Mustaqillik yillarida o‘zbekistonimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li Mamlakatimiz bundan 19 yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan murakkab, ayni paytda sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og’ir va fidokorona mehnati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Bu haqda gapirganda, avvalambor mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qanday og’ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g’ri keladi. Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash usuliga asoslangan edi. Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. G’oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Bunday sharoitda iqtisodiyotning halokatli ravishda inqirozga yuz tutishi va inflyatsiyaning o‘ta keskin darajada o‘sib ketishiga chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etar edi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ana shu holatlarning barchasi e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab dunyo tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Unda milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish orqali O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan uyg’un va hamohang rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» risolasida xalqimiz bosib o‘tgan milliy taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil etib, bu borada ikki tarixiy davr muhim o‘rin tutganini har tomonlama asoslab bergan edi. Avvalo, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan, tom ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi. Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g’ri ekanini yana bir bor isbotladi. Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapeyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlagani bugun o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Ayniqsa, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har qadamda ko‘rish mumkin. Yurtimizda o‘tgan yillar davomida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va boshqa institutsional tizimlari aynan ana shu tamoyillar negizida shakllanib, faoliyat olib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor dastur va rejalari, jumladan, Inqirozga qarshi choralar dasturi ham shu asosda ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shuning hisobidan biz bugungi kunda sobiq sovet tuzumidan qolgan og’ir illatlarning xatarli tahdidlarini yengib o‘tish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun ishonchli to‘siq va mustahkam poydevor yaratish bilan birga, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini, aholimizning hayot darajasi va farovonligi uzluksiz oshib borishini ta’minlashga erishmoqdamiz. Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda. Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan. Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi. Yana bir tarixiy yutug’imiz – diyorimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakatimizda amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi. Yurtimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni izchil amalga oshirish, energetika, neftgaz-kimyo, rangli metallurgiya, ximiya va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya kabi yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan, iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi hisoblangan tarmoqlarning jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda salmoqli natijalarga erishilmoqda. Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishda uning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilayotgani, yurtimizda eksport salohiyati va eksport mahsulotlari hajmi ortayotgani, tashqi savdo aylanmasida ijobiy salьdoning oshayotgani, tashqi qarzlar hajmining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda, oltin-valyuta zaxiralarining barqaror o‘sib borishi ta’minlanayotgani muhim omil bo‘lmoqda. O‘zgalarning havasini uyg’otayotgan bunday iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotni yangilash, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va butun mamlakatimizni modernizatsiya qilishda jahonda o‘xshashi bo‘lmagan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining joriy etilishi, mamlakatimizda jismoniy sog’lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotgani ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ijobiy ma’nodagi portlash effektiga olib keldi. Bugun hech kimdan kam bo‘lmay, zamonaviy bilim va kasb-hunar asoslarini egallab voyaga yetayotgan yigit-qizlarimizning ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan dastlabki umidbaxsh yutuqlari buni yaqqol tasdiqlab turibdi. Shu bilan birga, sog’liqni saqlash sohasini isloh etishga qaratilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilgani va aholini himoya qilish bo‘yicha kuchli ijtimoiy siyosat yuritilgani ham biz uchun oliy qadriyat bo‘lmish inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz. Albatta, kichik bir maqolada o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli, tom ma’noda tarixiy ishlarning barchasini sanab o‘tish imkonsizdir. Lekin, shu davrda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarining, eng muhim va salmoqli natijalari haqida gapirganda, avvalo Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Asaka va Samarqand avtomobilь zavodlari, Qo‘ng’irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g’itlar zavodi kabi strategik sanoat ob’ektlarini, o‘nlab to‘qimachilik majmualari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi yuzlab yangi korxonalar va ob’ektlarni faxr bilan tilga olishimiz tabiiydir. Shular qatorida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarini bog’lab turadigan yagona transport kommunikatsiya tizimi yaratilgani, transmilliy transport yo‘laklari va jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan 694 kilometrlik Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’ hamda 223 kilometrlik Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg’on temir yo‘l liniyalari, zamonaviy avtomobilь yo‘llari, “Navoiy aeroporti” va “Angren” xalqaro logistika markazlari ham mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlarimizning alohida yorqin sahifasini tashkil etadi. Bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiyotni isloh qilish, barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida erishgan yutuqlari nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va dunyodagi boshqa bir qator yetakchi moliyaviy tashkilotlar tomonidan haqli ravishda e’tirof etilayotgani, hech shubhasiz, barchamizni quvontiradi. Mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ana shunday g’oyat keng ko‘lamli ishlarimiz haqida fikr yuritar ekanmiz, mamlakatimiz oldida iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, butun jamiyatimizni yangilash bo‘yicha yanada ulug’vor vazifalar turganini ham o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Bizning pirovard maqsadimiz – dunyoning taraqqiy topgan demokratik mamlakatlari qatoridan mustahkam joy egallash, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashdan iborat ekan, erishgan barcha yutuq va marralarimizni mustahkamlab, bu yo‘lda belni yanada qattiqroq bog’lab mehnat qilishimiz talab etilishi tabiiydir. O‘zining 19 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida qanchadan-qancha sinov va mashaqqatlardan yorug’ yuz bilan o‘tgan, beqiyos bunyodkorlik salohiyati bilan o‘z yurtini obod va farovon etib kelayotgan mard va mehnatkash xalqimiz bunga har tomonlama qodir ekani barchamizga kuch-g’ayrat va g’urur, ertangi kunimizga mustahkam ishonch bag’ishlaydi. Fuqarolar yig’ini kollegial organ bo’lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilаn kelishgan holda, zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig’ini, barcha aho¬lini yig’ishning iloji bo’lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o’tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning masla-hatchilari fuqarolar yig’inida saylanadi. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqol) doimiy ishlovchi bo’g’in. Rais o’z mahkamasiga ega bо’lib, uning miqdori rais o’z vazifasini bajarishga imkoniyat yaratadigan darajada tuziladi. O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organ¬larini takomillashtirish, zarur holatlarda yiriklashtirish tadbir¬lari ko’rilmoqda. Agar 1994- yilda 12 mingdan ortiq o’zini o’zi boshqarish organlari shakllantirilgan bo’lsa, ularning soni 2001- yilda 7847 tani tashkil etdi. 1999- yil 14- aprelda qabul qilingan "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’¬risida"gi yangi tahrirdagi qonunda ularning vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga, shuningdek, mahalla fuqarolar yig’iniga: aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlarining, shuningdek o’z qarorlarining ijro etilishi bo’yicha ja¬moatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o’z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar aholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi tobora yuksalib borayotganligidan guvohlik beradi. 1998- yil noyabr-dekabr oylarida bо’lib o’tgan saylovlar bilаn bog’liq bo’lgan fuqarolar yig’inlarida 8,4 mln. kishi yoki Respublikadagi katta yoshdagi aholining 70 foizi ishtirok etdi. Fuqаrоlаrning o’zini o’zi boshqarish organlariga 7574 nafar rais va 71034 nafar masla¬hatchi saylandi. O’zini o’zi boshqarish organlari rahbarlarining ma’lumot darajasi ham oshib bormoqda. 1998- yilda saylangan rais (oqsoqol)larning 65,5 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar ekanligi buning guvohidir. 2001- yil iyun-iyul oylarida Samarqand viloyatidagi 1042 ta fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bo’lgan saylov¬larga 1 mln. 120 mingdan ortiq fuqaro vakillari ishtirok etdi. 1042 nafar rais (oqsoqol) saylandi, ularning 68 nafari xotin -qiz¬lardir. 2001- yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig’ ini, 108 ta shaharcha, 1320 ta qishloq va 131 ta оvul fuqarolar yig’ini, ular tomonidan saylangan o’zini o’zi boshqarish or¬ganlari faoliyat ko’rsatdi. Ular qonunchilikni ta’minlash, Pre¬zident farmonlarini, hukumatning, hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning qarorlarini ijro etish borasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ko’maklashmoqda. Hududlarni obodonlashtirish, kichik korxonalar, fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil etish, tomorqa uchastkalaridan sa¬marali foydalanish masalalarini hal qilish o’zini o’zi boshqarish organlarining diqqat markazida turibdi. Вu organlar barqa¬rorlikni saqlab turish, diniy mutaassiblik kayfiyatidagi ko’ri¬nishlarning oldini olish, "о‘zingni, о‘z oilangni о‘zing asra" shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va ularning faoliyatini yo’naltirish, oilaviy tan¬tanalar va marosimlarni o’tkazishda dabdababozlik va mаnmаn¬likka yо’l qo’ymaslik ishlari bilаn shug’ullanmoqda. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari O’zbekiston Prezidentining 1999- yil 13- yanvarda chiqqan "Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risida"gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25- yanvardagi "Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003- yillarga mo’ljallangan dasturini amalga oshirish сhоrа-tadbirlari to’g’risida" gi Qarori talablarini amalga oshirmoqdalar. Kаm ta’minlangan oilalarga yordam ko’rsatish, ko’p bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash bo’yicha ajratilgan mаb¬lag’lardan o’z o’rnida samarali foydalanishni ta’minlamoqdalar. Faqat 2000- yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O’zini o’zi boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish bilan ta’minlash kabi ishlarga bosh-qosh bo’lmoqdalar. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003- yil "Obod mahalla yili" deb e’lon qilindi va "Obod mahalla yili" dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha respublika komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshi¬rilishi zarur bo’lgan tadbirlarning dasturini ishlab chiqdi. 2003- yil 7- fevralda О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka¬masining "Obod mahalla yili" dasturi to’g’risida qarori e’lon qilindi. Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad va vazifalarni hayotda rо‘yobga chiqarishga qaratilgan: . mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotidagi roli va maqomini mus¬tahkamlash; . mаhаllа faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi mas’uliyatini oshirish; . mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash, mаhаllа hududida tadbirkorlikni, xizmatlar ko’rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o’rinlari bаr¬ро etish; . mahallaning ijtimoiy-infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarini obodonlashtirish, kommunal tarmoqlarni rivoj¬lantirish; . mahalla tomonidan kam ta’minlangan oilalarga aniq yo’nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish; . keksa avlodga e’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish; . mаhаllа aholisiga tibbiy va sanatoriy-kurort xizmati ko’rsatilishini yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish; . mahallaning aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o’zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bilan bog’liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ’ib qilish, ularni asrab-avaylash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish. “Obod mahalla yili" dasturini bajarilishini ta’minlash maqsadida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini rivojlantirish bo’yicha maxsus jamg’armalar tashkil etildi. Mahallalarda kichik va o’rta biznes, shuningdek xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlar qurish, uy-joy fondini va yo’llarni ta’mirlash, mahallalarni obodonlashtirish, zamonaviy mаhаllа guzarlarini va bolalar sport inshootlarini bаrро etish borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi. "Obod mahalla yili" dasturini to’la amalga oshirish uсhun davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg’armalar, nodavlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar grantlari va kredit mablag’lari hisobiga 375,9 milliard so’m jalb etili¬shi nazarda tutilgan. Mahallalarimizni yanada obod qilish maqsadida obodonlash¬tirish ishlari amalga oshirildi. 1,7 mlrd so’m miqdorida mablag’ sarflanib 310 ta mahalla guzari bunyod qilindi. Ming kilometrlik suv tarmog’i va 1 ming 322 kilometrlik gaz tarmog’i ishga tu¬shirildi. Mahallalarda 36,2 mlrd so’mlik kredit mablag’lari hiso¬biga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib qariyib 155 mingta yangi ish o’rinlari yaratildi. 1,2 mlrd so’mlik xayriya yordami berildi. Shunday qilib, mahalla O’zbekistonda tarixda birinchi marta fuqarolarning o’zini o’zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Ма¬halla yig’ini raisi (oqsoqol), mas’ul kotibi lavozimi qonuniy asosda ta’sis etildi. Mahalla yig’ini raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotiblariga oylik maosh beriladigan bo’ldi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining mustaqillik yillaridagi faoliyatiga bаhо berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg’unlashgan fuqarolik jamiyatining negizi, demokratik institut sifatida о’zini to’la oqladi. Download 26.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling