Reja: Nafas olishning ahamiyati. Nafas olish tizimi anatomiyasi. Nafas olishning boshqarilishi


Download 0.9 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1550459
  1   2   3   4   5
Bog'liq
NAFAS OLISH AZOLARI ANATOMIYASI


NAFAS OLISH TIZIMI ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYA VA FUNKSIYALARI.

Reja:
1. Nafas olishning ahamiyati.
2. Nafas olish tizimi anatomiyasi.
3. Nafas olishning boshqarilishi.
4. Nafas olish gigiyenasi.
Nafasning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turish nafas olish deb ataladi. Nafas olish jarayonida muhim fizologik prosesslar amalga oshadi. Organizm nafas olganda tashqi muhitdagi havo о‘pka xujayralariga, u yerdan qonga, qon orqali barcha organ hо‘jayralarni O2 bilan ta’minlab, undagi moddalar almashinuvida hosil bо‘lgan CO2 gazi qonga о‘tib, qon orqali о‘pkaga undan esa tashqi muhitga chiqariladi. Shu bilan bir qatorda qabul qilingan O2 ishtirokida hujayralarda va tо‘qimalarda hosil, yog‘, uglevodlar oksidlanib energiya hosil qiladi. Natijada organizmdagi barcha fiziologik jarayonlar ya’ni qо‘zg‘alish, harakatlanish, kо‘payish kabilar ana shu energiya hisobiga amalga oshadi.
Bundan tashqari nafas olish organlari turli xil moddalarning hidini sezish hamda nutuq talaffuzida ham ishtirok etadi.
Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bо‘linadi. Tashqi nafas olishda о‘pka bilan qon о‘rtasidagi gaz almashinuvi tushuniladi.
Ichki yoki tо‘qimalararo nafas olishda esa tо‘qimalar bilan qon о‘rtasidagi gaz almashinuvi amalga oshadi. Atmosfera havosi tarkibida 20,9 % O2, 0,3 % Co2, 79,3% N2 bо‘ladi. Boshqa moddalar kam miqdorda bо‘ladi. Agar havo tarkibida Co2 miqdori 4-5% ga yetsa, odam holsizlanib, yurak urushi tezlashadi, bosh og‘riydi, qayt qiladi, hatto hushidan ketishi mumkin.
Nafas olish sistemasi yuqori va quyi qismlarga bо‘linadi. Nafas olish sistemasining yuqori qismiga burun bо‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak (traxeya) va bronxlar kiradi. Quyi nafas olish qismiga bronxlar, о‘pka, uni о‘rab turuvchi yupqa elastik biriktiruvchi tо‘qima pardasi—plevra kiradi. О‘pka tо‘qimasi о‘ng va chap  qismlarga bо‘linadi. О‘ng о‘pka 3 bо‘lakdan, chap о‘pka 2 bо‘lakdan iborat. О‘pka tо‘qimasining asosiy qismini о‘pka alveolasi tash-kil etadi va u mayda-mayda qon tomirlari — kapillyarlar bilan о‘ralgan bо‘ladi. Alveolalarga kirgan havo ularni tо‘ldiradi, alveola gazlar almashinuvini ta’minlaydi. Gazlar almashinuvi jarayonida kislorod qonga о‘tadi. Qondagi qizil qon tanachalari (erit-rotsitlar) kislorodni biriktirib tо‘qimalarga yetkazib beradi. Tо‘qimalardagi karbonat angidrid alveola orqali tashqariga chiqadi. Nafas olishdagi va chiqargandagi gazlar qonsentratsiyasi, O, va S02 gazlari miqdori о‘zgarib turadi. Nafas olishda о‘pkaga 500 ml3 miqdorda havo kiradi. О‘pkadagi gazlarning umumiy miqdori о‘pkaning tiriklik sig‘imi deyiladi. Sog‘lom odamlarda u о‘rtacha 2500 ml3 dan 3500 ml3 gacha boradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling