Mikoriza va bakteriyalar bilan simbioz yashaydigan ildizlar


Download 35.5 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1576816
  1   2
Bog'liq
Mikoriza va bakteriyalar bilan simbioz yashaydigan ildizlar


Mikoriza va bakteriyalar bilan simbioz yashaydigan ildizlar

  1. ko`pgina daraht va o`t o`simliklarining ildizlarida zamburug`lar yashaydi, bu esa mikoriza deb ataladi. u ikki hil bo`ladi endotrof va ektotrof mikoriza.

Endotrof mikorizada gifalar deb ataladigan mayda-mayda iplardan yuzaga kelgan zamburug` vegetativ tanasi, asosan, ildiz parenhima to`qimasining xujayralari ichida bo`ladi va kamdan-kam gifalarigina ildizdan tashqariga—tuproqqa chiqib turadi. Ayni vaqtida ildizning tashqi tuzulishida aytarli o`zgarishlar ko`rilmaydi. Ildiz xujayralarining ichida, odatda zamburug` gifalari qisman yemirilib, moddalari ildiz xujayralariga ovqat bo`ladi.
Endotrof mikoriza, masalan, vereckgullilar bilan orxisgullilar oilasiga kiradigan hamma o`simliklarda, shuningdek, har-hil oilaga kiradigan boshqa ko`pgina o`simliklarda uchraydi.
E k t o t r o f mikorizali o`simliklarda zamburug` gifalari yosh, kalta yon ildizchalarining bir qismini tashqi tomondan o`rab oladi va ularning atrofida ancha zich jilt hosil qiladi. Ana shu yon ildizlarga tarmoqlangan bir muncha uzun ildizlar zamburug` gifalari bilan o`ralmasdan, bo`yiga o`sishini davom ettiradi va ildiz sistemasining tuproqqa tobora chuqur kirishiga imkon beradi. Mikoriza hosil bo`lgan yon ildizchalar esa boyiga o`sishdan to`htab, shohlana boshlaydi (bazan ayriga o`hshab shohlanadi) va marjonga o`hshagan zich tarmoqlar hosil qiladi. Ana shunday mikorizali ildizchalarda ildiz g`ilofchasi bo`lmaydi yoki juda kuchsiz taraqqiy etgan bo`ladi; ildiz tuklari ham yoq, ularning vazifasini ildizchalar atrofidagi zamburug` gifalari bajaradi. Ikkinchi tomondan, zamburug` gifalarining bir qismi zamburug` g`ilofchasidan ildizning ichiga kiradi. Gifalar xujayralar orasidagi pektin moddalarini qisman eritib, birlamchi ildiz po`stlog`ining tashqi tamonidagi xujayralar orasiga o`tadi va shu yerda to`rga o`hshab harakterli joy oladi; bulardan o`z navbatida ingichka tarmoqlar chiqib, po`stloq parenxima xujayralarining ichiga kiradi va qisman erib, o`sha hujayralarga <>. Shunday qilib, ektotrof mikoriza tamomila tashqi mikoriza emas, shunga ko`ra, u, ko`pincha ektoendotrof mikoriza deb ataladi.
Ektoendotrof mikorizali ildizlarning anatomic tuzilishi ham mikorizasiz ildizlar tuzilishidan farq qiladi. Ularda yuqorida aytilganidek, ildiz tuklarini yoqligi, ildiz qinining bo`lmasligi yoki juda kuchsiz taraqqiy etishidan tashqari, ikkilamchi tartibda yo`g`on tortgan qismlar ham bo`lmaydi, birlamchi po`stloq tushib ketmaydi va xujayralari biroz kattalashadi.
Ektoendotrof mikorizalar ko`pchilik darahtlarimizda-nina bargli va yaproq bargli darahtlarda vujudga keladi. O`sha mikorizalarni hosil qiluvchi zamburug`lar odatda o`rmonlarimizda o`sadigan qalpoqchali zamburug`lar jumlasiga kiradi va juda har hil bo`ladi (podberezovik,podosinovik,rijik,borovik,maslyata,siroeshka,muhomo degan qo`ziqorinlar va boshqalar). Ayrim zamburug` turlari ko`p darajada tahassuslashgan emas, yani talaygina zamburug`lar, aftidan, muayyan bir daraht turiga bog`langan emas. Mikoriza xosil qiluvchi zamburug`lar o`rmondan tashqarida o`smaydi, demak, bular muqarrar ildizlar bilan birga yashashi kerak. Ular, chamasi, ildizdan azotsiz organik birikmalarni fotosintez qiluvchi yashil o`simliklarda oson o`zlashaydigan birikmalar holida ko`p bo`ladigan uglevodlarni oladi. Ikkinchi tamondan, darahtlar ildizida mikorizalar yuzaga kelmasa qurib qolishini yoki yahshi o`smasligini ko`rsatadigan talaygina kuzatuvlar bor. Mikoriza zamburug`larini yuksak o`simliklar uchun har taraflama ahamiyatga ega deb tahmin qilsa bo`ladi. Mikorizalar o`simliklarni suv va minereal tuzlar bilan taminlaydi, shu bilan birga mikoriza ildiz chalarining shohlanishi, shuningdek zamburug` gifalarining tuproqda juda tarmoq otishi tufayli ildizlarning yutish kuchi ancha oshadi. Mikorizalar orqali ildizlarga fosfor, azot, kirishi nishonli atomlardan foydalanish usuli bilan isbot etiladi. Bundan tashqari, zamburug`lar yuksak o`simliklar tog`ridan-to`g`ri o`zlashtira olmaydigan azotli murakkab organic birikmalarini tuproqdan o`zlashtiradi; zamburug`lar ildiz xujayralarida qisman erib, ularga o`zlashadi va shu tariqa yuksak o`simlikka uning o`zi o`zlashtira olmaydigan organik birikmalarni assimilatsiya qilishiga imkon beradi. Nixoyat, mikoriza zamburug`lari yuksak o`simliklarni yana vitaminlar va o`sishini tezlashtiradigan qandaydir boshqa moddalar bilan ham taminlab tursa hech ajab emas. Yuksak o`simliklarning mikoriza zamburug`lari ishtirokida oziqlanish usuli m I k o t r o f oziqlanish deb nom oldi.
Zamburug` bilan yuksak o`simlikning mikorizadagi o`zaro munosabatini garmonik simbioz xarakterida deb aytish juda qiyin, bunday simbioz, umuman aytganda, tabiatda bo`lmasa ham kerak. O`tmishda mikorizalar hosil bo`lishining dastlabki davrlarida va hozirgi ontogenezining boshlarida zamburug` avaliga ildizning qanday bo`lmasin chiqindilarini, chamasi, o`zlashtiraydigan va so`ngra ildizga kirib, parazit kabi hayot kechiradigan bo`lgan. Keyinchalik yuksak o`simlik zamburug` gifalarini qisman o`zlashtira boshlaydi, natijada bir muncha muvozanatlashgan ikki tomonlama parazitizm vujudga keladi,bunda har ikki komponent malum foyda oladi, shu bilan baravar o`zaro antogonizm munosabatlari yo`qolib ketmaydi.

Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling