4. Mikoriza Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri
Download 48.24 Kb.
|
1502351355 68731
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroorganizmlarga temperaturaning tasiri.
Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalishi Reja: 1. Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri 2.Kimyoviy omillar 3.Tuproq mikroflorasi 4.Mikoriza Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta'siri Ma'lumki, mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi muhit bilan charabarchas bog'liqdir. Tashqi muhit omillari turli-tuman bo'lib, ularni uch guruhga ajratish murnkin: Fizik omillar: temperatura, namlik, yorug'lik, eritmalar konsentratsiyasi va boshqalar. Kimyoviy omillar: muhitning pH, oksidlanish va qaytarilish sharoiti, turli kimyoviy moddalarning ta'siri. III. Biologik omillar: mikroorganizmlar orasidagi antagonizm, simbioz, metabioz, antibiotiMarning ta'siri, vitaminlar, faglar vaboshqa omillar. Mikroorganizmlarga temperaturaning ta'siri. Mikroorganizmlar yuksai o'simliklarga qaraganda temperaturaga ancha chidamli bo'ladi. Masalan, Вас. subtilis temperatura 5° dan 57°C gacha bo'lganda ham rivojlanaveradi. Ko'pchilik saprofit baktenyalar 20° dan 35°C gacha temperaturada rivojlana oladi, patogen mikroorganizmlar esa 36—37°C da rivojlanadi. Bundan yuqori temperaturada ular nobud bo'ladi. Mikroorganizmlarning rivoj-lanishi uchun temperatura 3 nuqtada bo'lishi mumkin: minimum, optimum va maksimum nuqtalar. Optimum nuqta eng qulay bo'lib, bunday temperaturada mikroorganizmlar tez ko'payadi va yaxshi rivojlanadi, minimum va maksimum nuqtalar esa ancha chegaralidir. Temperaturaga munosabatiga ko'ra, mikroorganizmlarni quyi-dagi guruhlarga bo'lish mumkin: psixrofillar (psixros - sovuq), bu guruhga mansub bakte-riyalar evolutsion taraqqiyotida past temperaturada yashashga moslashgan bo'ladi. Bu guruh uchun haroratning optimum nuqtasi 20—25"C, minimumi esa 0°C dan past bo'lishi mumkin. Psixrofil bakteriyalar uncha keng tarqalmagan. Ular Shimoliy dengiz suv-larida va tuproqlarida uchraydi; mezofillar (mezos — o'rtacha), bu guruhga ko'pchilik mikro-organizmlar misol boiadi. Buiar uchun haroratning optimum nuqtasi 25—35°C bo'lsa, maksimum nuqtasi 45—50°C, minimum nuqtasi 10°C bo'ladi. Mezofill bakteriyalar tuproqda, suvda va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yuzasida uchraydi; termofillar {termos — issiq), bu guruhga bakteriyalar, akti-nomitsetlar, ba'zi bir ko'k-yashil suvo'tlari misol bo'ladi. Termofill bakteriyalar yuqori temperaturada rivojlanadi. Bu bakteriyalarni A.A.Tmshenetskiy quyidagicha klassifikatsiyalaydi: stenotermin termofillar - bular uchun temperaturaning maksimum nuqtasi 75—80°C, optimum nuqtasi 50—65°C bo'lib, 28—30°C da esa ko'paya olmaydi. Bu guruh tabiatda kam tarqalgan; evritermin termofillar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 70-75"C, optimum nuqtasi 50-65°C bo'lib, 28-30° da juda sekin ko'payadi, tabiatda keng tarqalgan guruh; d) termotolerant formalar uchun temperaturaning maksimum chegarasi 50—65°C, optimum] 35-45°C, minimumi 5-10°C bo'lishi kerak. 30—60°C oralig'ida juda tez ko'payadi, tabiatda tuproqda, go'ngda, issiq buloq suvlarida keng tarqalgan guruh. Termofill bakteriyalarda moddalar almashinuvi jarayoni juda jadal boradi, shuning uchun ular juda tez ko'payadi va yaxshi rivojlanadi. Agar mezofillarda bakteriyalarning katta koloniyasi uch kundan keyin hosil bo'lsa, termofillarda bir kundan keyin hosil bo'ladi, tez o'sadi va tez nobud bo'ladi. Termofill bakteriyalar hujayrasidagi fermentlar yuqori tempe-ratura ta'sirida inaktivatsiyaga uchraydi, shuning uchun bu bakte-riyalardan korxonalarda keng ravishda foydalanish mumkin. AAImshenetskiy fikricha, termofill bakteriyalar mczofillardan kelib chiqqan. Tabiatdagi o'zgarishlar, jumladan, temperaturaning ko'tarilishi mezofillarning ko'pchiligini nobud qilgan bo'lsa, bir qismi tirik qolgan va yuqori temperaturaga moslashgan. Bora-bora yuqori temperatura ular uchun zaruriy omil bo'lib qolgan. A.A.lrnshenetskiyning bu fikrini Y.N.Mishustin ham ma'qullagan. Termofillarga: Вас. cellulosae, Вас. thermophilus, Actinomyces thermophilusiar misol bo'ladi (35-36-rasmlar). Y.N.Mishustin yerga go'ng solinganda termofill bakteriyalarning soni ko'payganli-gini kuzatgan. Download 48.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling